Mavzu: Suv resurslaridan samarali foydalanish va muxofaza qilish Reja



Yüklə 305,96 Kb.
səhifə3/9
tarix03.03.2023
ölçüsü305,96 Kb.
#86417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Suv resurslaridan samarali foydalanish va muxofaza qilishggggggggggggggggg

Oqava suvlarni tozalash usullari.
Ayrim tashkilotlarda suv tozalash inshootlarning talabga javob bermasligi sababli oqova suvlar to'g'ridan-to'g'ri ochiq suv havzalariga va relefga tashlanmoqda. Natijada bu oqova suvlar nafaqat ochiq suv havzalarini, balki er osti suvlarini ham ifloslantirmoqda.
Oqova suvlarni tozalash asosan 4 xil yo'l bilan olib boriladi.
1. Mexanik usulda, suvda erimaydigan jismlar panjarada ushlab qolinadi.
2. Fizik (elektroliz) usulida, suv tarkibidagi og'ir metall ionlari anionlar va kationlardan tozalanadi.
3. Kimyoviy usul, suvni xlorlash va ozonlash yo'li bilan bo'ladi.
4. Biologik usulda, suv o'tlari (xlorella) yordamida tozalanadi. Yoki nishablikda 2ta hovuz quriladi va biridan ikkinchisiga suv oqib tushayotgan paytda, 80 sm gacha bo'lgan qum, tuproq suv tarkibidagi mayda mikrob va bakteriyalarni ushlab qoladi.
Suvni zaxiralarini muhofaza qilishning chora-tadbirlari.
Suvlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, oqova suvlarni tozalab qayta ishlashni ta'minlashni respublika miqyosida yaxshi yo'lga qo'yish mutasaddi kishilarning birinchi galdagi vazifasidir. Xilma-xil ifloslovchi manbalar tufayli, insonlar o'rtasida turli xil yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Bular: oshqozon-ichak, sariq kasalligi, ichburug', qorin tifi, para tif kabi xavfli yuqumli kasalliklardir. Suv tarkibida 65 ga yaqin mikroelementlar borligi aniqlangan. Shulardan 20 dan ortig'i organizm ehtiyoji uchun juda zarur bo'lgan yod, ftor, molibden, mis, temir va boshqalardir. Shu elementlarning ko'payib yoki kamayib ketishidan har xil yuqumli kasalliklar kelib chiqadi. Masalan: buqoq, kareis, felyuaroz.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ahamiyatga egadir. Ichimlik suvi maxsus davlat standartlari talabiga javob berishi va doimiy sog'liqni saqlash muassasalarining diqqat markazida bo'lishi shart. Asosan suvni har xil kasallik tarqatuvchi bakteriyalardan tozalashda xlorlash yoki hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlardagi singari ozonlash orqali tozalash usulidan foydalanish zarur.
Biz hozirgi kunda oldingi avlodlar yo'l qo'ygan xatolarning jabrini tortmoqdamiz. Bugungi kunga kelib esa, bu borada yo'l qo'yilgan xatolarni to'xtatmasak, kelajak avlodning ahvoli bundan ham tang bo'lishi mumkin.
Respublikamizda suvdan foydalanish to'g'risida bir qancha qonun va qarorlar qabul qilingan. Jumladan, 1992 yil 3 iyulda O'zbekiston Respublikasi davlat sanitar nazorat
qonuni;
1993 yil 6 mayda “Suv va suvdan foydalanish to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi qonuni;
1992 yil 7 aprelda O'z. R.V.M. ning “Suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida” 174-son qarori va boshqalar.
Kelgusida halqimizning sog'lig'i va farovonligining oshishi, suvlardan oqilona foydalanish, uni ko'paytirish va suv havzalarini ifloslanishidan saqlashga juda bog'liq. Kishilarning suvga nisbatan munosabatlari o'zgarishi uchun ular o'rtasida ekologik tarbiya va bilim berishni kuchaytirish kerak.
Bu ishlarni amalga oshirishda nafaqat mas'ul shaxslar, ekologlar balki, keng jamoatchilikning ishtiroki ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirishning ahamiyati kattadir.
Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo`lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo`lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko`p hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi to`qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo`lgan kishilarning organizmida gavda og`irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilarda va keksalarda bu ko`rsatkich biroz pastroq bo`ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to`qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo`la 10% ga kamayishi odamni og`ir ahvolga solib qo`yadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko`pdir. U, masalan, medo`zada gavda og`irligining 99,7% ni tashkil qiladi.
Mana shu ma'lumotlarning o`zigina «suv – hayot manbaidir» degan iboraning qanchalik haqqoniyligini ko`rsatib turibdi. Odam organizmi o`z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida o`rtacha 2,5 l. suvni qabul qiladi va uni o`z to`qimalaridan o`tkazib, chiqarib yuboradi. Jumladan 400 m litr suv nafas chiqarish jarayonida suv bug`i holatida chiqariladi. Organizmdagi ko`proq suv (1,5 litrga yaqin) siydik va hojat bilan chiqariladi, qolgani ter bezlari orqali chiqariladi.
Odam va hayvon organizmi bir qism suvni endogen yo`l bilan o`zi ishlab chiqaradi. Masalan, organizmdagi 100g. yog`ning parchalanishida 107 ml, 100g. uglevod parchalanishda esa 55 ml suv ajraladi. Qurg`oqchilik sharoitiga moslashgan hayvonlarning suvsizlikka chidab yashayolishi ana shu endogen suvlarning ajralishiga asoslangan. Shuning uchun ham sahrodagi hayvonlar – tuya, yumronqoziq, qumsichqonlar uzoq muddat suv ichmasdan yashayoladi, avstraliya sichqonlari esa umr bo`yi suv ichmasdan endogen suv hisobida yashaydi.
Tirik organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida suyuqlik muhitida kechadi. Chunonchi, qabul qilingan ozuqa mahsulotlari hamda kislorodning parchalanishi va ularning to`qimalarga yetkazib berilishi hamda to`qimalarda hosil bo`lgan chiqindilarning tashqi muhitga chiqarib tashlanishi kabi murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar suv yordamida amalga oshadi.
Yerda hayotning asosi yashil o`simliklarda kechadigan fotosintez jarayonidir. Bu jarayonda suv asosiy xomashyo vazifasini o`taydi. Fotosintezda quyosh nuri ta'sirida suv vodorod va kislorodga ajraladi. Ajralgan kislorod erkin molekula holda tabiatga chiqariladi, vodorod esa karbonat angidrid bilan birikib, katta ichki energiya zapasiga ega bo`lgan organik birikmalarni hosil qiladi. Shu asnoda tirik mavjudotlar uchun oziqlanish va nafas olish sharoiti yaratiladi.
Suvning yana bir muhim xususiyati, unda issiqlik sig`imining yuqoriligidadir. Suvning issiqlik sig`imi yog`ochnikidan 2 baravar, qumnikidan 5 baravar, temirnikidan 10 baravar va havonikidan 3200 baravar yuqori. Demak, 1 m3 suv 10 ga soviganda 3200 m3 havoni 10 ga ilitadi. O`zining bu xususiyatiga ko`ra suv biosferada, shu jumladan odam organizmida haroratni mo`tadillashtirib turadi. Atmosferadagi suv bug`lari quyosh radiatsiyasini filtrlab, uning haroratini 80% ga yutadi va bu haroratni sutkaning quyoshsiz paytlarida sarflaydi. Shu asosda kun va tunning, yoz va kishning harorati o`rtasidagi farq kamaytiriladi. Bundan tashqari yer yuzidagi suvliklar va ulardan ko`tarilayotgan suv bug`lari yerda iqlim hosil qilishi, mintaqalarning iqlimi orasida o`zaro bog`liqlik bo`lishini ta'minlaydi.
Suvning muhim xususiyatlaridan yana biri unda fotokimyoviy jarayonlarning kechishidir. Bu jarayonlar davomida suvda turli xildagi kimyoviy elementlar hosil bo`ladi. Tabiatda tarqalgan 107 xil kimyoviy elementlarning 62 tasi suvda topilgan. Bu elementlar suvda doimiy harakatda va o`zaro ta'sirda bo`ladi. Shuning uchun ham, aytish mumkin-ki, suv geologik jarayonlarda faol ishtirok etadi. U qattiq jinslarni parchalaydi va tuproq hosil qiladi, bir joyni yuvib boshqa joyga keltirib tashlaydi va bu bilan relyef hosil qilishda ishtirok etadi. Ma'lumotlarga ko`ra Yer yuzidagi oqar suvlar har yili o`zlari bilan ko`l, dengiz va okeanlarga 10 mlrd. tonna yotqiziqlarni oqizib keladi. Suvning bu xususiyati bo`lmaganida sayyoramiz shunchaki yum-yumaloq toshdan iborat bo`lar, unda na tuproq va na tiriklik bo`lmas edi.
Aytilganlardan tashqari suvning yana bir qator foydali xususiyatlari borki, bular ham kishilik jamiyatining rivojida muhim o`rin tutadi. Dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish, arzon elektr quvvati ishlab chiqarish, sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilish va transport vositalaridan foydalanish, sog`liqni saqlash va shu singari xalq xo`jaligining muhim tarmoqlarini, shuningdek kishilarning kundalik turmushini suvsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi
Biosferadagi suv resurslarining zahirasi juda katta bo`lib, u qariyb 1,5 mlrd. km. kubga teng. Bu zahiralar 2 turga bo`linadi – asriy zahiralar ya'ni abadiy muzliklar va qayta tiklanadigan zahiralar ya'ni tabiatda aylanib turadigan suvlar. Yerdagi suvning bug`lanishi va uning yog`inlar sifatida qayta tushishi biri – birining o`rnini to`lidirib turadi, ya'ni suyuq holdagi suvlar tabiiy balansda aylanib turadi. Okeanlar yuzasidan yiliga 116 – 124 sm qalinlikda suv bug`lanadi va ular yuzasiga 107 – 114 sm qalinlikda yog`in yog`adi, quruqlikdan esa yiliga taxminan 47 sm qalinlikda suv bug`lanadi va 71 sm. qalinlikda yong`in yog`adi. Dengiz va okeanlarda bug`lanish bilan qaytib tushish o`rtasidagi farqni daryo oqimlari tekislay boradi. Daryolardan dengiz va okeanlarga yiliga 45 ming km. kub atrofida suv quyiladi.
Tabiatda suvning qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda bo`lishi uning biosferada keng tarqalishiga imkon beradi. Atmosferaning yuqori qatlamlaridan tortib yerning chuqur qavatlarigacha, baland tog` cho`qqilaridan to chuqur dengiz va okeanlargacha hamma yerda suv muhitini uchratish mumkin. Biosferadagi suv resurslarining zahirasi juda katta bo`lgani holda, ularning 94% okean suvlariga to`g`ri keladi. Bu suvlar o`ta sho`rligi sababli ulardan amalda kam foydalaniladi.
Chuchuk suvlar zahirasi uncha ko`p bulmay, uning umumiy hajmi 28,25 km. kubga teng. Bu gidrosferaning atigi 2% ni tashkil qiladi xolos (jadval).


Yüklə 305,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin