Din dinshunoslik teologiya va xudo jo`ylik tushunchalarining ma`nosi va o`zaro aloqasi



Yüklə 54,22 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü54,22 Kb.
#192505
1   2   3   4   5
Din dinshunoslik teologiya va xudo jo`ylik tushunchalarining ma`-hozir.org

Sunniylik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sunniylik (sunna soʻzidan) — islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93 % i Sunniy (qolgan 7 % i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.
Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. 7-asrning oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana bordi.
S boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼzam)ning „alFiqh alakbar“ asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan. S. tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning gʻaqiqat va mohiyati bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari, ilohiy manbalar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va abadiy koʻpgina sifatlarga ega. 4. Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, koʻrish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti ham, sifatlari ham oʻzi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo oʻxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 5. Allohning ismlari koʻp. Hadisda 99 ta goʻzal ismlari zikr etilgan (qarang alAsmo alhusno). 6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yoʻllarini koʻrsatib qoʻygach, adashgan va kufr yoʻlini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. Bordiyu, zalolat yoʻlidan asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati. Asramasa adolati hisoblanadi. 7. Paygʻambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi baʼzi hadis va rivoyatlarda koʻrsatilgan boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maʼqul. Paygʻambarlarning birinchisi — Odam, oxirgisi — Muhammad 8. Paygʻambarlarning moʻʼjizalarini haq deb eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo paygʻambar darajasiga yeta olmaydi. 9. Islomning besh rukni — imon kalimasi, namoz, roʻza, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki sharʼan taqiklangan ishlarga qoʻl ursa qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir boʻlmasligini tasdiq etish. 10. Imon — Muhammad Alloh tomonidan keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni koʻp qilganda imon nuri koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va hokazo
S.da 4 ta diniyhuquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik) mavjud. S. islomda anʼanaviy eʼtiqod yoʻli deb eʼtirof etilib kelgan.
S. bilan shialik oʻrtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va anʼanalarda birmuncha tafovutlar bor. Oʻzbekistonda, asosan, Ska eʼtiqod qilinadi..
http://hozir.org
Yüklə 54,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin