Din dinshunoslik teologiya va xudo jo`ylik tushunchalarining ma`nosi va o`zaro aloqasi



Yüklə 54,22 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü54,22 Kb.
#192505
  1   2   3   4   5
Din dinshunoslik teologiya va xudo jo`ylik tushunchalarining ma`-hozir.org


Din dinshunoslik teologiya va xudo jo`ylik tushunchalarining ma`nosi va o`zaro aloqasi

DIN DINSHUNOSLIK TEOLOGIYA VA XUDO JO`YLIK TUSHUNCHALARINING MA`NOSI VA O`ZARO ALOQASI
Reja:
1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o‘zaro aloqasi.

2. Din paydo bo’lishining psixologik omillari, obyektiv va subyektiv sharoitlari.


3. Urug‘-qabila va milliy dinlar Milliy dinlar.
4. Yaxudiylik dini.
5. Jahon dinlari xususiyatlari. Buddizmning vujudga kelishi, ta’limoti va uning oqimlari.


Kirish
Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, dastlab milliy ma’naviy tiklanishi siyosatini amalga oshira boshladi. Xususan, demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O’zbekistonda diniy e’tiqod erkinligi amalga oshirildi. Juda ko’plab masjidlar, madrasalar, diniy maktablar, uyushmalar va jamoalar vujudga keldi, ko’plab diniy adabiyotlar chop etilmoqda, diniy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar tiklanib, amal qilmoqda. Bu ma’naviy yangiliklar xalqimizning ruhiyatiga (psixologiyasiga) ijobiy ta’sir ko’rsatdi. “Xalqimizda bo’layotgan o’zgarishlarning ildizi, ­ deb yozgan edi Birinchi prezidentimiz Islom Karimov, ­ xalqimizning ma’naviy uyg’onishidadir. Ona tilimizning azaliy haq-huquqlari tiklangani, haqiqiy o’zbekona urf-odatlarimizning hayotdan o’rin olayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistonda o’zlikni anglash boshladi. Milliy Navro’z bayramimizni tiklangani, hayitlar tiklangani savobli ishlar bo’ldi”

Dinshunoslik” fanining maqsadi talabalarga dinning falsafiy, nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o’rgatishdir. Modomiki, ming yillardan buyon mavjud bo’lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urf-odatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini, dinning odamlar uchun foydasi hadsiz ekanligini ko’rsatadi. “Dinshunoslik”ning maqsadi din to’g’risidagi ob’ektiv haqiqatni tushuntirib, izohlab berishdir. “Dinshunoslik”ning mazmuni dinlarning falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish, dinlarning ijtimoiy funktsiyalarini turli jihatda tushuntirishdir.


Din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40 ming yil avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip hamda shakllarda rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub sabablar, ya’ni ildizlar uchta: ijtimoiy, psixologik va gnoseologik ildizlari mavjud.
Har kanday dinning gnoseologik, ya’ni dunyoni bilish nazariyasi bilan bog’liq ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini, ularning ichki mohiyatini bilish murakkab va qiyin bo’lishi bilan bog’liq. Tabiat va jamiyatda ro’y beradigan o’zgarishlar sababli ko’p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlarning aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma’lum, undan boshqa hech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan.
Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand-nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir.
Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi.
Eng qadimgi dinlar tabiat kuchlarini ilohiylashtirish asosida kelib chiqqan bo’lib, ularda xudolar, payg’ambarlar, ilohiy rivoyatlar shakllangan emas edi. Lekin boshidanoq o’sha dinlarda tabiatdagi hayvonlarni, o’simliklarni, ayrim daryo-lar, tog’lar, osmon jismlari, avlodlar ruhini ilohiylash-tirish, ularga bag’ishlangan turli marosimlar mavjud bo’lgan.
O’sha davrda totemizm, animizm, fetishizm, zardo’shtiy-otashparastlik, magiya (sehrgarlik) dinlari kelib chiqqan.
Milliy dinlar o’zlari uchun:
1. Ahloqiy kamolot tarbiyasini amalga oshiradi;
2. Milliy harakterni, milliy ruhiyatni shakllantiradi;
3. Milliy ongni o’stiradi, milliy qadriyatni rivojlan-tiradi;
4. Milliy boyliklarning ko’payishi uchun undan tejab foydalanishni, adolat bilan taqsimlashni bilvosita yaxshilaydi;
5. Milliy hamjihatlikni, milliy o’zlikni tushunishni, milliy g’ururni shakllantiradi;
6. Milliy ozodlik kurashlarini g’oyaviy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi;
7. Milliy madaniyatni rivojlantiradi deb ishonganlar.
Milliy dinlar ibtidoiy tuzumdagi totemizm, animizm, fetishizm, shomonizm, sehrgarlik, avlodlar ruhiga sig’inish dinlariga hamda politeizmning qorishmasi asosida vujudga kelganligi uchun ayrim milliy dinlarda ko’p xudolarga, ayrim milliy dinlarda esa yakka xudoga sig’inish shakllangan.
Yaxudiylik (iduaizm) dinining asoschisi Allohning payg’ambari xazrat Muso alayhissalomdir (miloddan avvalgi 1666-1546 yillar.).
Iuda “shukur” degan ma’noni beradi. Yahudiylik (iduaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan degan qarash bor. Yaxudiylikning ta’lim berishicha, Xudo Yah va Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma “ahd” - orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini “Xudo” tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha Xudo falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan, bu erlar bizga “va’da qilingan erdir” degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham ana shu aqidani mahkam tutib, tinmay kurash olib boradi.
Yahudiylik dini Muso alayhissalomga 80 yosh paytlarida ( tahminan m avv. 1586 yilda) xudo Yahve tomonidan vahy etilgan (Besh kitobi-tavrot)dir. Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari Musoga nozil qilingan Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning tafsiri va yahudiylik dinining aqida va marosimlari yozilgan Talmud kitobi va Muqarras zabur (Pslatir) kitobi ham bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi.

Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, buyruqlarga, bayramlarga ega bo’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindor 365 taqiq, 248 buyruq jami 613 ta taqiq va buyruqni bilishi kerak.


Buddaviylik - eng qadimgi dinlardan biri. U eramizdan oldingi VI asrda( ruhoniylar hisobida 544 yil - dinning afsonaviy asoschisi vafot etgan yil) shimoliy Hindistonda rivojlangan quldorlik jamiyati yuzaga kelib, yirik davlatlar tashkil topayotgan sharoitda vujudga keldi.
Buddaviylikka hozirgi davrda 450 mln (ba’zi manbalarda 1mlr 400 mlndan, ayrimlarida esa 700 mlndan ortiq) kishi e’tiqod qiladi. Hozirgi vaqtda Buddizm Janubiy, Janubi-Sharqiy, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlarida tarqalgan va yuz millionlab izdoshlariga ega. Buddizm Butan davlati dinidir, Kambodja, Laos, Myanma va Tailand Shri-Lankada buddizm davlat dini sifatida tan olinmagan, ammo konstitutsiya buddizmga "ustuvor maqom" beradi
Buddaviylik Xristian va Islom dinlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Xususan, oxirat to’g’risidagi, qayta tirilish, ruh va jonning o’lmasligi, hayvonlarni azoblash gunohligi, qon to’kmaslik kabi ta’limotlar buddaviylikdan keyingi dinlarga o’tgan.
Jahon dinlaridan biri Xristianlik bo’lib, Xristianlik (yunoncha Χριστός - "Moylangan", "Masih") - bu Yangi Ahdda tasvirlangan Iso Masihning hayoti va ta'limoti atrofida Falastinda taxminan 33 yil davomida paydo bo'lgan dunyo dinidir. Nasroniylarning nasroniylik Iso Masih, Xudo O'g'li va insoniyatning Qutqaruvchisi ekanligiga ishonishadi. Masihiylar uning tarixiyligidan shubhalanmaydilar. Xristianlik diniga 2,4 milliardga yaqin odam e’tiqod qiladi BMT ma’lumotlariga ko’ra xristianlik dinining yillik o’sishi 1,4 % ni tashkil etmoqda.
Xristianlikning asosiy yo'nalishlari: katoliklik (1,2 milliardga yaqin dindorlar), pravoslavlik (taxminan 280 million), protestantizm (800 millionga yaqin), qadimgi Sharqiy pravoslav cherkovlari (Monofizitizm) va Sharqiy Ossuriya cherkovi (nestorianizm) (70-80 million) .) yo’nalish va tarafdorlarga ega. 1054 yilda xristian cherkovi katolik va pravoslavlarga bo'lingan (qadimgi Sharq cherkovlari bundan oldin ajratilgan). Protestantizmning paydo bo'lishi XVI asrda katolik cherkovidagi islohotlar harakatining natijasi edi
Xristianlik aqidalari.
1-aqida: Xristianlikning iymon kalimasiga ko’ra dindorlar - ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruh («muqaddas uchlik») bo’lib gavdalanadigan yagona xudoga e’tiqod qiladilar. Demak, xristianlik monoteistik din ekanligi shu aqidadan ma’lumdir. Ota xudo ko’rinib turgan olam (farish-ta)larni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso uning injildagi «tarjimai holi» bilan birlikda O’g’il xudo hisoblanadi. Muqaddas ruh-pravoslavieda ota xudodan, katoliklar esa ham ota-xudodan, ham O’g’il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblanadi.
2-aqida: Xristianlik uchun eng muhim aqidaviy g’oya xudoning gavdalanish aqidasi bo’lib, unga binoan Iso xudoligicha qolgan holda, go’yo Mariya ismli qizdan (Bibi Maryam onadan) tug’ilgan payg’ambar deb e’lon etiladi. Bu aqida Isoga mansub deb hisoblanadigan barcha injil pand-nasihatlarga «ilohiy haqiqat»larga xos hurmatni kuchayti-rishga xizmat qiladi.
3-aqida: Gunohni yuvish aqidasiga katta o’rin berilgan, bunga asosan Iso butga mixlanib tortgan azoblari va o’limi bilan o’zini odamlarning gunohlari kasriga ota xudoga qurbon qilgan va shu tariqa bu gunohlarni yuvgan Bu bilan u go’yo odamzoddagi «gunoh hukmronligidan xalos bo’lish» yo’lini ochib bergan.
4-aqida: Isoning qayta tirilishi aqidasi xristian diniy ta’limotida markaziy o’rin egallaydi. Bu tirilish kelgusida odamlarning hammasi tirilishining (islom dinidagi oxirat-qiyomatdagi odamlarni tirilishi kabi) garovi deb ta’kidlangan.
5-aqida: Osmonga chiqib tushish (Islomda me’roj) aqidasi xristianlarni Iso tirilgandan so’ng osmonga, 0ta xudo huzuriga chiqqanligiga ishonish. Mazkur aqida orqali erdagi hayot odamni oxiratda kutadigan mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, degan ishonch uqtirildi.
6-aqida: Xristianlikning «xudo oldida hamma odam tengdir», degan bu aqidasi ijtimoiy tengsizlikni bekor qila olmagan tasavvurdagina barchagi tenglik huquqini bergan edi. Bu tenglik oxiratda amalga oshishini kutishga dindorlar da’vat etilgan.
Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — Xudo yoki xudolarga, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, Din — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan Din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy Dinga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining Dinga boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va b. turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20-asrda Dinni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung, E. Dyurkxeym) vujudga keldi.
Dinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda Din — ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq Dinsiz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida Din turli shakllarda namoyon boʻlgan. Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila Dinlari, milliy Dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon Dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir Din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda Din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir Din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saqlashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qat'iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi (qarang Axloq). Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.
Din insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda boʻlingan. Dinni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga koʻtargan yoki Din hamda dindorlarni ayovsiz taʼqib ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi. Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida Dinni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Din madaniy-maʼnaviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va Dinga toʻla erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslav mazhabiga eʼtiqod qiladi. Ular bilan bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiy-ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritmoqdalar.
Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, Din davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1998) bayon etilgan. Oʻzbekistonda Din va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon rivojlanib kelmoqda.
slom (arabchaاَلْإِسْلَامُal-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va Yahudiy bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi.[1] „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.
Jahonda dunyo aholising 24,9 foizi, yaʼni 1,9 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi.[2][3] Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 % idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (KiprLivanIsroil mustasno), SenegalGambiyaNigerSomaliAfgʻonistonPokistonBangladeshIndoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80 % dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi (GvineyaMaliLivanChadSudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-BisauKamerunBurkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — IndoneziyaHindistonPokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, XitoyTailandEfiopiyaTanzaniyaKiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va GersegovinaAlbaniyaBuyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSHKanadaArgentinaBraziliyaGayanaSurinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.

Davlatlar aholisi tarkibi islom dinida eʼtiqod qiluvchi 10%



Yüklə 54,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin