Islom soʻzi, arab tilidagiAslama soʻzining uch-harfli s-l-m oʻzagidan olingan boʻlib, oʻzbek tilidagi lugʻaviy maʼnosi „qabul qilish, taslim boʻlish, itoat etish yoki tobe boʻlish“ dir. Shu yerdan Islomning maʼnosi, Allohga iymon keltirib unga itoat qilish, iymon keltirganlar esa, buni unga oʻzlarining ibodati, uning buyurgan amallarini bajarishi hamda polietizm (koʻpxudolik)ni inkor etish bilan namoyish etishlari lozim. Bu soʻz Qur’onda bir nechta maʼnolarda kelgan. Baʼzi oyatlarda Islomning sifatlaridan bir bu insondagi ichki pushaymonlik deb urgʻu beriladi:"Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi boʻlsa, uning koʻksini Islomga ochib qoʻyadir."[4] Boshqa bir oyatda Islom va din atamalari oʻzaro bogʻlanadi:"„[5] Yana shuningdek, boshqalar nazdida, Islom iymonning faqatgina tildagi tasdigʻi boʻlibgina qolmay, balki bu Allohga qaytish faoliyatidir. [6] Islomning besh ustuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musulmonlar masjidda ibodat qilishmoqda
Iymon.
Har kuni besh mahal namoz oʻqish.
Ramazon oyida 30 kun ro'za tutish.
Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir. Yaʼni boyligi nisobga (muayyan miiqdorga)yetgan musulmonalrning yilda bir marta haqdorlarga berishi farz.
Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadiganlarga farzdir.