Din madaniyat fenomeni. Diniy madaniyat an’analarining ahamiyati



Yüklə 15,76 Kb.
tarix01.06.2022
ölçüsü15,76 Kb.
#60283
DINIY MADANIYAT


DIN
MADANIYAT FENOMENI. DINIY MADANIYAT
AN’ANALARINING AHAMIYATI
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng dinga yangicha qarash va
munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik
fani vujudga keldi. Bu fan ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni tanqid qilish, uni
jamiyatdan yo‘qotish maqsadida emas, balki unga milliy ma’naviyatning bir bo‘lagi
sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning
asosida eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur.
Bu haqida Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar
va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”.
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini
ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan:
-
dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
-
diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb
tan olish;
-
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l
qo‘ymaslik;
-
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida
turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot
qilish yo‘llarini izlash zarurati;
-
dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini
e’tirof etish.
“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas,
balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy
jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
“Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;

ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida
ma’lumot berish;

dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy
bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;

jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning
ahamiyatini yoritish;

dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;

diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini
yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan
o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar
haqida keng tasavvur hosil qilish.
Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri
insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan
ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy
qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.
Dinning vazifalari uning alohida shaxs va jamiyatga ta’siri va tabiatidan kelib
chiqadi. Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi,
madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib berishdir.
Dinlar ta’limotiga ko‘ra, monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va
politeistik – ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiylik) dinlariga bo‘linadi.
Yüklə 15,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin