Qo‘llaniladiganpedagogiktexnologiyalar: mashg‘ulot “Ekspert so‘rovi” usuli asosida o‘tkaziladi.
18.1-ilova
Muammoliseminarningboshqaruvdastaklari Boshlovchi barcha vazifalarni o‘ziga oladi – munozara bosqich-larini boshqarish, javoblarning asoslanishi va to‘g‘riligini tasdiqlash, qo‘llangan atama va tushunchalarni aniqlash, munosabatlarni to‘g‘ri qo‘llash va boshqalar. Taqdimotlarning taqsimotini to‘g‘ri boshqarish.
Taqrizchi – tomonlarning ma’ruzalarini yo‘nalishlar bo‘yicha bel-gilash va to‘liq xarakterda baholash: dolzarbligi, ilmiy jihati, manti-qiyligi va masalalarning aniq qo‘yilganligi, xulosalarning aniq ko‘rsati-lishi.
Raqib – qabul qilingan tadqiqot o‘rtasida raqobatchilik jarayonini shakllantiradi. U faqatgina ma’ruzachining asosiy holatini tanqid qilish emas, shu bilan birgalikda, uning aytgan fikrlaridan zaif yoki xato to-monlarini topish hamda o‘zining hal qiluvchi fikrlarini taklif qilishi ham mumkin.
Ekspert – barcha munozaralarning, jumladan, munozara qatnash-chilari tomonidan aytilgan fikrlarning, qilingan xulosalarning, taklif va taxminlarning samaradorligini baholaydi.
Munozara reglamentini o‘tkazish tartibi
Boshlovchi ma’ruza mavzusi va ma’ruzachilarning taqdimotlarini e’lon qiladi.
Ma’ruza 5 daqiqa davom etadi.
Taqrizchi – 2 daqiqa.
Raqib – ma’ruza mavzusi bo‘yicha fikrlarini 1-3 daqiqa taqdim etadi.