Dinamik makroiqtisodiyot


USLUBIY KO‘RSATMALAR Mikroguruhlar bahs-munozaralari yuzasidan tavsiyalar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə30/39
tarix05.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#125043
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Dinamik makroiqtisodiyot fanidan amaliy mashgulotlar otkazish boyicha uslubiy

USLUBIY KO‘RSATMALAR Mikroguruhlar bahs-munozaralari yuzasidan tavsiyalar


Amaliy mashg‘ulotlarni talabalarning yuksak faolligi sharoitida o‘tkazish “Makroiqtisodiyot” fanini o‘qitishning asosiy talablaridan biridir. Bunga erishish usullaridan biri mikroguruhlar bahs-munozaralarini uyushtirib borishdir. Mazkur usulni amalda ishlatish ko‘p bosqichli bo‘ladi:
Birinchi bosqich. Amaliy guruhidagi talabalar 2-3 ta kichik guruhlarga ajaratiladi. Guruhning boshlovchilari – yetakchi tayinlanadi, ular almashtirib turiladi, natijada har bir talaba o‘qish davrida yetakchi vazifasini o‘taydi. O‘qituvchi yetakchi funksiyalarini aniq belgilab beradi. Yetakchining o‘zi puxta tayyorlanishi, boshqalardan shu jihatdan yuqori turishi, guruq fikrini qayrab turishi, xullas muayyan yo‘lboshchi bo‘lishi talab qilinadi.
Ikkinchi bosqich. Bahs-munozara uchun predmet tanlab olinadi, ya’ni qaysi bir masala yuzasidan tortishuv bo‘lishini o‘qituvchi oldindan belgilab, bu haqda guruhlarni ogoh etadi. Guruhlar munozara predmeti yuzasidan oldindan tayyorgarlik ko‘radi. O‘qituvchi bir necha mashg‘ulot uchun bahs obyektini oldindan belgilab beradi.
Uchinchi bosqich. Bahs-munozara mashg‘ulot paytida tashkil etiladi. Bunda qo‘yilgan masala yuzasidan har bir mikroguruh vakili o‘z fikrini bildiradi. Guruhlar bir-birigi savol beradi, e’tirozini bildiradi. Shu o‘rinda dalillarda va qarshi dalillar qo‘llanadi. Bahsga o‘qituvchi aralashib, qo‘yilgan savollarga aniqlik kiritadi, muhokama yuzaga keltirgan yangi savollarga javob beradi. Bahs haqiqiy- ilmiy munozaraga aylanishi talab qilinadi.
To‘rtinchi bosqichda: O‘qituvchi bahs-munozaraga yakun yasab qaysi mikroguruq ustun kelganligi, qaysi talaba bahsda kuchli dalil keltirganligini qayd etadi. Bahs yakuniga qarab, o‘qituvchi ishtirokchilarga ball qo‘yadi. Bunda munozarada yetakchilik qilgan talabaga, u o‘z ishini uddasidan chiqqan sharoitda, eng yuqori ball qo‘yiladi. Munozaraning faol ishtirokchilari ham ball bilan siylanadi.
Bahs-munozara o‘tkazilganligi va qo‘yilgan ballar Amaliyot daftarida alohida qayd etiladi. Bu bilan tinglovchilar bilimiga adolat bilan yakuniy baho chiqarishga erishiladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin