Momentli dinamika qatori - bu malum oraliqli momentlarga hisoblangan korsat-kichlar qatoridir.
Malum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bolgan vaqt oraligini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham ozgaradi.
Malum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari - oqimlarni tariflovchi korsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi.
Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy korinishda tuzish ixtiyoriy ish bolmasdan, balki organilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bogliqdir.
Dinamika qatorlarini boshlangich mutlaq miqdorlar va hosilaviy korsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy korsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va ortacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.
Dinamika qatorlarini tahlil qilish korsatkichlari
Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator korsatkichlar hisoblanadi:
mutlaq qoshimcha osish (yoki kamayish);
osish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki surati;
qoshimcha osish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki surati (foizda);
1% qoshimcha osishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati.
YUqorida qayd qilingan korsatkichlarini batafsil korib chiqamiz.
1. Mutlaq qoshimcha osish yoki kamayish- har qaysi keyingi davr darajasidan boshlangich yoki ozidan oldingi davr darajasini ayirish yoli bilan aniqlanadi.
2.Osish yoki kamayish koeffitsiyenti yoki surati (Ko.k.) - har qaysi keyingi davr darajasi boshlangich yoki ozidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha martaba yoki foizga katta yoki kichik ekanligini yoki qancha foiz tashkil etishini korsatadi.
3.qoshimcha osish (kamayish) surati(T) ham ikki usulda aniqlanishi mumkin. Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan boshlangich davr darajasi ayirilib, 100 ga kopaytiriladi va boshlangich davr darajasiga bolinadi.
Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan oldingi davr darajasi ayirilib, 100 ga kopaytiriladi va ozidan oldingi yil darajasiga bolinadi.
1% qoshimcha osish (kamayish)ning mutlaq qiymati mutlaq qoshimcha osish qiymati zanjirsimon qoshimcha osish suratiga bolinadi.
Sifat korsatkichlariga asoslangan dinamika qatorlarini tahlil qilishda nazarda tutish kerakki, ular qanday shaklda - togri yoki teskari korinishda tuzilishiga qarab, yuqorida zikr etilgan analitik korsatkichlar, masalan, osish va qoshimcha osish suratlari turlicha mantiqiy mazmunga ega boladi va bir biriga barobar bolmaydi. Bu yerda sifat korsatkichlari deganda miqdoriy qiymati obekt (predmet)ning birligiga nisbatan hisoblanadigan hodisa meyori tushuniladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat natijalarini, yani mavjud moddiy, moliyaviy, tabiiy, mehnat resurslaridan foydalanishni sifat jihatidan, samaradorlik nuqtai nazaridan baholash imkonini beradi.
10.4. Dinamika ortacha korsatkichlarini hisoblashning oziga xos jihatlari
Ortacha dinamika korsatkichlari nafaqat qisqa va uzoqroq davrlarga xos umumiy yoki lokal tendentsiyalarni belgilash uchun zarur, balki shu bilan birga trendlarning analitik shakllarini aniqlash va vaqt kengligi turlicha bolgan davrlar ichidagi suratlarini qiyosiy organish uchun tengi yoq vosita hisoblanadi. Bunday korsatkichlar safi dinamika qatorining ortacha darajasi, ortacha mutlaq osish (yoki kamayish) va tezlashish qiymati, ortacha osish va qoshimcha osish suratlari, ortacha tezlanish suratlari va boshqa ortacha meyorlarni oz ichiga oladi.
Dinamika qatorining xarakterini etiborga olib uning ortacha darajasi hisoblanadi. Davriy qatorlarda u ayrim darajalardan ortacha arifmetik miqdor olish yoli bilan aniqlanadi.
Momentli dinamika qatorlarida ortacha daraja xronologik ortacha korinishida hisoblanadi.
Momentli dinamika qatorlarida ortacha daraja maxsus yol bilan aniqlanadi. Buning uchun boshlangich va eng songgi qator darajalari yarim miqdorda qolganlari esa tola holda olinib qoshiladi, songra hosil bolgan yigindi darajalar sonida bitta kamiga bolinadi, yani:
(11.5)
Bu formula momentli qatorning xronologik otachasi deb ataladi.
Ortacha mutlaq qo-shimcha osish zanjir-simon mutlaq osish-lardan oddiy arif-metik ortacha hisob-lash yoli bilan aniqlanadi.