Chet tillar fakulteti nemis tili kafedrasi o’qituvchisi
XALLIYEVA QIZILGUL
O’zbekistonda din sohasidagi ilmiy asoslangan siyosat.
Bugungi kunda ekstremizmning
eng keng tarqalgan shakli
bu diniy ekstremizmdir.
Diniy tafakkurning siyosiylashuv
jarayoni global miqyosda, shu jumladan
Markaziy Osiyo mintaqasida ham
dolzarb muammo bo`lib qolmoqda.
Hozirda respubikamizda 2186 ta diniy
tahkilot faoliyat yuritmoqda.
Mustaqillik sharofati tufayli ularning
faoliyati tom ma`noda tiklandi va rivoj
topmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan
tashkil qilingan, diniy va dunyoviy fanlar
bo`yicha bilim beriladigan Toshkent islom
universtitetining faoliyat ko`rsata boshlashi
esa bu yo`nalishdagi muhim qadamlardan bo`ldi.
Fuqarolarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish.
“Bugungi kunda,- deb yozadi Yurtboshimiz - insoniyat qo`lida mavjud bo`lgan qurol-yarog`lar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta havf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim.”
Terrorizmning asl mohiyati
Terrorchilik o`ta murakkab jinoiy hodisadir. Bugungi kunda “Terror”, “Terrorizm” “Terrorchilik harakati”, “Davlat terrorizm”, “Xalqaro terrorizm” kabi huquqiy atamalarining har birini tahlil qilishga ehtiyoj sezilmoqda.
Terrorizm mavjud tuzumga qarshi siyosiy kurash olib borish, odam o`ldirish to`sqinlik qilayotgan guruh (jamiyat) rahbari joniga suiqasd qilish bilan harakterlanadi. Uning tarixi uzoq o`tmishga boroib taqaladi.xalifa Abu Bakr Siddiq (632-634) vafotlaridan so`ng halifalik qilgan Hazrat Umarning o`limi (634-644) va hazrat Usmonning (644-656) o`ldirilishi bunga misol bo`ladi. Hazrati Aliga qarshi chiqqan diniy ekstremistlar, ya`ni 12000 kishilik horijiylar “Bizning yo`limizdan bormaganlar kofirdirlar”-dedilar. Ular hazrati Alini (656-661) namoz o`qigani kelayotganida orqasidan hanjar urib o`ldirdilar.