Diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini men qanday tushunaman.
Diniy ektsremizm va fundamentlizm, ularga yo‟l qoymaslik chora-tadbirlarini ko‟rish. Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy
mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o‘z aqidasining shak-
shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshha firha va mazxablarni butunlay rad etgan holda
ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush
ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga
zamin tayyorlaydi. I.A.Karimov «Ma'naviy taxdid deganda avvalo, tili, dini, e'tihodidan hat'i nazar, xar
haysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi haratilgan, uning
aynan ruxiy dunyosini izdan chiharish mahsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy. G‘oyaviy
va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim.»
1
Fundamentalizm - ma'lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan
zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning
yo‘nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, voqea va
mo‘'jizalarning muhaddas kitoblardagi bayonining talqini tarafdori, ularning har qanday
majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma-so‘z talqinga asoslangan e'tiqodni aqlga tayangan
mantiqiy dalillardan ustun qoyadigan, muayyan diniy e'tiqod shakllanishining boshlang‘ich
davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat'iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladigan istilohdir.
Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan
protestantizmdagi ortodoksal ohimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan
keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an'anaviy
aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni,
uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat'iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik
Amerikada keng tarhalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari
assotsiatsiyasiga asos solindi.
Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa, bu so‘z islomga nisbatan qo‘llanila boshlandi.
Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yo‘nalishdan biridir (qolgan ikkitasi -
traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining asosiy g‘oyasi - «sof islom»
printsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» yo‘lini joriy etishdir.
XX asrning 80-90-yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq
sovetlardan keyingi hududda ham o‘z aksini topdi. Bu davr jamiyat taraqqiyotida, bir
jihatdan, diniy e'tiqodning ijtimoiy-madaniy hayotdagi tabiiy mavqei tiklanayotgan,
ikkinchi tomondan, mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tug‘ilishi vaqti bo‘ldi.
Asosiy qonunimizda yana shu narsa qat'iy qilib belgilab qoyilganki, konstitutsiyaviy
tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qoyuvchi, Respublikaning suvereniteti,
yaxlitligi va xavfsizligiga, fuharolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi
chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, halqning
sog‘ligi va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning,
milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va
faoliyati taqiqlanadi (57-modda).
O‘rta Osiyodagi respublikalar o‘z mustaqilligiga erishishi va uning mustahkamlanishi
davrida «islom omili», «islom uyg‘onishi», «qayta islomlashish», «islom fenomeni» kabi
iboralar tobora ko‘proq ishlatilib, bu hol ularning beqiyos faollashuvini o‘zida aks ettirdi.
Bunga sabab sobiq Sovet davlatining mafkuraviy tasavvurlari va qadriyatlarining
yemirilib, muayyan vaqt davomida hosil bo‘lgan ma'naviy bo‘shlig‘ni to‘ldirish zarur edi.
Kommunistik mafkura ma'naviy jihatdan qashshoh bo‘lib, o‘ziga xos mutaassibligi va
muayyan millatlar manfaatlariga qarshi haratilganligi bilan sho‘ro hokimiyatidan keyingi
makonda diniy fundamentalizm uchun qulay sharoit tug‘dirdi.
Sobiq ittifoqdagi hukmron partiyaning namoyandalari diniy jamoalarni halqlarning aql
idrokini egallash uchun kurashda o‘zlarining raqibi deb hisoblashi dinning pinhoniyatga
chekinishi va hatto uning muayyan ma'nodagi muxolif kuchga aylanishiga olib keldi.
O‘sha davrda dinning ta'qib ostida bo‘lib kelgani, islom dinining eng salohiyatli ulamolari
qatag‘on qilinishi, minglab masjid va madrasalarning buzib tashlanishi diniy taassubni
yo‘qotishga emas, balki uning ildizlarini oziqlantiruvchi xatarli omillarning kuchayishiga
olib keldi. Millatlar orasida o‘zlikni anglash tuyg‘usi, etnik jihatdan nasl-nasabini izlashga
intilishlari beqiyos kuchaydi.
O‘zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu
yo‘l bilan musulmonlarni islohotchi davlatga ishonchini yo‘qotishga urinishda o‘zini
namoyon etmohda. Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik
va hamjihatlik, millatlar va fuharolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar.
Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e'tqod erkinligiga asoslangan ko‘p
konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro‘sizlantirishga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlarni amalga
oshirmoqdalar.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, «Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma'naviy
hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o‘ziga singdirib
olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.
Binobarin din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan.
Hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan.
Umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga
yetkazishga yordamga kelgan.