4. Radikal diniy oqimlar. Dinning yuksak rolini e'tirof etish bilan birga diniy dunyoqarash
tafakkurning, insonning o‘zini o‘rab turgan dunyoga o‘zi kabi odamlarga munosabatining
yagona usuli bo‘lmaganligini ham ta'kidlash mumkin. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush
tarzi ham u bilan yonma-yon, u bilan teng yashash huquqiga ega bo‘lgan holda rivojlanib
kelgan». Keyingi yillarda yurtimizda milliy va diniy hadriyatlarning tiklanishiga katta e'tibor
berilib, bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatiga aylandi. Ko‘plab diniy bayramlarga
ommaviy tus berildi, televideniye va matbuot tomonidan diniy masalalar tez-tez yoritila
boshlandi. Fuharolar o‘rtasida diniy ilm va an'analarga qiziqish kuchaydi. Bundan
foydalanib, ba'zi g‘arazli shaxslar ma'lum manfaatlar evaziga chet eldan yurtimizga suqulib
kirmoqchi bo‘lgan ekstremistik oqimlar «da'vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar
tomonidan istaganlaricha mablag‘ va diniy adabiyotlar bilan ta'minlandilar. Bu harakatlar
tezda o‘z oqibatini ko‘rsatdi. Farhona vodiysi va Toshkent shahrida uya qurib olgan
«Vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga
yetib borishga ulgurgan «hizbut tahrir» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning
turli joylarida uyushtirgan fitna-fasod harakatlari shundan darak beradi.
Modomiki,
biz
yoshlarimizni,
Prezidentiz
aytganidek
Imom
Buxoriylar,
Nahshbandiylar va yassaviylar ta'limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom
niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham
tavsiya etgan musaffo islom o‘rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur
bo‘ladi.
Vahhobiylik. Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan dini-
siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston yarim
oroli Najd o‘lkasining al-‗Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi
Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida
xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o‘z otasi rahbarligida o‘rgana
boshladi. U an'anaga ko‘ra, qur'onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi.
Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo‘lib, ko‘pincha
ulamolar suhbatida o‘zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o‘z
targ‘ibotchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o‘ziga munosib homiy
topish bo‘ldi.
1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahhob ad-Dir‗iyya vodiysiga uning amiri
Muhammad ibn Sa‗ud taklifiga binoan ko‘chib o‘tdi. Bu bilan Muhammad ibn Sa‗ud o‘z
hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek mafkuraviy qurolga ega bo‘ldi. Vahhobiylar
o‘zlari xohlagan jamoani kufrda yoki shirkda ayblashlari va unga qarshi jihod e'lon
qilishlari mumkin edi. Ibn Sa‗ud esa bu jihodni amalga oshirib, o‘z hokimiyati
chegaralarini kengaytirishni boshladi. Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1792 yili vafot etdi.
Ibn Sa‗ud va uning sulolasi vahhobiylik bayrog‘i ostida olib borgan urushlari 1932 yilda
Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi bilan yakunlandi.
Vahhobiylik ta'limoti diniy masalalarda din fundamenti, ya'ni Payg‘ambar davri
voqeiyliklariga qaytishni talab etdi. Ular barcha muxoliflarini bid'atchilikda, ya'ni dinga
yangilik kiritganlikda aybladilar, o‘zlarining siyosiy dushmanlarini esa mushriklikda
ayblab, ularga qarshi jihod olib borishga fatvo berdilar. Axloqiy masalalarda nazariy
jihatdan, garchi shaxsiy kamtarlik, mol-mulkka hirs qoymaslik, dunyoviy hayotda toat-
ibodatga aksariyat vaqtni sarflashni targ‘ib qilsalarda, lekin amalda saroy ahlining
bosqinchilik urushlari qo‘shni qabilalar mol-mulklarini talash oqibatida gap bilan amal
o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘ldi.
Vahhobiylik harakatlari Usmoniylar imperiyasi (1453-1924) hududlarida vujudga
kelganligi va imperiya bilan bu harakat o‘rtasida bir necha honli to‘qnashuvlar yuz
berganligi tufayli bu ohimda turk islomiga qarshi bo‘lgan kuchli kayfiyat o‘z aksini topdi.
Imperiyaning markaziy hududlarida hanafiylik mazhabi mutlah hukmron mavqega ega
bo‘lganligi uchun mazkur maktab qoidalari qattiq tanqid hilindi.
Shuningdek, vahhobiylik harakati mafkurasining markazida avvaliga Arabiston
yerlarini birlashtirish orqali, keyinchalik butun islom dunyosida islom davlatini
shakllantirish hoyasi ham mavjud edi. Ular bu mahsad yo‘lida har handay hurbonliklarga
tayyor edilar.
Vahhobiylarning chet ellarda ko‘plab tashkilotlari bo‘lib, ular faol harakat olib
boradilar. Ularning ko‘pchiligi yashirin siyosiy faoliyat olib boradi. Ish uslublari - diniy
hissiyotlari kuchli bo‘lgan fuharolarni jamiyatlariga tortib, ularni hayta tarbiyalash, so‘ng
ulardan tashvihot va ijtimoiy tartibbuzarlik, ekstremistik harakatlarda foydalanish. Bu
ishlarga, aynihsa, yoshlarni, bolalarni, hayot tarzidan norozi bo‘lgan shaxslarni jalb
hiladilar. Xayriya fondlari orqali mayib-majruhlarga, yetim-yesirlarga yordam, diniy ta'lim
berish, turli diniy adabiyotlarni tarhatish kabi yo‘llar bilan keng tarhibot ishlarini olib
boradilar. Kishilarga fanatizm, murosasizlik, o‘zgalar fikrlari va manfaatlariga hurmatsizlik
ruhini singdirishga urinadilar.
Al-Ixvon al-muslimun. XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarhalgan mamlakatlar
ihtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu
o‘zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy-falsafiy, huhuhiy normalarning XIX asr yarmidan
boshlangan moslashuvi fanda «Islomiy islohotlar» nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan
tashhari cho‘zilib ketdi va ko‘p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib chihardi. Ular orasida
panislamizm va musulmon jamoalarining boshha konfessiyalardan ajratish hoyasini
aytishimiz mumkin. Panislamizm hoyasini birinchi bo‘lib ilgari surgan Jamoliddin al-
Afhoniy (1839-1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo‘lib, 1884 yili Parijda
Muhammad Abduh (1849-1905) bilan birgalikda «al-Urvat al-vusho» jurnalini nashr etdi
va unda panislamizm hoyalarini tarhib hila boshladi. Afhoniyning hoyalarini keyinchalik
«Musulmon birodarlar» («al-Ixvon al-muslimun») radikal shakllarida rivojlantirildi.
Al-Ixvon al-muslimun - 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx hasan al-
Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilot. hasan al-Banno Jamoliddin al-
Afhoniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta'sirlanib, panislamizm hoyasida
«jihod», «islomiy millatchilik», «islomiy davlat» ta'limotlarini ishlab chihdi. Al-Ixvon al-
muslimun bu ta'limotlar asosida islom dini tarhalgan mamlakatlarda hur'on va shariatda
ifodalangan hoidalarga to‘lih rioya hiluvchi, «islomiy adolat» printsiplari o‘rnatilgan
jamiyat hurish uchun siyosiy kurashni boshlab yubordi.
Al-Ixvon al-muslimun o‘z tarixida bir necha boshichlarni bosib o‘tdi. 1928-1936
yillardagi davrni xayriya va ma'rifatchilik boshichi deb atasa bo‘ladi. Keyinchalik u kurash
uslubi sifatida terrorni ho‘llash darajasiga yetgan siyosiy tashkilot sifatida maydonga
chihdi. Ko‘plab davlatlarda uning faoliyati tahihlandi. Keyingi davrda al-ixvon al-
muslimun orasida bo‘linish yuz berib, ular 3 yo‘nalishga bo‘linib ketdi:
«mo‘'tadillar» - hasan al-Banno va Sayyid hutb tarafdorlari;
«islom demokratlari» - «islom sotsializmi» ta'limoti tarafdorlari;
«at-Takfir va-l-hijra», «al-Jihod», «hizb at-Tahrir al-islomiy» kabi terror uslubini
ho‘llovchi tashkilotlar.
hizb at-Tahrir al-islomiy (hizbut tahrir). hizbut tahrir 1952 yili huddus shahrida
falastinlik ilohiyotchi Tahiy ad-din an-Nabahoniy (1909-1979) tomonidan asos solingan
diniy-siyosiy partiY. U hayfada tuhilib o‘sgan, hohiradagi «al-Azhar» universitetida ta'lim
olgan. hizbning asosiy mahsadi - avval arab davlatlari mihyosida, keyin islom dunyosi
mihyosida va nihoyat jahon mihyosida halifalik shaklidagi islom davlatini tuzish. Ularning asosiy da'vosi - Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1924 yili Usmoniy halifa Ikkinchi
Abdulmajid (1922-1924) halifalikdan hayrihonuniy chetlatildi. Davlat diniy-islomiy
honunlar asosida halifa tomonidan idora etilishi lozim. hizb dasturi 187 banddan iborat
bo‘lib, asosiy mahsadi - hokimiyatga erishish. Bundagi asosiy yo‘l - islomiy fikrlovchi
shaxslarni shakllantirish. Ularga islomiy ta'lim-tarbiya berish ikki boshichdan iborat: 1) u
bilan islom ta'limotini o‘rgatish yo‘lida madaniy-ma'rifiy ishlar olib borish; 2) siyosiy
faoliyatga tortish.
Mahsadga erishish uchun kurash uch boshichdan iborat:
hoyaviy-fikriy kurash;
jamiyatda hoyaviy inhilobni amalga oshirish;
hokimiyatga fahatgina umma - jamoaning to‘lih roziligidan so‘ng kelish.
hizbut tahrir tarafdorlari ko‘pgina musulmon davlatlari, jumladan Tunis, Iroh, Jazoir,
Sudan, yaman va boshhalarda o‘z faoliyatlarini yashirin olib bormohdalar. Uning hozirgi
kundagi rahbari Abd al-hadim az-Zallumdir.
hizbut tahrir tuzilish jihatidan piramida shaklidadir. har bir guruh (halha) alohida-
alohida bo‘lib, 5-6 kishidan iborat. Guruhlarning o‘huv ishiga «mushrif» rahbarlik hiladi.
Undan tashhari guruhda yana bir rahbar - «amir» bo‘lib, u mushrifga mashhulotlarni
o‘tkazishda bevosita yordam ko‘rsatadi. Mushrif bir vahtning o‘zida bir necha guruhda
ta'lim ishlarini olib borishi mumkin. O‘hish davomida tinglovchilar diniy mavzudagi
mashhulotlar bilan birga siyosiy, jumladan, musulmon davlatlarida sodir bo‘layotgan
vohealarni dihhat bilan o‘rganadilar.
O‘zbekiston hududida 1992 yildan boshlab partiyaning boshlanhich bo‘linmalari
tashkil etila boshlagan. hizb safiga kiruvchilar o‘z partiyalari hahidagi ma'lumotlarni hech
hachon oshkor etmaslikka o‘z mushrifi buyurgan vazifalarni so‘zsiz bajarishga hur'on bilan
hasam ichadilar. hizb mutasaddilari o‘z tarafdorlarini ko‘proh ziyolilar, ilmiy xodimlar,
talaba yoshlar orasidan hidiradilar.
Yetarli ta'lim olgan shaxslar keyinchalik o‘zlari mustahil guruh tuzishlari lozim.
Tahrirchilarning ta'limi boshichma-boshich olib boriladi. Birinchi boshichda «Islom
nizomi» va «Izzat va sharaf sari» kitoblari boyicha o‘hitiladi, «al-Va‗y» jurnalidagi
ma'lumotlar muhokama hilinadi. Keyingi boshichlarda «Demokratiya kufr nizomi»,
«Siyosiy ong», «Halifalikning tugatilishi», «hizbut tahrir tushunchalari», «Islomiy da'vatni
yoyish vazifalari va sifatlari» kabi kitoblari o‘hitiladi. Bu adabiyotlar partiya manfaatlarini
ko‘zlab, hur'on oyatlari va hadislarni noto‘hri talhin hilib dindorlar ongiga ta'sir hilish
mo‘ljallangan. Ushbu nashrlar dindorlarni siyosiylashtirilgan islomga tarhib etib, ularni
fuharoviy boysunmaslikka va muomaladagi umumiy hoidalarni inkor etishga chahiradi.
hozirgi zamon islom ulamolari – Yusuf harzoviy, Sayyid Muhammad at-Tantoviy,
Nosir ad-din al-Alboniylar hizbut tahrirni ohod hadislarga, habr azobiga, sirot ko‘prigiga
ishonmasliklari uchun ularni ahl as-sunna va-l-jamo‗a safidan chihhan hisoblaydilar.
Akromiylar. Respublikamiz hududida tashkil topib, hozirda faoliyati deyarli
to‘xtatilgan noan'anaviy ham islom ta'limotiga ham konstitutsiyaviy davlatchilik asoslariga
zid bo‘lgan guruh «Akromiylar»dir.
Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi -
1963 yilda tuhilgan Yo‘ldoshev Akrom nomi bilan bohlih. A. Yo‘ldoshev hizbut tahrirning
yetakchisi an-Nabahoniy hoyalari asosida 12 darsga mo‘ljallangan «Imonga yo‘l»
risolasini yozgan. Shu sababdan akromiylarni «Imonchilar» deb ham yuritiladi.
Akromiylar ham davlat tepasiga chihish kabi harazli mahsadlarni ko‘zlaydilar. Biroh,
ular tahrirchilardan farhli o‘laroh, halifalik davlatini mahalliy sharoitdan kelib chihib,
avvalo Andijonda, so‘ng Farhona vodiysida amalga oshirmohchi bo‘ldilar. Akromiylar
siyosiy hokimiyatga erishishning 5 boshichini rejalashtirganlar - «sirli», «moddiy»,
«uzviy», «maydon» va «oxirat». To‘rtinchi va beshinchi boshichlar tamomila
islomlashtirish davri tugagach boshlanishi va ochihdan-ochih hokimiyat uchun kurash
boshichlari bo‘lmohi lozim edi.
Bu guruh a'zolari asosan hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular rasmiy ishxonalardan
bo‘shab, jamoa ma'hullagan mehnat faoliyati bilan shuhullanganlar. Zarurat tuhilganda
«birodarlari»ga «jamoa banki»dan moddiy yordam berganlar. Undan tashhari jamoa
a'zolariga tashkiliy ravishda ozih-ovhat mollari tarhatib turilgan. huda-andachilik fahat
«birodarlar» o‘rtasida amalga oshirilgan.
XXI asr-internet, ajoyib kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo’yniga kirib borayotgan asr, axborot va g’oyat ulkan teхnikaviy imkoniyatlar asri bo’lmoqda. Shu davrga kelib insonlarning, ayniqsa yoshlarning hayotiga, kelajagiga xavf soluvchi ekstremizm, terrorizm va shunga o’xshash qatlam paydo bo’ldi.Yer yuzida bu ofatga qarshi keskin kurash olib borilmoqda, jumladan har bir ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan voyaga yetmaganlarni bu xavfdan ogoh etish, ushbu oqimlarning tuzog’iga tushib qolishdan saqlash maqsadida soha mutaxassislari bilan hamkorlikda targ’ibot-tashviqot ishlari sifatini oshirmog’imiz zarur. Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishidan dalolat beradi. Shunday bo’lsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etish lozim. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish, unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylanganini e’tirof etish joiz. Mazkur yo’nalishda kishilik jamiyati oldida kompleks vazifalar dolzarb bo’lib turibdi.
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go’yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko’rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag’ yig’ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongu shurini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko’zlaydi.
Hozirgi dunyoda eng ashaddiy muammolardan biri diniy ekstremizm va terrorizm bo’lib kelmoqda.Bu muammo qachon vaqtlardan beri jahon muammosi bo’lib kelmoqda.Bu muammoning paydo bo’lishi uzoq o’tmishga borib taqaladi desak to’g’ri bo’ladi. Globallashuv bo’layotgan bu davrda bu muammoning oldini olishga turli ishlar qilinmoqda. Biz hozirgi kunda diniy ekstremizm deganda ,,ba’zi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlar tomonidan jamiyatda qabul qilingan qonun- qoidalarga mos kelmaydigan faoliyat olib borish, ularga zid bo’lgan g’oyalarni, aql- bovar qilmaydigan darajada mudhish chora tadbirlarni targ’ib qilishdir’’ deb tushunamiz. Terrorizm esa lotincha ,,terror’’ so’zidan olingan bo’lib qo’rqitish, tajovuz va dahshat ma’nolarini anglatuvchi mazkur hodisa g’ayriinsoniy xatti-harakatlarni ifoda etadi.Terrorizm diniy, siyosiy, milliy g’oyalar bilan niqoblangan vahshiylidir. Terrorizm ko’pincha odamlarga ta’sir o’tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishatishdir.
Dunyoviy nuqtayi nazardan qaralganda, din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning ma’lum bir tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllandi. Har bir davlat dini xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Din, shu jumladan islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud kelganligining o’zidayoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, davlat, guruh, shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.Insonning odamlar bilan bahamjihat yashashiga ko’maklashgan. Din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va kamchiliklarni yengib o’tishlarida kuch bag’ishlagan. Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazishga yordam berib kelgan.Shuning uchun ham din insonnning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi bo’lib kelmoqda.
Qadimdan ma’lumki islom dini O’zbekiston hududlariga 643-644 yillardan boshlab yoyilgan bo’lsa ham bu hududda ne-ne islom dini bilan bog’liq bir nechta asarlar yaratilgandir.Islom ilmlari bizning hududimizga VIII asrda Xuroson (hozirgi Turkmanistonning shimoli-sharqiy qismlaridagi davlat VIII-XIV asrlarda) orqali Movarounnahr (Arablar egallab olgan yerlar- arabcha ,,daryoning narigi tarafi’’ deb o’sha paytlarda Amudaryo va Sirdaryo daryolari orasidagi hududlarga aytilgan)ga kirib kelgan bo’lsa, IX asrdan boshlab mazkur ilmlar mintaqaning o’zida rivojlandi. Bu davrga kelib, avval islom olamida tan olingan olti sahih hadislar to’plami (assihoh as-sita), so’ngra ularning qatorida uch to’plam qo’shilib to’qqiz kitob (alkutub at-tis’a) shakllandi.Ulardan uchtasi Movarounnahrlik ulammolar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiylar tomonidan jamlandi.Islom dini o’sha vaqtdan buyon bizning hududimizdagi milliy dinimiz sifatida tan olinib kelinmoqda. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi islomning jamiyatdagi o’z o’rnini egallashiga imkon yaratdi. Lekin shu bilan birga yashirin holatda rivoj topgan va din niqobidagi turli mafkuralarning ta’sirida shakllangan qarashlar yuzaga yuzaga chiqishi ham qulay sharoitni vujudga keltirdi.
XX arning ikkinchi yarmida xalqaro maydonda o’zini balandroq ovoza qilgan, barchaga o’zining salbiy ta’siri bilan tanilgan, shubhasiz, diniy ekstremizm va va undan oziqlanib turgan, diniy shiorlar bilan burkanib olgan terrorizmdir. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar ish olib bormoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotlarini sodir etganlar. Natijada 3668 kishi halok bo’lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan.
Xulosa Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo’lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo’lgan xalqlar orasidagi o’zaro ishonchga soya solib, jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga to’siq bo’lmoqda. Ekspertlarning xabar berishicha, dunyoda terroristik tashkilotlarning yuzdan ortig’i eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan va bu tashilotlar bir-birlari bilan axborot almashadilar, qo’poruvchilik ishlarinini amlaga oshirayotgan paytda o’zaro sherikchi bo’ladilar, zaruz bo’lgan vaqtda bir-birlariga moliyaviy va boshqa shakldagi yordam beradilar.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga ,, Al-Qoida’’, ,,Al-Jihod al-islomiy’’, ,,Hizbut-tahrir’’, ,,Tolibon’’ va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatiga alohida tahdid solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qo’poruvchilik ishlari Suriya, Iroq va Afg’oniston davlatlari hududlarida sodir bo’lmoqda. Bizning yurtimiz O’zbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’llamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri ekaniga hech qnday shubha qolmaydi. Bizning davlatimiz diniy ekstremizm va terrorizm bilan duch kelgan va uning asoratlaridan aziyat chekkan birinchi davlat emas. U bugun jahonning ko’plab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solayotgan illatdir. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Dunyo tinchligiga xavf solib turgan diniy ekstremizmning tahdidi quyidagilardan iboratdir:
Aqidaparastlikni yoyish orqali islohotchi davlatga ishonchni yo’qqa chiqarishga urinish;
Diniy ekstremizm tarafdorlari dindorlarning umumiy soniga nisbatan juda ozchilikni tashkil etsada, ularning ta’siriga tushganlar hisobiga jamiyatda erksiz, mute’, faoliyatsiz kishilar soninni orttirish;
,,Soxta” va ,,haqiqiy” dindorlik belgilari bo’yicha qarama qarshilikni keltirib chiqarish;
Foydalanilgan adabiyotlar O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikga tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T.:O’zbekiston, 1997
Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T.:Ma’naviyat, 2008.
Rahmatullayev M.A, Zokirov R.I Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari (o’quv uslubiy qo’llanma) –Buxoro, 2006
Dinshunoslik asoslari (o’quv qo’llanma) T.:Toshkent islom universiteti, 2013