Diniy tashkilot


-modda. Oʻz faoliyatini tugatgan diniy tashkilotning mol-mulkini tasarruf etish



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə15/15
tarix02.06.2023
ölçüsü39,74 Kb.
#122958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Документ Microsoft Word (15)

29-modda. Oʻz faoliyatini tugatgan diniy tashkilotning mol-mulkini tasarruf etish
Diniy tashkilotga unga foydalanib turish uchun berilgan mol-mulk uning faoliyati tugatilganidan keyin avvalgi egasiga qaytariladi.
Diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda uning tasarrufidagi mol-mulkka egalik qilish uning ustaviga va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Kreditorlarning daʼvolari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan, ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulkning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Huquqiy vorislar mavjud boʻlmaganda mol-mulk davlat mulkiga oʻtadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
30-modda. Nizolarni hal etish
Vijdon erkinligini taʼminlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
31-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi 289–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 186-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 290–XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 187-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 934–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 334-modda);
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 618–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 99-modda);
5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida»gi 619–I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 100-modda);
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ–197-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 2-moddasi;
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 2-moddasi;
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 5-moddasi.
Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin