Diniy tashkilot


-modda. Diniy tashkilotlar faoliyatining qoʻshimcha kafolatlari



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə7/15
tarix02.06.2023
ölçüsü39,74 Kb.
#122958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Документ Microsoft Word (15)

13-modda. Diniy tashkilotlar faoliyatining qoʻshimcha kafolatlari
Diniy tashkilotlar oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Diniy tashkilotlar oʻz mulkida binolarga, inshootlarga, ibodat predmetlariga, ishlab chiqarish obyektlariga, ijtimoiy obyektlarga va xayriya uchun moʻljallangan obyektlarga, oʻz faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkka ega boʻlishi mumkin. Diniy tashkilotlarning mulki qonun bilan qoʻriqlanadi.
Diniy tashkilotlar davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Diniy tashkilotlar davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining diniy tashkilotlar huquqlari va erkinliklarini buzuvchi harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.
4-bob. Diniy tashkilotni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
14-modda. Diniy tashkilotning taʼsis hujjati
Diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari (taʼsischilari) tomonidan tasdiqlangan ustav diniy tashkilotning taʼsis hujjatidir.
Diniy tashkilotning ustavida quyidagilar nazarda tutiladi:
diniy tashkilotning nomi, turi, taʼlimot asoslari toʻgʻrisidagi axborot va unga mos keladigan diniy faoliyat haqidagi maʼlumotlar, uning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), oʻz faoliyatini qaysi hudud doirasida amalga oshirsa, oʻsha hudud;
maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy turlari;
diniy tashkilotning tuzilishi va rahbar organlari;
diniy tashkilotning rahbar organlarining vakolat doirasi va ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari muddatlari, doimiy asosda faoliyat koʻrsatadigan rahbar organning joylashgan yeri (pochta manzili);
pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, diniy tashkilotning hamda uning tarkibiy boʻlinmalarining mol-mulkni boshqarishga doir huquqlari;
diniy tashkilotni qayta tashkil etish va tugatish tartibi, shuningdek diniy tashkilot tugatilgan taqdirda uning mol-mulkini tasarruf etish tartibi;
ustavga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Ustavda diniy tashkilotning qonunchilikka zid boʻlmagan faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Diniy tashkilot ustavining talablari diniy tashkilotning oʻzi, uni tuzish tashabbuskorlari (taʼsischilari) uchun majburiydir.
Markaziy boshqaruv organlariga ega boʻlgan diniy tashkilotlarning ustavlari ushbu organlar bilan kelishilgan boʻlishi kerak.

Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin