2.O`zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. 3.Xristianlik va Xristian ilohiyoti. 4.Xristianlikdagi asosiy oqimlar.
Tayanch tushunchalar: Buddizm. Buddizm ta`limoti – to`rt oliy haqiqat, nirvana. Buddizm axloqiy ta`limoti – “ pancha – shila”. Buddizmdagi oqimlar: Mahayana, hinoyana, lamaizm va hokazo. O`zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. Xristianlik. Xristian ilohiyoti. Yakka xudoning uch qiyofasi: Ota – xudo, O`g`il – xudo, Muqaddas ruh. Xristianlikdagi asosiy oqimlar: ortodoks (provoslaviya) katolitsizm, ptotestantizm. Xristanlikning O’rta Osiyoga kirib kelishi.
4.1.Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko’pgina mamlakatlar huquq normalariga ko’ra qaysi dinga e’tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo’lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.
Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab qonuniy manbalar va ko’p sonli diniy yo’nalishlar mavjuddir.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi.
Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to’plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin.
Hozirgi buddaviylikka e’tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddaviylik ta’limotini o’rganish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatini tushunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddaviylik qoida va an’analari buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko’ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddaviylikning potensial kuchi yotadi.