Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə24/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

Sikxizm - (“sikx” – sanskrit tilida “o‘quvchi”, “shogird” ma’nolarini bildiradi) XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Shimoliy-G‘arbiy Xindistonda bir tomondan, hinduizmdagi aholini tabaqaga bo‘lish tamoyiliga qarshi yo‘nalish sifatida, ikkinchi tomondan, musulmonlarning bosqinchiligiga qarshi milliy kurash harakati sifatida paydo bo‘lgan. U mayda hunarmand va savdogarlarning kastachilik tuzumi va feodal zulmiga qarshi noroziligini ham ifodalagan.
Bu dinning asoschisi – “guru” (sanskrit tilida “ustoz” ma’nosini anglatadi) – kshatriy tabaqasidan chiqqan Nanak (1469-1539)dir.
XVI asrga kelib sikxlar jamoasiga dehqonlar ham qo‘shila boshlaganlar va bu antifeodal harakatni quvvatlaganlar. Natijada jamoa harbiy-demokratik tashkilot tusini olgan va u aholini tabaqalashtirish hamda qabiladoshlik tutumidan yuz o‘girgan teng huquqli kishilar jamoasiga aylangan. Ayni paytda, sikhizm ta’limoti oshkora feodalizm, Boburiylar imperiyasi va inglizlar zulmiga qarshi kurash bayrog‘iga aylangan.
Sikhizm ta’limotidagi asosiy g‘oya diniy bo‘linishni tugatish, barchani, shu jumladan hinduizm va islomga e’tiqod qiluvchilarni yagona diniy e’tiqodga birlashtirish g‘oyasi edi.
Sikhizm harakati XVII asrda sikhlarning kuchli davlatini tuzish bilan yakunlandi. XVIII asrda esa ular Panjobni ham egallaydilar. Bu davlat 1849 yilgacha, ya’ni inglizlar tomonidan istilo qilinguncha yashagan. XVII asr oxiridan buyon sikhizmga e’tiqod qiluvchilarning mazkur jamoaga qabul qilinishiga bag‘ishlangan maxsus marosim o‘tkazib kelinadi. Sikhlar o‘zlarining boshqalardan ajratib turadigan tashqi qiyofalarini ajratib turadigan beshta “K” belgisiga amal qilib keladilar. 1.”Kesh”. Sikhlar sochi va soqolini tagi bilan oldirmaydilar. 2. “Kachxa”. Ular uzun ishton kyib yuradilar. 3. “Kangxa”. Sochlariga yog‘och taroq taqib yuradilar. 4. “Kurpan”. Har doim xanjar taqib yuradilar. 5. “Kara”. Temirdan bilakuzuk taqadilar.
Hozirgi kunlarda sikhlar o‘zlariga harbiy unvon – “Singh” – “Sher” unvonini qo‘shib olganlar.
Sikhizm ta’limoti uning muqaddas kitobi “Grant Sohib” (“Janob Kitbo”)da bayon etilgandir. Bu kitob asosan guru (ustoz)ning pand-nasihatlari va hayot haqidagi lavhalardan iboratdir. Sikxizm monoteistik din hisoblanib, jamoa bo‘lib birgalikda ibodat qilishni inkor etadi, ruhoniylikni tan olmaydi. Moddiy olamdagi barcha hodisalar sikxizm ta’limoticha, yagona xudo - oliy kuchning ijodi, insonlar esa xudo oldida teng, deb hisoblanadi. Mazkur ta’limot asosiga yagona xudo – “Ek” (“Yagona”, “Bitta”), ya’ni hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh qo‘shilib yagona xudoni tashkil etishi g‘oyasi asos qilib olinadi. Sikxizm ta’limotiga e’tiqod qiladiganlar hozirgi kunda kam uchraydi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin