Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi


-MAVZU. DIN IJTIMOIY MADANIYAT HODISA SIFATIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə2/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

1-MAVZU. DIN IJTIMOIY MADANIYAT HODISA SIFATIDAGI AHAMIYATI.
Reja:

  1. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari. Dinshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar bilan o`zaro aloqasi.

  2. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.

  3. Dinning funksiyalari va ijtimoiy ahamiyati.

  4. Din dunyoqarash shakli va uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri.

  5. Dinlarning tasnifi. Ibtidoiy eʼtiqodlar.


Tayanch so`z va iboralar: Dinshunoslik, din, e’tiqod, transsendent, immanent, kult, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, totemizm, animism, fetishizm, shomonizm, din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi.



1-reja bayoni. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari. Dinshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar bilan o`zaro aloqasi.
«Dinshunoslik» dinning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixini, uning ijtimoiy, gnesologiq psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta'limotining vujudga kelishi va shakllanishini o'rgatuvchi fandir, ta'limot va o'kuv predmetidir, u dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bulishidan urug'-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo'lgan barcha ijtimoiy xodisalarni, ma'naviy omillarni – mafkura va aqidalar, urfodat va marosimlar, masjid va diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o'rganish, tahlil kilishni ko'zda tutadi.
Din muammolariga xos dastlabki g'oyalar Markaziy Osiyoda – deizm, panteizm va boshqalar, bu o'lkada yashagan, ijod qilgan ulug' allomalar Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning «Ikki haqiqat» ta'limotida olg'a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shox Akbar, so'ngra XVII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabatlari XIX asrda ilmiy dinshunoslik doirasida yangi oqim, yunalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo'lgan.
Dinshunoslik kursini o'qitishdan 1-maqsad talabalarni din va diniy ta'limotlarning diniy talqinidan tashqari ilmiy tushuncha, ta'limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan qurollantirishdan iborat. Buning uchun hozirgi zamon fani yutuqlari asosida dinning kelib chiqishi, evolyusiyasi, hozirgi xolati, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni haqida ilmiy-nazariy ta'limotlar bilan qurollantirish ko'zda tutiladi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin