Dinshunoslik fanining predmeti. «Dinshunoslik» dinning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixini, uning ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xnl dinlar ta’limotining vujudga kelishi va shakllanishini o‘rgatuvchi fan, ta’limot va o‘kuv predmetidir. U dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bo‘lishidan urug‘-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo‘lgan davrda yuz bergan jarayonni hamda jamiyat taraqqiyotida din bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy, hodisalarni, ma’naviy omillarni - mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o‘rganish, taxlil qilishni ko‘zda tutadi.
Din muammolariga xos dastlabki g‘oyalar Markaziy Osiyoda -deizm, panteizm va boshkalar, bu o‘lkada yashagan, ijod qilgan ulug‘ allomalar Muhammad Muso Xorazmiy, Axmad Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning "Ikki haqiqat" ta’limotida olg‘a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shoh Akbar, so‘ngra XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabatlari XIX asrda ilmiy dinshunoslik doirasida yangi oqim, yo‘nalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo‘lgan. Binobarin, XIX asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. va V. Grimm, M.Myuller); antropologik maktab (L.Feyerbax) va boshqa maktablar paydo bo‘lgan. XX asrda dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bu haqda shveysariyalik psixolog K.Yung va ayniqsa, fransuz sotsiologi E.Dyurkgeymning "kollektiv ong" haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir.
Ammo o‘sha davr dinshunosligi dinga o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon etar ekan, bu qarashlari diniy tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘lanmagan, mafkuraviy jihatdan betaraf qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bu urinishlarni "asoslash" da turli falsafiy hamda ijtimoiy nazariyalardan foydalanilgan. Amalda esa ilohiyotga ko‘proq yondashilgan.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan: birinchidan, har kanday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tikodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl kasb etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar evolyusiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, "Dinshunoslik» predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bossichida paydo bo‘lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o‘rganuvchi fandir. «Dinshunoslik» kursining falsafa, tarix etika, psixologiya fanlari bilan bog’liqligidan tahqari bu kurs din sosiologiyasi bilan ham bog'liq bo'lib, uning natijalari muqim amaliy ahamiyatga ega.
Din va sosiologiyada muayyan aholi o'rtasida dinga, uning qadriyatlariga hamda ijtimoiy rolini aniqlash maqsadida sosiologik tadqiqotlar o'tkaziladi. Bu tadbir sosiologik tadqiqot metodtkasi, so'rov varaqalari ishlab chiqilgandan so'ng ishga solinadi. Olingan natijalar muayyan hududda diniy vaziyatni, diniy ong darajasini, ijtimoiy hayotdagi rolini aniqlashda yordam beradi.
Bulardan tashqari «Dinshunoslik» din antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din aksiologiyasi kabi fan tarmoqlari yutqlaridan ham foydalanishning muayyan amaliy ahamiyati mavjuddir.