Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi

Yüklə 3,17 Mb.
səhifə59/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

3-reja bayoni.Sunniylik va shialik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va ular
eʼtiqodidagi farqlar.
Islomdagi yo‘nalishlar. Muhammad payg‘ambarning vafoti va hokimiyat uchun kurash islomning uchta yo‘nalishga – “Sunniy”(“to‘g‘ri yo‘l”)lik va “Shia”(“guruh”)lik va “Xorijiylar”, yo‘nalishlariga bo‘linib ketishiga olib keldi.
Sunniylik tarafdorlari o‘zlarini “ahli sunna va-l-jamoa”, ya’ni sunna ahli deb ataydilar va Muhammad Payg‘ambarning shialar tomonidan buzilayotgan an’analariga faqat bizgina amal qilayapmiz, deb hisoblaydilar.
Bu yo‘nalish tarafdorlari islomning Muhammad davridayoq shakllangan ta’limotining to‘g‘riligini, Hadisni Qur’ondan keyingi islom ilohiyati va shariatining ikkinchi manbai deb tan olgan, islomning an’anaviy diniy marosimlariga, maishiy, ijtimoiy qoidalariga amal qiladigan har bir musulmon sunniy hisoblanadi.
Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yo‘nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda ko‘pchilik qismi-92,5 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizini shialar, ibodiylar va xorijiylar tashkil qiladilar. Sunna arabcha odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. Sunniylik degan so‘z arabcha «Sunna»-«muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad to‘g‘risidagi rivoyatlar va uning hadislari to‘plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo‘lgan ko‘rsatmalar, amallaridir.
Sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bo‘lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur’ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar to‘plami deb qaraladi. U VII asr o‘rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash o‘z ifodasini topgan. Uni to‘plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy asosiy rol o‘ynaganlar.

Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo‘yi, Sibir, O‘rol, Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir.
Mazhab so‘zi arabcha “yo‘l, yo‘nalish” ma’nosini bildirib, istilohda esa “biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvosiga ergashish” ma’nosini bildiradi. Ilk islom davrida mazhablar ko‘p bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular orasidan 4 yirik mazhab: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik, hanbaliylik ajralib chiqqan. Bu to‘rt mazhab ikki aqidaviy ta’limot: moturidiya va ash’ariya bilan birgalikda “Ahli sunna val jamoa” deb ataladigan sunniylik yo‘nalishini tashkil etadi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   204

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin