2.Al-Adl (Adolat). Bunga ko‘ra, Alloh bandalarining amallarini yaratmaydi, ularning
buzilishlariga ham rozi bo‘lmaydi, balki bandalarining o‘zlari Alloh ularga bergan qudrat bilan buyurilgan ishlarni bajaradilar va qaytarilgan ishlaridan saqlanadilar. Alloh bandalariga faqatgina o‘zi yaxshi ko‘rgan amallarni buyuradi va ularni o‘zi yomon ko‘rgan barcha amallardan qaytaradi.
3.al-Va’d (solih amalga mukofotning) va va-l-va’id (yomon amallarga jazo berish). Ushbu aqidaga ko‘ra, Alloh bandalarining qilgan amallariga qarab ularga mukofot yoki jazo beradi. Katta gunoh qilgan bandalariga esa to tavba qilmagunlariga qadar kechirmaydi.
4. al-Manzila bayna-l-manzilatayn (mo‘minlik va kofirlik orasidagi holat). Bunda zino, o‘g‘irlik, mast qiluvchi ichimliklar ichish kabi katta gunoh qilgan banda mo‘min ham bo‘lmaydi, kofir ham bo‘lmaydi, balki shu ikki daraja o‘rtasida qoladi. Bu aqida mu’tazila asoschisi Vosil ibn Ato tomonidan belgilangan.
5.al-Amr bi-l-ma’ruf (yaxshilikka buyurish) va-nnaxy ani-l-munkar (yomonlikdan qaytarish). Mu’taziliylar ushbu qoidani islom diniga da’vat, adashganlarga yo‘l ko‘rsatish barcha mo‘minlarga uchun vojib deb hisoblaydilar. Har bir mo‘min o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, bu vazifani bajarishi zarur deb hisoblaydilar.
Mu’taziliylar e’tiqodiy masalalarni bayon qilishda aqlni naqladan ustun qo‘yadi. Ularni yunon va hind falsafasidan ta’sirlangan holda, har bir masalani aqlga tayanib yechishga harakat qiladilar.
Ahl as-sunna va-l-jamoa e’tiqodi. Kalom ilmi o‘rta asrlarda diniy-falsafiy fikrlarni, dinning nazariy asoslarini o‘rganish, islom aqidalariga e’tiqod qilish haqidagi bilmilarni jamlagan. E’tiqod qilinishi lozim bo‘lgan diniy talablarga nisbatan aqliy mulohaza yuritish jarayonida kalom maxsus bilimlar tizimi majmui sifatida vujudga keldi. Kalom (ilm al-kalom) atamasi keng ma’noda o‘rta asrlar musulmon adabiyotida diniy-falsafiy mavzularda erkin fikr yuritishlarga nisbatan qo‘llanilgan, tor ma’noda esa Qur’on va sunna ta’limotini aql-idrokka mos talqin etish, tafakkurga suyanib ish yuritishga nisbatan ishlatilgan.
Kalom ilmi dastlab islomda mavjud bo‘lgan turli diniy-siyosiy firqalar (xavorijlar, qadariylar (Gunoh oldindan belgilangan bo‘lishi mumkin emas, xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq, jabariylar (Inson taqdirini xudo oldingan belgilab qo‘ygan, hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatigagina ega, degan ta’limotni ilgari surganlar) , murji’iylar (Katta gunoh qilganni darhol jazolash tarafdori bo‘lgan xorijiylarga qarshi jazolashni kechiktirishni yoqlab chiqqanlar.)ning o‘zaro munosabatlari va boshqa din (mazdakiylik, xristianlik) vakillari bilan bahs jarayonida shakllandi. Ushbu tortishuvlarda Qur’on va sunna kabi islom manbalari asos qilib olindi.