Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi


Mavzuni mustahkamlash uchu



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə54/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Islomning vujudga kelishi sabablarini tahlil qiling.

  2. Arabiston yarim orolining aholisi islomgacha qaysi dinga e’tiqod qilgan?

  3. Hanafiylar harakati qanday g‘oyaga asoslangan?

  4. Nima uchun Yasrib shahri aholisi Muhammad alayhissalomning da’vatlarini qabul qilgan?

  5. Qur’oni karim ilmiy ahamiyati haqida fikr yuriting.

  6. Qur’oni karim suralariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?

  7. Islom iymoni aqidalari deganda nimani tushunasiz?

  8. Islomning asosiy bayramlarini izohlang.















































































7-MAVZU. ISLOM DININING AQIDAVIY YO`NALISHLARI VA MAKTABLARI


Reja:

  1. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni.

  2. Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo’lishi sabablari, eʼtiqodidagi bo‘linishlarning sabablari va oqibatlari.

  3. Sunniylik va shialik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va ular eʼtiqodidagi farqlar.

  4. Moturidiylik va ashʼariylik maktablari.



Tayanch so’z va iboralar: Tasavvuf, sunniylik, shialik, Xanafiya, Molikiya, Shofi’iya, Hanbaliya, Zaydiya, Isno’ashariya, Ja’fariya, Ismoiliya.


1- reja bayoni. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni.
Kalom(arab.-ravon nutq, jumla,gap,so’z)-islom ilohiyot ilmi. VIII asrda arab xalifaligida paydo bo’lgan. Kalom islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi. Kalom ilmi tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom ilmi turli diniy-siyosiy guruhlar(xorijiylar,qadariylar, jabariylar, murjiiylar va h.k) paydo bo’lishi bilan bog’liq bahslar jarayonida vujudga keldi va taraqqiy etdi.
Islom ta’limotiga rahna soluvchi turli oqimlarga qarshi kalom ilmi – “ilm ul-aqoid”, ya’ni kalom ilmini himoya qiluvchi ikkita oqim – Ash’ariya va Moturidiya oqimlari vujudga keladi.
Ash’ariya (873-935) ta’limoti: ongni, ya’ni aqlni diniy an’anachilikdan (naqldan) ustun qo‘yadi va shariat musulmonlarning hayotini boshqaradi, deb hisoblaydi.
Taqlidni, ya’ni ko‘r-ko‘rona diniy rahbarlarga, ularning fikrlarini tanqidiy qaramasdan bo‘ysunib, itoat etishni inkor qiladi va hatto taqlid qiluvchilarni mo‘min emas, deb hisoblaydi.
Islom ilohiyot ilmi (islomning diniy-falsafiy ilmi) – kalom – yakkaxudolik, tavhid, olam, borliq, inson, ularning yaratilishi, mohiyati, mavjudligi, e’tiqod mazmuni, olamning, insonning o‘zgarishi, taqdiri va h.k masalalarni qamrab oladi.
Kalom ilmi diniy-nazariy masalalarni aqlga, mantiqqa asoslanib tahlil qiladi. Ratsionalistik, mantiqiy tahli va umumlashtirish negizida ko‘rilayotgan masalani dalillash, mulohaza yuritib xulosalar qilish kalomning mazmunini tashkil etadi. Uni islom ratsionalistik tafakkurining, dunyoqarashining nazariy o‘zagi deyish mumkin. Din masalalarida aqliy bilishga, mantiqqa qattiq suyanish va mistika (g‘ayri tabiiy kuchlar)dan yiroqligi bilan u tasavvufdan keskin farq qiladi. Qur’onni mantiqqa va aqlga suyanib tafsir etadi. Hadislarni ham xuddi shunday tushuntiradi. Kalom kamdan-kam holatlarda majoziy talqin qilinadi.(A.Erkaev. Ma’naviyat va taraqqiyot. T.: M’naviyat. 2009 yil. 118-119-betlar).
Kalom ilmining mu’tazila oqimi VIII asrda Ummaviylar xalifaligining oxirlarida vujudga kelib, Abbosiylar davrida katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan oqimdir. Abbosiy xalifalar al-Ma’mun, al-Mu’tasim va al-Vosiqlar davrida (813-847) rasmiy e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan. Xalifa al-Mutavakkil davriga kelib mu’taziliy ta’qibga uchraydi.
Mazkur qoimning asoschisi Vosil ibn Ato (vaf. 748 y)dir. U mashhur islom ilohiyotchisi va faqihi Hasan al-Basriy(vaf. 728)ning shogirdlaridan biri bo‘lgan.
Mu’taziliylik oqimi dastlab “inson o‘z amalini o‘zi yaratadi”, degan fikr bilan o‘z ta’limotlarini boshlaganlar. Keyinchalik o‘z e’tiqodlarini besh asosda barpo qilganlar:
1. At-Tavhid (Allohning yagonaligiga e’tiqod qilish). Bu aqidaga ko‘ra, mu’taziliylar Allohni sherikdan, o‘xshatishlardan pok, uning hukmiga hech kim qarshi chiqa olmaydi, insonlarda sodir bo‘ladigan holatlardan hech biri unda sodir bo‘lmaydi, deb biladilar. Ahl al-sunna ularni quyidagi maqelari uchun tanqid qiladilar: a) Allohni oxiratda ko‘rish mumkin emas; b) Allohning sifatlari uning zotidan boshqa narsa emas; s) Qur’onning yaratilganligi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin