Sunniylar va shialar o‘rtasidagi farqli jihatlar. Birinchidan, Sunniylikda 7 ta aqida tan olinsa, Shialar quyidagi 5 aqidaga ishonadilar: a) Allohning yagonaligiga; b)Adolatga; v)oxirat va o‘lganlarning tarilishiga; g)Payg‘ambarlarga; d) Imomat (Ali va uning avlodlari imomlar деб аталади). Imomat – shialikda davlatni boshqarish huquqi haqidagi ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad payg‘ambar avlodi (kuyovi Ali bilan qizi Fotimadan tarqalgan avlod) hukmron bo‘lishi haqidagi ta’limotdir.
Sunniylar uchun imomlar odamlar tomonidan saylanadigan yoki tayinlanadigan diniy rahbardir.
Ikkinchidan, Shialar dastlabki uchta xalifaning hokimiyatini tan olmaydilar.
Uchinchidan, Shialar kalima shahodatga “Aliyan Valiuuloh” so‘zlarini qo‘shib aytadilar.
To‘rtinchidan, Shialar sunniylarning hadislarini tan olmaydilar. Shuning uchun ham Muhammad, Ali va uning avlodlari nomi bilan bog‘liq bo‘lgan hadislardan o‘zlarining “Axbor” degan to‘plamini tuzganlar.
Beshinchidan, Shialar Makka va Madina shaharlari bilan birga Karbalo va Najaf shaharlarini ham muqaddaslashtirganlar.
Oltinchidan, Imomlarning ba’zi birlarini o‘ldirilgan, din yo‘lida shahid bo‘lgan, shuning uchun ular jabrdiylardir, deb motam marosimini o‘tkazadilar.
Xavorijlar. Usmon ibn Affon (644-656) davriga kelib islom jamoasi (umma) ichida fitnalar paydo bo‘ldi. Usmonga uyushtirilgan suiqasd (656 y.) ham ana Shu siyosiy kurashlarning natijasi edi. Xalifa o‘ldirilgach, uning o‘rniga o‘z tarafdorlari tomonidan Ali ibn Abi Tolib (656-661) saylandi. Ana Shu davrdan umma-davlat ichida birinchi fuqarolar urushi boshlanadi (656-660).
Talha ibn Ubaydulloh, az-Zubayr ibn al-Avomm va Mu’oviya ibn Abi Sufyon kabi guruh rahbarlari Aliga qarshi chiqib, bu holatni Shunday talqin qildilar: «Ali qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda Usmonga yordam bermadi, qodir bo‘la turib odamlarni bu ishdan qaytarmadi, bundan tashqari u xalifalik mansabiga ko‘tarilganidan keyin Ibn Affonning qasosini olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor bo‘ldi».
Bu uch sahobaning bu fikrga kelishlariga har birining xalifalikka Alidan ko‘ra o‘zini loyiqroq deb hisoblashi turtki bo‘ldi. Ular o‘z da’volari haq ekanligini turli yo‘llar bilan isbotlardilar: Talha va az-Zubayr «Umar (634-644) vafotidan oldin xalifa saylash xususida kengashga (sho‘ro) chaqirilgan olti kishidan birimiz» deyishsa, Mu’oviya esa Usmonga yaqin qarindosh (ularning ikkisi ham Quraysh qabilasining Umayya urug‘idan edilar) va uning qasosini olishga loyiq ekanligini ro‘kach qildi.
Talha va az-Zubayr «al-Jamal» («Tuya») jangida halok bo‘ldilar. Shundan so‘ng Ali o‘rniga xalifalikka da’vogarlardan birgina Mu’oviya ibn Abi Sufyon (660-680) qoldi. 657 yili Suriyada Mu’oviya va Ali o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Siffin jangi Ali tarafdorlarining ikki guruhga ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu jangda Ali ibn Abi Tolib qarshi tomon (Umaviylar, 660-749) bilan o‘zaro bitim tuzib, urushni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Alining tutgan bunday murosasozlik siyosatidan uning qo‘shini orasidagi bir guruh kishilar norozi bo‘lib ajralib chiqdilar. Aliga itoat etishdan bosh tortganlar «xavorij» deb, Mu’oviyaga qo‘shilmay Ali atrofiga to‘planganlar, keyinchalik, «shia» deb nomlana boshlandi. Bu guruhlar islomdagi ikki katta oqimga asos soldilar. O‘z navbatida har bir toifaning o‘ziga xos diniy-siyosiy nuqtai nazarlari, ta’limot va amaliyotlari shakllana boshladi.