Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə15/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

Sehrgarlik (Magiya). Sehrgarlik (afsun) – odam, hayvon va tabiatga g‘ayritabiiy yo‘l bilan ta’sir o‘tkazish maqsadida bajariladigan ritual urf–odatlar majmuasidir. Afsungarlik urf–odatlari bilan maxsus kishilar –shamanlar, afsungarlar shug‘ullanganlar. Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo‘lib amalga oshirilishi mumkin edi. Sehrgarlik maqsadiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  • “Yaxshi niyatda” amalga oshiriladigan – “oq sehrgarlik” (“belaya magiya”)

  • “Yovuz niyatda” amalga oshiriladigan – “qora sehrgarlik” (“chyornaya magiya”);

  • Harbiy sehrgarlik (qurol aslahani sehrlash);

  • Sevgi sehrgarligi (“issiq”, “sovuq” qilish)

  • Tibbiy sehrgarlik (davolash maqsadida)

  • Ob–havo sehrgarligi ( yomg‘ir chaqirish)

Sehrgarlik zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf–odatlarida saqlanib qolgan. Afsungarlar osmon jismlarining harakatiga qarab, hayvonlarning suyaklari, ichak–chavoqlari, qushlarning uchishi va ovozi, odamlarning kaft chiziqlari tuzilishi, raqamlar, ierogliflarning joylashish tartibi, ilonlar harakatiga, o‘lgan odamlar ruhi bilan ruhiy muloqotga kirishganda, tushlarni ta’bir qilish hamda boshqa narsalarga qarab kelajakni bashorat qilganlar, bo‘lajak ofatdan ogohlantirganlar. Sehrgarlik bilan shug‘ullanuvchilar xalq orasida afsungar, sehrgar, azayimxon, suqchi, emchi, baxshi, parixon, duoxon nomlari bilan atalgan. Sehrgarlik kuchini qaytarish uchun olov, kul, non, pichoq, piyoz, hayvon shoxi, duolar yozilgan tumorlar ishlatilgan. Ilk afsungarlik kitoblari milodning I–II asrida Aleksandriyada vujudga kelgan. Unda sehr–jodu insonning irodaviy xatti–harakatlariga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’sir eta olishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos g‘ayritabiiy kuchlar sifatida e’tirof etilgan. Sehrgarlikka oid tushuncha va e’tiqodlar maxsus marosim va bayramlarda o‘z aksini topgan. Masalan hozirgi O‘zbekiston hududida qurg‘oqchilik davrida yomg‘ir tilash (“Sust xotin”), shamol zarar keltirganda uni to‘xtatish (“Choy momo”) va kerak bo‘lganda chaqirish, ofat yuz berganda qurbonlik qilish marosimlari o‘tkazilgan. Shu tariqa ilohiy kuchlarga ishonishga bag‘ishlangan marosimlar asosida keyinchalik diniy marosimlar shakllana boshlagan. Sehrgarlik hozirda ham turli xalqlar urf–odatlarida mavjud. Ko‘pincha kishilarning irodasizligi, ijtimoiy hodisalar oldida ojizligi, tabiat kuchlari oldidagi qo‘rquv, mavjud muammolarni to‘g‘ri tahlil eta olmaslik oqibatida sehrgarlikdan najot topishga ishoniladi. Sehr–jodu elementlari barcha dinlarda qarg‘ish va duolar shaklida saqlanib qolgan.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin