Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə16/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
dinshunoslik 14

B u d d a v i y l i k t a ' l i m o t i v a u n i n g m a z m u n i. Buddaviylik ta'limotida har qanday borliq (moddiylik) barcha ko'rinish va shakllardagi har qanday hayot hamma mavjudotlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga qayta tug'ilib kelish dunyosi (sansara)ga bog'langanligi, unga ko'ngil qo'yganligidir. Uningcha har qanday insoniy tuyg'u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi; «borliq girdobi» dan chiqib olish uchun g'aflatdan uyg'onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan ko'ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim; faqat shundagina
«najot topish yo'li»ga kirish mumkin. Ilk buddaviylikda bunday najotdan faqat zohid yoki monaxgina umid qilishi mumkin edi.
Faqat yaxshiroq qayta tug'ilishni umid qilishi, buning uchun esa u monaxlarga mo'l-ko'l xayr-sadaqa berishi hamda quyidagi 5 axloqiy talab (panchashimla)ga amal qilishi kerak:

  1. Har bir kishi yomonlik qilishdan o'zini tiyishi, tirik mavjudotni o'ldirmaslik;

  2. O'g'rilik qilmasliq ya'ni birovning mulkini olmaslik;

  3. His-tuyg'ularga ortiqcha barilmasliq begona ayollarga ko'z olaytirmaslik;

  4. Yolg'on gapirmasliq rostgo'y bo'lishlik;

  5. Ichkilik ichmaslik.

Buddaviylik hamma narsa bilib bo'lmaydigan ruh nirvanaga asoslanadi, dunyo real mavjud emas, u faqat kishilarning xayolida, bilib bo'lmaydigan ruhning namoyon bo'lishida, deb noto'g'ri ta'lim bergan. Bu bilan u sub'yektiv idealizm botqog'iga botgan. Buddaviylikdagi ruh nirvaning ta'limoti «muqaddas haqiqat» deb atalgan. Unga ko'ra, ijtimoiy xayot va shaxsiy turmush azob-uqubatlarining sababi kishilarning istaklari va nafslarida. Azob-uqubatdan qutulish uchun kishilar o'zlarining istak va nafslarini tiyishlari, Budda kashf etgan a-idalarga amal qilishlari zarur. Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini iutlaqlashtirgan, borliqning barcha shakllarini, uning mazmunini har qanda y turmush tarzini azob-uqubat deb noto'g'ri hisoblagan. Shuning uchun buddaviylik nirvanani borliqning intihosi, deb asossiz tushungan. Buddaviylik ta'limoticha, jonli mavjudotlarning o'lishi uni tashkil etgan dxarma (element, zarracha)larning ajralib ketish jarayonidir.
Bularning yangidan birikishi ilgari qilingan «savob va gunoh»lar bilan bog'liq deyiladi. Dxarma nirvana darajasiga yetgandagina qayta tug'ilishlarga barham berilib, azob-uqubatdan butunlay xalos etilar ekan.
Buddaviylik ta'limotiga ko'ra, azob-uqubatlardan xalos bo'lishning eng maqbul yuli rohiblik (monaxlik) jamiyati (sangxa)ga o'tish hisoblanadi. Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddaviylikda barvaqt vujudga kelgan bo'lib, hozirgi kunda buddaviylik mazhablaridan bo'lmish xinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida g'oyat salbiy rol o'ynamoqda. Rohiblar buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar orasida noo'rin tarzda juda katta obro' va hurmatga sazovor bo'lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi.
Buddaviylik ta'limotida olam uch bosqichli deb tavsiflangan. Birinchisi eng yuqori olam bo'lib, unda mutlaq osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud. Bu olam ruhning makonidir. Buddaviylikning ta'rim berishicha, mutlaq ilohiy kuch ruhni mutlaqo bilib bo'lmaydi.birinchi olamda ruh moddiy olamdan tashqarida, u hech harakatsiz mutlaq osoyishta holatda yashadi. Ikkinchi olam, rivoyatlarga ko'ra, ruhiy mavjudotlar bilan to'la jannat botisatvadir. Bu olamning hokimi Amitabadir. Uning olamida ruh o'z gunohidan xalos bo'lgan, lekin eng oliy olamga, nirvanaga, mutlaq bo'shliq va osoyishtalik olamiga ko'tarilmagan avliyolar yashar ekan. Buddalar kishilarga budda ta'limotini o'rganish, yaxshi yo'ldan boshlab borish uchun yerga yuborilar ekan. Uchinchi olam eng quyi olam bo'lib, unda odamlar va hayvonlar yashar ekan. Bu olamdagi ruh qafasda yashar ekan, u hayot davomida ozod bo'lish hamda yuqori olamga ko'tarilishiga harakat qiladi; ruhning yuqori olamga ko'tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog'lik; agar odam buddaviylik ta'limot iga e'tiqod qtlsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug'ilishlardan so'ng jannatga va undan nirvanaga ko'tarilar ekan. Yomonlikka mansub gunohkor kishilarning ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, qafas ichida yura berar, yuqori olamga hech ko'tarila olmas ekan. Agar insonning din ta'limotiga zid ishlari ko'payib ketsa, hirs yoki tovlamachilikka yerilib, undan qutila olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug'ilishlardan keyin do'zaxga tushar va unda abadiy azoblanar ekan.
Buddaviylikda qayta tug'ilish deganda yangidan paydo bo'lish tushunilmaydi, balki ilgari o'lgan odamlarning yangi asosda birlashib, kelajak avlodga o'tishi tushuniladi. Shuning uchun buddaviylik inson o'z qilmishlari uchungina javobgar bo'lib qolmaydi, balki kelajak avlod uchun ham javobgar deb hisoblanadi. Agar odam yaxshi bo'lsa, budda ta'limotiga to'liq rioya qilsa, boy va e'tiborli bo'lsa, uning draxmalari asosida qayta tug'ilgan odam ham boy va badavlat, sofdil bo'ladi. Aksincha,odam yomon bo'lsa, kambag'alYU qashshoq bo'lsa, budda ta'limotiga rioya qilmasa, uning draxmalaridan paydo bo'lgan odam ham kambag'al, qashshoq bo'lar ekan. Buning sababi avvalgi avlodlar yomon hayot kechirgani uchun berilgan jazodir, deb hisoblangan. Buddaviylik o'zining bu ta'limoti bilan jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni tub mohiyatini yashirishga harakat qilgadi. Boshqa dinlar kabi buddaviylik ham xayotda passiv bo'lishni, taqdirga tan berishni targ'ib qiladi, zohidlikni ёqlab, ekspluatasiyani oqlaydi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin