Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə17/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
dinshunoslik 14

BUDDAVIYLIKNING PARCHALANIB KETISHI. Barcha jahon dinlari kabi buddaviylik ham ijtimoiy taraqqiyot natijasida va turli mamlakatlardagi ijtimoiy guruhlar tuzumlarning xususiyatlariga qarab, turli mazhablarga bo'linib ketgan.
Buddaviylikda bir necha mazhablar paydo bo'lgan. Bulardan eng yirigi I asrda undan ajralib chiqqan xinoyana («kichik arava», tor yo'l ma'nosida) Shri Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarqalgan; maxayana («katta arava», keng yo'l ma'nosida) Tibet, Xitoy, Yaponiya, Mongiliyada hamda Oltoy va Uzoq Sharqda yashovchi ba'zi xalqlar o'rtasida keng tarqalgan.
Buddaviylikka xos mazhablardan biri Tibet va Mongoliyada ham tarqalgan bo'lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning bu mazhabi maxalliy xalqlar o'rtasida qadimdan mavjud bo'lgan diniy tasavvur va urf-odatlarni o'zlashtirgan. Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaning yana qaytib kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat o'rnatishi to'g'risidagi rivoyatga keng o'rin berilgan. Lamaizmni ko'chmanchi, qaloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga urunish mavjud; undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan.
Hindistonda quldorlik tartiblari barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib borgan; keyinchalik hinduizmga qo'shilib ketgan. XI-XII asrlarda buddaviylik Hindistonda o'z ta'sirin deyarli butunlay yo'qotgan.
Buddaviylik ta'limotini tartibga solish maqsadida 1871 yilda Birmada buddavistlarning maxsus ibodatxonasida Tripitakaning turli tarjimalari va variantlarini taqqoslash natijasida yagona teksti ishlab chiqilgan edi. Yangi tekst mazmuni 729 ta marmar plitaga tushirilgan edi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona dunyo buddistlarining muqaddas joyiga aylantirilgan.
Buddaviylik ruhoniylari xalqaro miqyosda uning maqeini kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda buddaviylikning turli tashkilotlarini birlashtirmoqdalar, buddistlarning xalqaro konferensiyalari, s'yezdlarini muntazam o'tkazmoqdalar.
Buddaviylikning bir necha xaoqaro tashkilotlari mavjud. Shulardan eng yirigi Jahon buddistlari qardoshligidir. 1 1950 yili to'zilgan. 1956 yili otaxon buddistlarining bu din paydo bo'lganligining 2500 yilligi nishonlandi.
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar yashaydi. Ularning oilaviy maishiy an'analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy qismlari mahayana (shimoliy) ko'rinishdagi buddaviylik ta'sirida shakllangan. Hozirgi vaqtda bu mintaqada, ayniqsa O'zbekistonda koreys buddistlarni xristianlik ta'siriga olishga qaratilgan harakatlar avj olmoqda.
Mustag'il ta'lim uchun adabiyotlar:



  1. Buddizm. Spravochnik.-M.: Respublika, 1992.

  2. Jabborov Iso. Jabborov Sanjar. Jahon dinlari tarixi.-T.: O'zbekiston,2002

  3. Dervish R.A. Lavteva G., Musapayeva A. Pamyatniki istorii, religii i kultura v Uzbekistane.-T.: 1994.

  4. Vasilyev L.S. Istoriya religii Vostoka. 3-izd.perevod i dop.-M.: Knijno'y dom. Universitet, 1998.


Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin