|
|
səhifə | 2/42 | tarix | 09.09.2023 | ölçüsü | 4,2 Mb. | | #142146 |
| dinshunoslik 14
KURSNING MAKSAD VA VAZIFALARI. Dinshunoslik kursini o'kitishdan 1-maqsad talabalarni din va diniy ta'limotlarning diniy talqinidan tashqari ilmiy tushuncha, ta'limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan qurollantirishdan iborat. Buning uchun hozirgi zamon fani yutuqlari asosida dinning kelib chiqishi, evolyusiyasi, hozirgi xolati, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni haqida ilmiy-nazariy ta'limotlar bilan qurollantirish ko'zda tutiladi.
2-maqsad O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda USH asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi, halqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini hisobga olib, uning shaxs, oila, jamiyat hayotida tutgan o'rni, madaniyat va ma'naviyat, san'at va adabiyotni boyitishga qo'shgan xissasi xususida talabalarni ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga o'rgatilishidan iborat.
3-maqsad talabalarda ibtidoiy dinlardan tortib to jahon dinlarigacha bo'lgan dinlarning shakllari, ta'limotlari, yo'nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida umumiy ilmiy tasavvur hosil kilish orqali o'zlari mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish malakasini hosil qilishdan iborat.
Yuqoridagi maqsadlarga erishishda I.A.Karimovning asarlari, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi taxrirdagi Qonun, Jinoyat, Fuqaroliq Oila, Yoshlar kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko'rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo'lib xizmat kiladi.
«Dinshunoslik» kursining vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Oliy o'quv yurti talabalariga shu soxada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni taxlil etishda ilmiylik va ob'yektivlik uslubini qo'llanib, ularga diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat kiladigan jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan dunyoviy iymon va e'tiqodni shakllantirish.
Ikkinchidan, ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug', qabila va milliy dinlargacha, ularda jahon dinlarining paydo bo'lishi va rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini tarixiy dalillar asosida har tomonlama ilmiy taxlil kilish va umumlashtirish.
Uchinchidan, kursni o'rganish jarayonida dinning ta'rifi, tavsifi, diniy va ilmiy kategoriya (asosiy tushunchalar), dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli bosqichlarda tutgan o'rni; jamiyatni, shaxsni ma'naviy kamol toptirishda milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati; Islomning Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston xalqlari madaniyati va ma'naviyatiga ta'siri kabi masalalarni falsafiy taxlil qilish.
Turtinchidan, talabalarga islom manbalari – Qur'oni Karim, Hadis, shariat haqida umumiy ilmiy tushunchalar berish, uni rivojlantirishga ulkan xissa qo'shgan vatandosh bobokalonlarimiz hayoti va ijodi bilan tanishtirish; hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish; tasavvuf ta'limotini takomillashtirishda xamyurtlarimiz ijodini bayon etish.
Beshinchidan, hozirgi davrda mustaqil mamlakatimizda vijdon erkinligining to'lik kafolatlanganligini isbotlab berish, islomdagi real qadriyatlarni tiklash yulida qilinayotgan sa'y-xarakatlarni tavsiflash, nixoyat, milliy va diniy qadriyatlarning sog'lom avlodni, jumladan talabalarni kamol toptirishga bag'ishlash ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |
|
|