Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə6/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
dinshunoslik 14

IBTIDOIY DINLARNING SHAKLLARI. Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to'la shakllangan diniy sistemaga ega bulmagan. Ularda boshlang'ich diniy tasavvurlargina bulgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bulgan.
Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonliq magiya(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlarim hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.
T O T YE M I Z M - hindlar tilidagi «O totem»(uning urug'i) degan so'zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g'oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo'lib, qadimgi zamondagi urug'-qabila a'zolarining muayyan bir hayvon, o'simlik bilan g'ayri-tabiiy aloqasi, yaqinligi, qon qarindoshligi bo'lgan deb, bu hayvon va o'simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog'liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir qabila yoki urug' o'z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko'zda tutib, ba'zi hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma'lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug' bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo'lsa keraq degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba'zi hayvonlar, keyinchalik esa o'simlikning ba'zi navlari ham muayyan urug' a'zolarining ajdodi totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug' a'zolari totemning «yordamiga» ko'z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o'z homiylari deb hisoblaganlar, sehr yo'li bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e'zozlangan, uni otib o'ldirish, iste'mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya'ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o'simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste'mol kilish mumkin bulgan. Urug' a'zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o'tadi va u kelgusida ham urug'ning homiysi bo'lib qoladi degan tasavvur bulgan.
Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning nomlaridan payqash mumkin. Ular urug'larni konkret hayvonlar (kenguru, oq ho'kiz, qora ho'kiz kabi ayrim o'simliklar) nomi bilan ataganlar.
Totemizining elementlarini hozirgi dinlarda ham ko'rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilon kabilar muqaddas hayvonlar hisoblangan. O'zbeklarda qaldirg'och, musicha, laylaq ko'k qarg'ani muqaddas qushlar deb e'zozlash ham totemizmning ko'rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o'zbeklarda muchalga qarab vaqt xisobini chiqarish totem e'tiqodi bilan bog'liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini ya'ni tug'ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo'lgan.
Muchal mo'g'ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng talqalgan yil hisobi bo'lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo'lbars (palang), quyon (xargusht), baliq (naxang), ilon (mor), ot (asp), qo'y (go'sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg'), to'ng'iz (xo'k) shular jumlasiga kiritilgan.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin