Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə7/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
dinshunoslik 14

A N I M I Z M - (lotincha animus jon, ruh demakdir). qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.
Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning shakllanishida ma'lum rol o'ynab kelgan. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai bo'lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, Shimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o'rganish, jon va ruhlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo'lishi munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning o'lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo'lgan. Chunki qadimgi odamlar o'z tanalarining to'zilishi to'g'risida to'liq bir tushunchaga ega bo'lmay, hattoki uyqu va tush ko'rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. Shundan sung ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo'lib, odam o'lgandan so'ng u kuch, ya'ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bulgan. Shuning uchun ular o'zlari bilan bir qatorda hayvon, o'simliq hatto mehnat qurollari, keyinchaliq suv, o'rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizi deb ataydilar.
Jon va ruhlarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bo'lib, xudo eng oliy ruh xisoblanadi. Farishta, shayton kabilar haqidagi tasavvurlar o'z mohiyatiga ko'ra murakkablashtirilgan animizmdir. Odam o'lgandan so'ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demaq odam o'lganda jon chiqib ketib, yashay berar ekan, uning o'zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo'lgan. Abadiy ruh to'g'risidagi tasavvur ana shu yo'sinda shakllangan. Ruhlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan.
O'zbeklarda arvohlar hahidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq ёqish, qabrstonlarga borib Qur'on suralaridan o'qish animizmga bo'lgan e'tiqodning shaklidir.
F YE T I SH I Z M - (fetish fransuz tilidagi «fetiko» - yasalgan tumor, but, sanam degan so'zlardan olingan) moddiy buyumlarda g'ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig'inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar tog', qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g'ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bulgan. O'zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o'zlari sig'ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo'lgan fetishizm barcha halqlarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog'liqdir.
Fetishizm politeistik (kup xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha saqlanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig'inish, islomda esa turli o'simlik turlarini sedana, ko'ztikan, qalampirmunchoq, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan yong'oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta'siri yoki yordami bo'lishi mumkin degan tasavvur paydo bo'lgan. Bunday xususiyatni tog'-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g'ayritabiiy fikrlar shakllangan.
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba'zi soddadil, mutaassiblarning turli tumor, ko'zmunchoq va hokazolarni taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo''jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e'tiqoddagi eng xarakterli ko'rinishi va qoldig'idir.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin