Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 4,2 Mb.
səhifə27/42
tarix09.09.2023
ölçüsü4,2 Mb.
#142146
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
dinshunoslik 14

Sufizm islomdagi yirik oqimlardan biridir . uni sufiylik yoki tasavvuf ham deyiladi. Bu islomdagi diniy-mistik falsafiy oqim bo'lib, ta'limotning asosiy ma'nosi islom va xudoga munosabatdir. Zohidlik va mistik asosga qurilgan bu oqim ruhiy kamolotga erishishning asosiy yullari 4 bosqichdan iborat deb hisoblangan. Bular shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqatdan iborat bo'lib, har bir bosqichning murakkab talablari musulmonlar umrini tamoman qamrab olgan
Sufiylik iqimi tariqatlari o'rta asrlarda har xil joylarda turli ko'rinishda bo'lgan. Masalan, O'rta Osiyoda naqshbandiyliq yassaviyliq kubroviyliq Kavkazda - muridizm, Tataristonda voisovchilar va boshqa tarlari tarqalgan.
Zaydiylar. Feodal nizolar zaminida VIII asr o'rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh ajralib chiqib, mustaqil zaydiylar sektasini tashkil etgan. Bu sekta Alining evarasi, Husaynning nabirasi 740 yili Kufada ummaviylar sulolasidan bo'lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qo'zg'oloniga boshchilik qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qo'shinlari bilan bo'lgan jangda o'z tarafdorlari bilan birga halok bo'lgan.
Zaydiylar 864 yili Eronning shimolida o'z davlatlarini to'zishgan. 901 yili esa ular Yamanda davlat xokimiyatini qo'lga olishgan. Bu davlat 300 yilgacha yashagan. Zaydiylar diniy ta'limotning shakllanishiga ishonishni, Qur'on «azaldan» mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e'tiqodni amaliy harakat bilan mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular ko'pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq o'z turmush tarziga ko'ra sunniylarga ham yaqin turgan.
Ismoiliylar. Bu sekta tarafdorlari shialar orasida eng ko'pchilikni tashkil etgan. Sekta VIII asrning 2- yarmida Bog'dod xalifaligida paydo bo'lgan va imom Ja'farning o'g'li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar diniy ta'limotida go'yo butun olamni yaratgan «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh» ga e'tiqod etish asosiy o'rinni egallagan. Ularning ta'limotida neoplatonchilar falsafasi va buddaviylikning katta ta'siri sezilardi. Ismoiliylar turli davrlarda xalqlarga turli payg'ambarlarning yuborilishi «dunyoviy aql» ning yerda namoyon bo'lishidir deb hisoblashardi. Ular yettita payg'ambarni Odam Ato, Nuh Ibrohim, Ismoil, Muso, Iso va Muhammad (s.a.v.)ni tan olishadi. Ularning fikricha, imomlar payg'ambarlarning vorislari hisoblanadi.
XI asrdan boshlab ismoiliylar sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi natijasida turli qismlarga bo'linib ketgan. Hozirgi paytda ismoiliylar O'rta Sharq mamlakatlarida, Hindiston, Uganda Keniya, Tanzaniya, Tojikistonning tog'li Badaxshon viloyatida mavjud.
Druzlar. O'z ta'limotiga ko'ra, bu sekta ismoiliylardan kelib chiqqan. Druzlar vahdoniyatga Allohning yagonaligiga e'tiqod etadilar va 998-1021 yillarda xukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi Hakimni xaloskor sifatida yerga ikkinchi marta keladi deb hisoblaydilar. Ular o'zlarining «muqaddas» yozuvlariga ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu sababli masjidi ham yo'q. Barcha sektalar kabi, druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin