72
buddaviylarning Maytreyasi (buddaviylarning Yerda paydo bo‘lishi kutiladigan
ilohi) deb e’lon qilgan.
1876 yilda G‘ulom Ahmad Allohning huzuriga chiqqani va vahiy ola
boshlaganini da’vo qilib chiqadi. 1880 yilda u o‘z ta’limoti
asoslariga
bag‘ishlangan «Barohin Ahmadiya» (Ahmad dalillari) nomli kitobining ilk ikki
jildini nashrdan chiqarishga erishadi. Unda u islomni boshqa dinlardan himoya
qilgan. Shu tufayli musulmonlar kitobdagi «ilohiy ilhomlar», karomatlar, o‘z-
o‘zini maqtashlarga, dastlab, uncha e’tibor bermaganlar. Uchinchi va to‘rtinchi
jildlarda esa G‘ulom Ahmad o‘ziga vahiy tushayotgani va payg‘ambar ekanini
da’vo qilgan. Shuningdek, ingliz hukumatini maqtab, hozirgi paytga kelib «jihod»
tushunchasining o‘rinsiz, hukmsiz holga kelib qolganini aytgan. Boshlanishda 50
jild bo‘lishi rejalashtirilgan «Barohin Ahmadiya»ning 5 jildigina nashr qilingan.
G‘ulom Ahmad qarashlari evolyutsiyasining tahlili
uning asl mohiyatini
chuqurroq anglashga yordam beradi. Dastlabki bosqichda u o‘zini sof islom
ta’limoti himoyachisi sifatida namoyon qilib, turli dinlarga o‘z raddiyalarini
berishga urinadi. U o‘zini «xokisor» bir musulmon sifatida ko‘rsatib, o‘zini «o‘z
da’vati va shaxsiy xususiyatlarida Masihga o‘xshagan kishi» deya tarafdorlarini
to‘playdi. Ikkinchi bosqichda esa dinni yangilash g‘oyasini, ya’ni 1885 yili u o‘zini
yashab turgan davr (hijriy XIV asr) «mujaddidi» ekanini, 1888 yilga kelib esa
insonlardan «bay’at» olib, alohida «jamoat» tashkil qilish haqida buyruq olganini
e’lon qiladi. G‘ulom Ahmad faoliyatining uchinchi bosqichida o‘zini «Imom
Mahdiy», deb atab, islom asoslarini buzishga kirishgan. Xususan, 1891 yilda u Iso
ibn Maryamning tabiiy yo‘l bilan o‘lganini aytib va shundan kelib chiqib o‘zini
musulmonlar kutayotgan «Masih» va «Mahdiy» deb da’vo qilgan.
Sunniylik
aqidasiga ko‘ra, Mahdiyning qachon va qayerda paydo bo‘lishini Alloh taolo
biladi. Bu borada kelgan hadislar tahlili esa, Mahdiyning imom Hasan avlodidan
bo‘lishi, unga qarshi Shomdan askar yuborilishi, payg‘ambar sunnatiga amal
qilishi, Yer yuzida adolat va insofni qaror toptirishi haqida ma’lumot beradi.
1900 yilga kelib, u payg‘ambarlik da’vosini ilgari surdi, «ilhom» xutbasini
o‘qidi. Qizig‘i
shundaki, G‘ulom Ahmad o‘zini oddiy payg‘ambar emas, balki
«payg‘ambarlarning sarasi», deyishgacha borib yetdi. Uning «Amadiy dalillari»
kitobining beshinchi juz’ida keltirilgan «Alloh barcha nabiy va rasullarni bir kishi
qiyofasida mujassamlashtirishni istadi va o‘sha menman», - degan so‘zlari bunga
dalil bo‘la oladi. Bundan tashqari u Yaratgan tomonidan vahiy yuborilishi hech
qachon to‘xtamasligini e’lon qilish bilan necha asrlardan beri musulmonlar e’tiqod
qilib keladigan aqidaga mutlaqo yot fikrni ilgari surdi. Islom ta’limotiga ko‘ra,
73
Muhammad (s.a.v.)dan so‘ng o‘zini payg‘ambar, deb e’lon qilgan kishi yo kazzob
yoki dajjol yoki majnun hisoblanadi.
Ahmadiylarga ko‘ra, barcha dinlar qandaydir xaloskorni kutadilar, uning
kelishiga umid bilan yashaydilar.
Agar kutilayotgan qutqaruvchi, bir odamda
mujassam bo‘lsa, dinlararo kelishmovchilik bartaraf etilib, birdamlik,
hamjihatlikka erishilgan bo‘lardi.
1904 yilda G‘ulom Ahmad o‘zini Krishnaning odam qiyofasidagi ko‘rinishi
ekanini e’lon qildi. Yaratgan unga go‘yoki «Sen menga o‘g‘il kabisan», deb vahiy
yuborgani haqidagi iddaosi uning sog‘lom fikrdan ancha uzoqlashib ketganini
ko‘rsatadi.
Ahmadiylarning islom asoslaridan uzoqlashib ketganini ko‘rsatuvchi yana
bir holat ularning Makka, Madina qatorida Qodiyonni
ham muqaddas shahar
ekaniga e’tiqod qilishlaridir. Ular Qodiyondagi masjid oldida minora qurdirib, uni
«xaloskor minorasi», ushbu qishloqdagi qabristonni esa «Jannat bog‘lari» deb atab,
bu yerga ko‘milganlar jannatga kiradi, deb hisoblaydilar.
G‘ulom Ahmad 1905 yilda o‘zining o‘limi haqida vahiy kelganini aytgan
bo‘lsada, 1908 yil 26 mayda Lahorda vafot etgan. Qabri Qodiyonga olib ketilgan
va tarafdorlari uchun ziyoratgohga aylangan.
Mirzo G‘ulom Ahmadning o‘limidan keyin shogirdlari uning fikrlarini
yig‘ishda davom etdilar va natijada «Sinkretik Qodiyoniya-Ahmadiya harakati»
yuzaga kelgan. Keyinchalik oqim «Qodiyon ahmadiylari» («Qodiyoniylar») va
«Lahor ahmadiylari» («Lahoriylar») nomli ikki jamoaga bo‘linib ketdi.
«Qodiyoniylar» G‘ulom Ahmadga nisbatan «Masih mav’ud» («Va’da qilingan
Masih») va «Mahdiy», «Lahoriylar» esa «Nabiy zilliy» («Payg‘ambar soyasi») va
«Nabiy g‘ayri tashri’iy» («Shariat joriy qilmagan payg‘ambar»), «mujaddid»
(«dinni yangilovchi») nomlarini ishlatishda farqlanadilar.
Ahmadiylar muayyan mamlakatga kirib borar ekan, ko‘p
hollarda savodi
past musulmonlar yoki ilgari biror dinda bo‘lmagan kishilarni nishonga olishga,
o‘zlarining talqinidagi nashr va kitoblarni chop etishga e’tibor qaratadilar. Jamoa
tarkibiga faqat 10 sharti belgilangan rasmiy qasamyod vositasida a’zo bo‘lib kirish
mumkin. Ular o‘z talqinida Qur’on nusxalarini turli tillarda (80 ga yaqin tilda,
xususan o‘zbek tilida) nashr qilish va tarqatish bilan faol shug‘ullanadilar.
Ma’lumotlar ahmadiylar O‘zbekistonga kirib kelishga qiziqayotganligini
ko‘rsatadi. Xususan, ba’zi qo‘shni mamlakatlarda ahmadiylar g‘oyalarini targ‘ib
qiluvchi «Tanlangan yozuvlar», «Tanlangan hadislar», «Tanlangan oyatlar» kabi
74
kitoblarning chop etilgani, Qur’oni karimning ular talqinidagi o‘zbekcha
tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tgani yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Ahmadiylik musulmonlarni ichidan bo‘lib tashlash,
islomiy qadriyatlarni
buzib talqin etish, islom diniga yangi tushunchalarni kiritish orqali odamlarni
to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga qaratilgan, shaklan islomiy, mohiyatiga ko‘ra unga
mutlaqo zid bo‘lgan oqimlar sirasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: