4
SO’
Z BOSHI
Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi
insoniyatning madaniy, ma’rifiy,
fikriy tarixini o’z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Oliy ta’lim tizimining
bakalavr bosqichidagi «Dinshunoslik» fanlari doirasida
quyi bosqichda berilgan
ma’lumotlar asosida dinlarning rivojlanish tendensiyalari, bugungi kundagi holati
hamda din niqobidagi turli buzg’unchi g’oyalarning kelib chiqish sabablari, oldini
olish yo’llari haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Ushbu
konseptsiyadan kelib chiqqan holda ushu o’quv qo’llanmada
asosan tahliliy
ma’lumotlar keltirildi.
Mamlakatimizdagi ko’p konfessiyalilik sharoitida turli millat,
elat va din
vakillari orasidagi totuvlikni ta’minlash, jahonda tinchlik va barqarorlikni
mustahkamlash ishiga munosib hissa qo’shish
har bir fuqaroning muqaddas
burchidir. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ta’kidlanganidek,
«Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o’rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini
mustahkamlashni biz bundan buyon eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz»
1
.
Dunyo miqyosida millatlararo va konfessiyalararo hamkorlik, hamjihatlikni
mustahkamlash ko’p jihatdan jamiyat hayotiga bag’rikenglik
tamoyillarining
samaraliy joriy etilishiga bog’liq. Jahondagi murakkab va ziddiyatli kechayotgan
jarayonlar turli din vakillari o’rtasida o’zaro hurmat,
hamkorlik va hamjihatlik
ruhidagi aloqalarni mustahkamlash tarixiy zaruriyat ekanini ko’rsatmoqda.
Oliy ta’limning bakalavr bosqichi talabalari dinning mohiyati, uning falsafiy
talqinlari, unga berilgan turli ta’riflar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishlari
lozim. Shuning uchun ham ushbu qo’llanmada dinni o’rganishdagi yondoshuvlar,
dinshunoslik maktablari,
asosiy namoyondalari, yirik dinlarning e’tiqodiy
yo’nalishlari, bugungi kundagi holati haqida etarlicha ma’lumot berilgan.
O’zbekistonda davlat va din masalalarini bilish jamiyatimizning har bir
ilg’or fuqarosining burchidir. Davlat va din o’zaro munosabatlarini tartibga solish
bo’yicha respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar hatto butun
jahon miqyosida ham e’tiborga loyiq. Mazkur qo’llanmada yaqin yillar davomida
dinshunoslik sohasida to’plangan tajribalar natijasi sifatida
vujudga kelgan risola
va qo’llanmalar hamda chet tillarida yozilgan tadqiqotlardan samaraliy
foydalanilgan.
Davlat va din munosabatlariga oid taqdim etilgan ma’lumotlar
kelgusida
mamlakatimiz rivojiga o’z hissasini qo’shish niyatida bo’lgan Toshkent temir yo’l
muhandislari instituti talabalarining amaliy faoliyatida dasturul amal bo’lib xizmat
qiladi, deb umid qilib qolamiz.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
2018 yil 22 dekabr,
//
www.uza.uz