Dinshunoslik


Xristianlik ta’limotining tarqalishi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

4. Xristianlik ta’limotining tarqalishi. Xristianlik ta’limoti tarqalishida 
xristian jamoalarining Sharq va Janubga harakatlari davrida amalga oshirgan 
keng missionerlik faoliyati katta rol o‘ynadi. Boshqa tarafdan, xristianlikning 
Markaziy Osiyoga kirib kelishiga Rim imperiyasida xristianlarning beayov tazyiq 
ostiga olinishi ham sabab bo‘ldi. III asrga tegishli bir Suriya manbai O‘rta Osiyo 
ikki daryo oralig‘ini o‘z ichiga olgan Kushon davlatidagi xristianlar haqida 
ma’lumot beradi. Ular Eron, O‘rta Osiyo aholisini xristianlik bilan tanishtirdilar, 
Mo‘g‘uliston cho‘llari va hatto Xitoygacha yetib bordilar. 
Markaziy Osiyoning janubiy chegaralariga yaqin yerlarda joylashgan 
jamoalar bu yerda xristianlikning paydo bo‘lishida asosiy rol o‘ynagan. Ular 
Vizantiya, Suriya, Falastin va Erondan ushbu mintaqaga ko‘chib kelib, bu yerda 
o‘zlari bilan olib kelgan o‘z madaniyati, san’ati va diniy ta’limotini tarqatganlar.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo hududiga xristianlikning kirib kelishi 
ikki yo‘l bilan, ya’ni milodning III asrlaridan to bugungi kunga qadar xristianlikni 
targ‘ib etuvchi missionerlarning targ‘ibotchilik harakati hamda mintaqaning 
Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi 
aholining ushbu mintaqaga ko‘plab ko‘chib kelishi orqali amalga oshgan. 
Zamonaviy O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarida apostol Andrey 
Pervozvanniyning diniy faoliyati ilk xristianlik tarixi manbalarida qayd etilgani 
diqqatga sazovor. Buning dalili sifatida bugunga qadar saqlanib qolgan hind 
xristianlarining «Foma qaydnomalari» va milodiy II asrda tashkil topgan Markaziy 
Osiyo cherkovi taraqqiyoti haqidagi tarixiy yozma manbalar xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo hududida arxeologik qazilmalar natijasida V - XIV asrlarga 
mansub deb topilgan ko‘plab xristianlik yodgorliklari, jumladan ibodatxona va 
monastirlarning xarobalari, freskali ikona yozuvlari, matolarga bitilgan ikonalar, 
Injil qissalari tasvirlangan keramikalar, bo‘yinga osiladigan xoch va medallar 
hamda xristianlik timsoli tushirilgan davlat tangalari, minglab xoch tushirilgan 
qabr toshlar yoki qabr ustiga qo‘yilgan xochlar ahamiyatga molik.
Marv xristianlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar eng qadimgi hisoblanadi. 
Beruniy aytishicha, Marvda Iso Masih tug‘ilganidan 200 yil o‘tgach, ushbu din 
rohib Baraxiy tomonidan olib kirilgan. Arxeologik ma’lumotlar esa Marv shahri 


35 
atrofida xristian ehromining III - IV asrlarda faoliyat ko‘rsatgani haqida ma’lumot 
beradi. 
Missionerlar faoliyati natijasida 280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib 
bo‘lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), 
Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, missiyalar 
tuzilgan. Xususan, Marvda II asrdan boshlab shaharning g‘arbiy devorlari ortida 
cherkov binolari paydo bo‘lgan. Shahar atrofida xristian qabristoni joylashgan. 
Bu esa xristianlarning soni ko‘pligidan dalolat beradi. Xurosonning shimoliy 
hududlarida xristianlikning muvaffaqiyatli targ‘iboti Marvda taxminan 420 yilda 
mitropoliya ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerda monastirlik jamoasi paydo 
bo‘ladi. Cherkov buyumlarini tayyorlaydigan ustaxonalar ham vujudga keladi.
Turkmanistondan to Qirg‘iziston hududigacha olib borilgan arxeologik 
tadqiqotlarga ko‘ra, yuqoridagi davrlarda cherkovlar, ibodatxonalar ko‘payib 
borgan. Ilk o‘rta asrlarda (IV-VIII asr) Sug‘d, Ustrushona, Shosh, Xorazmda 
nestorian xochlari suratlari, Sug‘d yozuvi va muqaddas hayvonlar tasviri 
tushirilgan tangalar zarb etilgan. 
431 yilda Vizantiyadagi xristianlarning Efes soborida mojaro yuz berdi - 
Nestorian oqimining xristianlari, hukmron din aqidalariga xilof ish qilgan deb 
e’lon qilindi. Nestorianlar -Konstantinopol patriarxi Nestorning izdoshlari bo‘lib 
(V asr boshlarida), ular Iso Masihning ilohiy kelib chiqishi haqida gapirib, uning 
onasi Mariya Xudoni emas, balki insonni dunyoga keltirib, uning tanasiga Xudo 
kirib olgan va shuning uchun la’natlangan deb hisoblaydilar. 
Arab istilosi davrida islom Eron va O‘rta Osiyo madaniyati bilan 
uyg‘unlashib ketdi. Nasroniylar xalifat davlatlarida malakali tabiblar bo‘lib, 
yuqori lavozimlarda ishlashgan. Ular orasida faylasuf, diplomatlar ham bo‘lgan. 
Beruniy marvlik nasroniy tabib Ibn Masadan ko‘p ta’limotlarni o‘rgangan. 
Ibn Masa dorivor o‘simliklar va qo‘ziqorinlar o‘sadigan joylarni va ularning 
xosiyatlarini tasvirlab asarlar yozgan. 
Somoniylar davrida (IX-X asr) islom davlat dini bo‘lgani uchun 
mafkurada asosiy o‘rinni egalladi. Tarixchi Narshaxiy Buxoroda xristian cherkovi 
o‘rnida musulmon masjidi qad rostlagani haqida ma’lumot beradi. 
1009 yilda nestorian ruhoniylari Markaziy Osiyo xalqlari orasida mo‘g‘ul 
tilida so‘zlashuvchi eng yirik va eng madaniy keraitlarni cho‘qintirganlar. 
Manbalarga ko‘ra, go‘yo cho‘lda adashib qolgan Kerait xoni qarshisida avliyo 
Sergiy paydo bo‘lib, unga yo‘l ko‘rsatgan ekan. Xon o‘z xalqi bilan birga 
cho‘qinib, Marguz (Mark) nomini olgan. Taxminan shu paytda ongut xalqi - 
jangari turklarning avlodlari (hunnlarning so‘nggi qoldiqlari) xristianlikni qabul 
qilishadi. Shu davrda X-XI asrlarda Movarounnahrni zabt etib qoraxoniylar 
imperiyasini tuzgan qabilalar tarkibiga kiruvchi g‘uzlar va qisman chigillar ham 
cho‘qintirilgan. Nestorianlik XII asr boshiga kelib ham rivojlandi. 


36 
XI-XII asrlarda Samarqandda nestorianlar mitropoliyasi o‘z faoliyatini 
davom ettirgan. O‘rta Osiyo mo‘g‘ullar tomonidan zabt etilgach, yana 
nestorianlikning kuchayishi kuzatildi. Marko Polo ham XIII asrning ikkinchi 
choragida Samarqandda qurilgan Avliyo Ioann Krestitel cherkovini tilga olib 
o‘tgan. 
Markaziy Osiyoga ilk rus pravoslavlarning kirib kelishi XIX asrning 40-
yillaridagi Chor Rossiyasining Turkistonning shimoliy hududlarini egallashi 
natijasida Turkistonga ruslarning ko‘chib kelishi bilan bog‘liq. Har bir polkda 
maxsus ruhoniylar bo‘lib, askarlarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
ko‘chma ibodatxonalar tashkil etilgan edi. 40-yillar oxiriga kelib doimiy 
ibodatxonalar mahalliy paxsa uslubida qurila boshlaydi va 1850 yili Kopalda 
birinchi muqim ibodatxona bunyod qilinadi. 
Ruslar joylashgan hududlarda kichik diniy qarorgohlar vujudga keladi. 
Dastlabki qarorgohlar 1850-yillarda Fort №1 (Aralsk shahri, Qoraqalpog‘iston), 
Perovsk (Qizil-O‘rda, Qozog‘iston), Katta Olma-Ota tumani (Olma-Ota, 
Qozog‘iston), Sergiopol (Ayaguz), Lepsin (Lepsinsk), 1860-yillarda Toshkent, 
Jizzax, Samarqand, Chimkent, Avliyoota (Jambul), To‘qmok, Kattaqo‘rg‘onda rus 
pravoslavlarining diniy qarorgohlari mavjud edi. 1871 yilda Toshkent gospitali 
huzurida arxiyepiskop Yermogen (Golubev) tomonidan pravoslav qarorgohi ta’sis 
etilgan. Bu ibodatxona xozirgi Uspenskiy kafedral sobori o‘rnida bo‘lgan. Dastlab 
Turkiston Orenburg general-gubernatorligining tarkibida bo‘lganligi bois Tomsk 
yeparxiyasiga bo‘ysingan. Ko‘p o‘tmay mustaqil arxiyerey kafedraga aylanadi. 
1869 yil Turkiston mustaqil yeparxiyasini tashkil qilish to‘g‘risida qaror 
qabul qilingan. 1871 yil Toshkent va Turkiston yeparxiyasini tashkil etish 
to‘g‘risida imperator farmoni chiqadi. Biroq mahalliy imperator amaldorlari 
Toshkentdagi kafedra faoliyati asl siyosiy maqsaddan chalg‘itadi deb qarshilik 
ko‘rsatgan. Xristianlar bu davrda Toshkent arxiyereyasi kafedraning Toshkentda 
bo‘lishi uchun kurashganlar. Nihoyat 1916 yil oxirida arxiyepiskop Innokentiy 
harakatlari tufayli bu masala butunlay ijobiy yakun topgan. 
Markaziy Osiyoga katolik va protestant yo‘nalishi vakillarining kirib 
kelishiga 1879 yil 27 martdagi Rossiya imperatorining maxsus qonuniga ko‘ra 
birinchi jahon urushida asirga olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va 
boshqa yevropalik askarlarning Turkiston o‘lkasiga surgun qilinishi turtki bo‘ldi. 
Bu o‘z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda 
cherkovlar paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Sho‘rolar hukumati davrida O‘rta Osiyo respublikalarida xristian diniy 
tashkilotlari boshqa diniy konfessiyalar kabi davlat bilan o‘zaro munosabatlarida 
murakkab davrlarni, ateistik tuzumning ayovsiz ta’qibi va qatag‘on siyosatini 
boshidan kechirdi. 


37 
Mustaqillik yillari O‘zbekistonda diniy erkinliklar qonun bilan kafolatlandi. 
2014 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, respublikada xristian yo‘nalishiga mansub 158 ta 
diniy tashkilot rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin