77
- B.Aliyev o‘zini avval qiyomatdan oldin keladigan Mahdiy, keyinchalik esa
payg‘ambar, turmush o‘rtog‘i Mohira Aliyevani «musulmonlar onasi»,
farzandlarini «musulmonlar amiri», yaqin izdoshlarini «sahobiylar» deb e’lon
qilgan;
- jamoada shahodat kalimasida B.Aliyevni payg‘ambar
deb tan olish joriy
qilingan;
- B.Aliyev go‘yoki uni ziyorat etgan shaxs ham amalini bajargan odamning
savobini olishini, o‘ziga ergashganlarga qiyomatda savol-javob yo‘qligi, ular
qanday holatda vafot etishidan qat’iy nazar,
shahidlik maqomi berilishi, hatto
barcha erkak maslakdoshlariga payg‘ambarlik darajasi berilishi haqida targ‘ib
qiladi;
- namoz besh emas, go‘yoki uch mahal farz qilingan;
- o‘g‘il farzandlarni islom talablariga muvofiq xatna qildirish bekor qilingan.
Jamoada tartib diniy
sekta shaklida tashkil etilib, jamiyat bilan ijtimoiy
aloqalari buzilgan. Jamoa a’zolari rahbarning barcha ko‘rsatmalarini so‘zsiz
bajaradilar va unga tegishli buyumlarni «tabarruk» sanaydilar. Ba’zi adeptlar
turmush o‘rtoqlarini M.Aliyevaga «muxlisa» etishi oqibatida jamoada o‘ziga xos
«ayollar qanoti» vujudga kelgan.
B.Aliyev 1990-yillarning oxirida aholi ichida
diniy va milliy asosda nizo
keltirib chiqarishga qaratilgan jinoiy xatti-harakatlar sodir etgani uchun jazoga
tortilgan. 2006 yilda ozodlikka chiqqach, Rossiya Federatsiyasiga doimiy yashash
uchun ko‘chib ketgan. Aynan mana shu davrda B.Aliyev izdoshlari ichida uni
ziyorat qilganlarga go‘yo hoji maqomi berilishi haqidagi g‘oyalarni tarqatgan.
Rossiyaga borgan «Baxshillochilar» B.Aliyevga
katta miqdorda pul berishlari,
ishga yollanib, daromadlarining asosiy qismini jamoa yetakchisiga topshirishlari
kuzatilgan. 2008-2010 yillar davomida jamoa a’zolari shu tariqa «hijrat»ga chiqib,
o‘z yetakchilariga «baytulmol» sifatida pul to‘plab berganlar.
«Baxshillochilar» asosan Buxoro va Kogon shaharlarida istiqomat qiladilar.
Ta’kidlash joizki, norasmiy diniy jamoalarning faoliyatida ishtirok etish, jamoa
g‘oyalari asosida diniy ta’lim olish yoki o‘rgatish O‘zbekiston
Respublikasi
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 5 va 9-moddalarini
buzish hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida
belgilangan qonuniy jazo qo‘llanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: