Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

 


81 
GLOSSARIY 
AVESTO – (qad. eron-pahlaviy. «o‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-
qoidalar») zardushtiylikning muqaddas kitobi. 
ALTAR – (lot. «baland») xristian cherkovida ibodatxonaning mehrob va minbar 
o‘rnatilgan eng baland qismi. 
ANSORLAR – (arab. «yordam beruvchilar») ilk islom tarixida Makkadan hijrat 
qilgan Payg‘ambar va muhojirlarga yordam bergan madinalik musulmonlar. 
APOKALIPSIS (Vahiynoma) – “Yangi Ahd”ning tarkibiy qismi bo‘lib, uni 
“Injil” mualliflaridan biri Ioann ilohiy ilhom orqali yozgan, deb e’tiqod qilinadi. 
Ushbu kitobda qiyomat va Isoning ikkinchi qaytishi bilan bog‘liq hodisalar bayon 
qilingan. 
APOSTOL (yunoncha — “elchi”) – xristian ta’limotiga binoan Isoning eng yaqin 
yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Andrey, 
Ioann, Iakov Zevedeyev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Alfeyev, 
Faddey, Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan 
so‘ng uning o‘rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriylar mavjud 
bo‘lgani xristian adabiyotlarida qayd etiladi. 
ATARXURRA (Ozarxurra) – zardushtiylikning muqaddas olovi. 
BIBLIYA (yunoncha, «kitoblar») – yahudiylik va xristianlik dinlaridagi asosiy 
muqaddas manbaning nomlanishi. Yahudiylar «Bibliya»si «Kitve kadesh» va 
«Tanax» ham deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan «Bibliya» 
«Qadimgi Ahd» va «Yangi Ahd»dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan 
iborat. 
BIBLIYA JAMIYATI – «Bibliya»ning alohida qismlarini yoki to‘laligicha dunyo 
tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan jamiyatlar nomi. Bunday jamiyatlar 
biror bir diniy konfessiyaga qarashli bo‘lmay, buyurtma asosida ishlaydi. Ilk 
«Bibliya» jamiyati 1804 yilda Britaniyada tuzilgan. Hozirda dunyo bo‘yicha 140 
dan ortiq shunday jamiyatlar mavjud. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin