Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

Tayanch tushunchalar: Shomonlik, Tangri, Erlik, Umay, Jumay, Olqish, 
Axuramazda, Axriman, Zardusht, Avesto, Fravashi, Yasna, Yasht, Videvdat, 
Visperad, stupa, buxoro yahudiylari, kosher qoidalari, xristianlar, nestorianlar.
Mavzu o‘quv maqsadi: Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari, 
shomonlik, Tangrichilik, Zardushtiylik va Moniylik dinlarining kelib chiqishi, 
asoschisi, Markaziy Osiyoda buddaviylik tarixi, xristianlik ta’limotining tarqalishi, 
dinlarning muqaddas manbalari, ularning paydo bo‘lishidagi tarixiy jarayonlar 
haqida talabalarda keng tasavvur hosil qilish. 
1. Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik, 
tangrichilik, zardushtiylik, moniylik. Markaziy Osiyo o‘zining geografik va 
geosiyosiy joylashuvi tufayli turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuv 
nuqtasiga aylandi. Osiyo qit’asining Kaspiy dengizi va Orol-Irtish suv 
havzalaridan to hozirgi Pokiston va Hindistongacha bo‘lgan katta qismini 
egallagan mintaqa - Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga 
borib taqaladi. Ushbu xalqlar haqidagi yozma ma’lumotlar yunon manbalari va 
miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid qadimgi eron va xitoy yozuvlarida uchraydi.


16 
Mintaqa Yevroosiyo markazida joylashgan bo‘lib, Sharq bilan G‘arbni 
bog‘lovchi bo‘g‘inga, turli xalq va elatlarning, shuningdek, diniy tizim va 
e’tiqodlarning doimiy aloqa maydoniga aylandi. Bunday etnik va diniy turfaxillik 
natijasida shunday vaziyat yuzaga keldiki, u ko‘plab dinlarning (zardushtiylik, 
buddaviylik, yahudiylik, xristianlik) yo‘qolib ketishiga qaramay, hozirgi paytda 
mintaqada yashovchi xalqlarning urf-odatlarida saqlanib qoldi.
Shomonlik. Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlaridan biri 
sifatida shomonlikni qayd etish mumkin. Shomonlik e’tiqod va an’analari inson 
ongida g‘ayritabiiylik to‘g‘risidagi tasavvurlar to‘liq shakllangan vaqtda paydo 
bo‘lgan. Ushbu e’tiqod oddiy insonning dahshatli va tushunarsiz, g‘ayritabiiy va 
sirli holatlarini tushunishi va aql kuchidan ustun turishi bilan bog‘liqdir. 
Shomonlik bu omillar orqali jamoalar hayotining tashqi va ichki ziddiyatlarini 
qamrab oladi. Shomonlikning turli vazifalariga (ruhlarni haydash, falokatlarning 
oldini olish, yomg‘ir chaqirish, afsun qilish va h.k.) kelsak, ular ushbu 
e’tiqodning asosiy mohiyatiga qo‘shimchadir.
Shomonlikdagi asosiy, hal qiluvchi holat shomon tanasiga ruhlarning 
joylashishi to‘g‘risidagi tasavvurdir. Odamlar shomonning o‘ziga xos trans 
holatini ko‘rganlarida uni o‘zi chaqirgan ruhlar egallab oldilar, deb o‘ylaydilar. 
Bunda, shomon ko‘pincha o‘z harakatlarida animistik obraz yoki shu obrazlarni 
eslatuvchi predmetlarni qo‘llaydi. Ruhlarni chaqirish shomonlik harakatlarini 
ta’sirchan jamoaga yo‘naltirib, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishni 
taqozo etadi.
Shomonlik yovuz va yaxshi ruhlarni tan oladi. Bunda ayrim shomon 
jamoalari oddiy kishilar ruhi o‘ladi, shomon ruhi esa abadiy deb hisoblaydilar. 
Ruhlar tomonidan o‘g‘irlanib, shomonlar tomonidan topilib, inson tanasiga 
qaytarilgan jon haqidagi g‘oya faqat shomonlik doirasida tushuntirilishi mumkin. 
Bu ayniqsa, shomonning davolash usullarida, kasal tanasidan yovuz ruhlarni 
haydashida yorqin namoyon bo‘ladi. 
Markaziy Osiyo xalqlarida shomonlik reliktlari turli ko‘rinishlarda 
kuzatiladi. Xalq orasida turli ko‘rinishdagi bemorlarni davolash «duoxonlik» 
bilan boshlanib, kasalni tol navdalari bilan «urish» orqali amalga oshiriladi. 
Bunda tol novdalari qirqta bo‘lishi kerak. Shu kabi marosimning yana bir turi - 
«kinna», ya’ni bemor tanasidan kasalni haydashning alohida usulidir. 
Shomonlik elementlari sifatida kuyovnavkarlik bilan bog‘liq bo‘lgan odatni 
- kuyovning kelinning uyiga jo‘ralari bilan jo‘raboshi boshchiligida qiyqiriqlar 
bilan bazmga borish marosimini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Jo‘raboshi qo‘lida tol 
navdalarini ushlagan holda navkarlar boshi uzra yelpiydi, bunga javoban 
navkarlar jo‘r bo‘lishib qiyqirishadi. Bularning barchasi kuyovdan yovuz ruhlarni 
haydashga qaratilgan. Shu bilan birga, o‘zbek, tojik va boshqa xalqlarda biror 
kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, u yaqinlari, tanishlari yoki tabiblar maslahatiga 
ko‘ra, sog‘ayishning birdan bir yo‘li - bu ruhlar bilan aloqa qilish missiyasini 


17 
bo‘yniga olish ekanligiga ishonadi. Bunday holat xalq orasida «odamli» deyiladi, 
ya’ni uning ketida qandaydir kuchlar bor deb hisoblanadi. Bunday odamlar asta-
sekin insonlarni «davolash» bilan shug‘ullana boshlaydi.
O‘zbeklarda ko‘pincha kasalliklar yovuz ruhlar makr-hiylasi tufayli kelib 
chiqadi deb hisoblanadi. Hali ham o‘zbek xalqi orasida ruhlar hokimiyati odamlar 
taqdirini, tabiat ko‘rinishlarini aytib berishiga ishonuvchi kishilar mavjud. 
Childirma sadosi va marosim aytimlari ba’zi kishilarni kasalliklardan forig‘ 
bo‘lishiga ishonishga olib kelmoqda. Folbin-baxshilarga asosan ayollar yaqinlari 
kasal bo‘lib yotib qolganda, oilaviy hayotlarida o‘zaro kelishmovchiliklar yuz 
berganda, biror buyumi yoki jonivorlari yo‘qolganda, farzandsizlik holatida
umuman, oila turmush tarzida og‘ir vaziyatlarda murojaat qiladilar. 
Shomonlik, folbin-baxshichilik (yoki azayimxonlik) amallari juda xilma-xil 
va keng qamrovlidir. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda shu 
toifadagi kishilar benihoyat ulkan g‘ayritabiiy qobiliyat sohiblari bo‘lmog‘i lozim 
deb hisoblashgan. Ular homiy ruhlar yordamida asosan quyidagi to‘rtta muhim 
vazifani bajarganlar. Birinchidan, kasallik sababi va uni davolash yo‘llarini bilish. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin