39
Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat
qilayotganlar
orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo
bo‘lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur. Sekta bu
– faqat o‘zini haq din,
insonlarni najotga yetkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va
iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur
sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar.
Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy
aqidalarga zid ravishda
ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan
holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi
kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug‘ullanadi. Hozirgi
kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra,
mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Богородичий центр»,
«Церковь объединения», «Церковь Иисуса», «Церковь Нового Завета»,
«Белое братство», «Божественный орден Первого Ангела», «Фархат ата»,
«Дианетика» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat
qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni
respublikalarda keng
tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning
Rossiyada 100 ming, yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor.
Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning
yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor
bo‘lganlar ichida tashviqot olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga
harakat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: