Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Konfutsiylik
. Konfutsiylikda ilk vujudga kelgan davridan 
boshlab axloq masalasi birinchi o‘ringa qo‘yilib, diniy e’tiqod 
ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, ya’ni aqidalarga 
konfutsiylik ancha sovuqqon munosabatda bo‘lib, ba’zi o‘rin­
larda ularni inkor ham qiladi. Konfutsiy o‘z vaqtida Qadimgi 


246
Xitoyda keng tarqalgan ruhlarga e’tiqod qilish masalasiga shub­
ha bildirib, g‘ayritabiiy narsalar va ruhlar to‘g‘risida gapirish­
ni yoqtirmagan. Undan Daosist ibodati, sehru­joduni amal­
ga oshirish talab qilinganida: «Mening hayotim, ibodatimdir», 
deya javob bergan. 
Bu din vakillari jannat­do‘zax, qayta tirilish kabi g‘aybiy nar­
salarga ishonmaydilar. Ularning bor e’tiborlari dunyo hayotini is­
loh qilishga qaratilgan. Ruhlarning jasaddan chiqqanidan keyin 
qaerga borishiga qiziqib ham ko‘rmaydilar. Hatto shogirdlari­
dan biri Konfutsiydan: «O‘lim nima?» – deb so‘raganida, u: «Biz 
tiriklik nima ekanligini bilmaymiz­u, o‘lim nima ekanligini qa­
yerdan ham bilar edik», deb javob bergan.
Lekin ular qazo va qadarga ishonadilar, agar gunoh va qabih 
ishlar ko‘payib ketsa, Osmonning bunga nisbatan jazosi zilzila va 
vulqon kabi shakllarda bo‘lishiga e’tiqod qiladilar. Shuningdek, 
ularning e’tiqodida jazo va mukofot, shu dunyoning o‘zidayoq 
bo‘ladi. Bundan tashqari, mazkur din ta’limotlaridan biri dav­
lat rahbarlari Osmon o‘g‘illari bo‘lib, ular adolatdan uzoqlashib 
zulmga yo‘l qo‘ysalar, Osmon ularni bu ishdan chetlatadigan va 
boshqaruvni qo‘lga oladigan odil kimsalarni boshliq qilib qo‘yadi. 
Bu dinning muqaddas matnlarini tashkil qiluvchi ikki diniy­
adabiy kolleksiya (majmua) mavjud. Bular «Besh Klassika» (Wou 
King) va «To‘rt Kitob» (Se Chou) deb nomlanuvchi kitoblardir. 
Biroq, bu kitoblarning barchasi diniy bo‘lmay, ularning ichida 
dinga aloqasi bo‘lmagan kitoblar ham uchraydi. Besh kitob (Wou 
King) quyidagi kitoblardan iborat:
1. «I­Szin» (Yi King ­ o‘zgarishlar kitobi, sehrgarlik va duo­
lar majmuasi);
2. «Shu­Szin» (Shu King – qadimgi tarix, afsonaviy impera­
torlar tarixi, tarixiy ma’lumotlar, vasiqalar).
3. «Shi­Szin» (Shi King – qo‘shiq (shehr) aytish kitobi, qa­
dimgi poeziya to‘plami, 305 ta turli qo‘shiqlar).
4. «Li­Szin» (Li King – marosimlar va urf­odatlar bilan 
bog‘liq xotiralar kitobi (Odob­axloq).


247
5. «Chun­Syu» (Kun Kiyu ­ bahor va kuz bilan aloqali kun­
ma­kun yozilgan, m.a. 722–481­yillar orasidagi tarixiy vo­
qea­hodisalarni o‘z ichiga oluvchi kitob).
To‘rt kitob (Se Chou) – XI asrda Sung (Sung) sulolasi davrida 
bir joyga jamlangan. Bu majmua, boshqaruvchi hukmron taba­
qaning yetishtirilishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. 
Boshqaruvchilar, ishga olinishlaridan oldin mazkur kitoblardan 
imtihon topshirishlari shart qilingan. Ular quyidagilardir: 
1. «Lun­yuy» (Lun Yu) – Konfutsiyning ma’ruzalari.
2. «Men­szi» (Mong­se) – Konfutsiyning eng qadimgi shogird­
laridan biri Men­Szining so‘zlari.
3. «Chjun­yun» (Tchong Yong) – O‘rta yo‘l ta’limoti kitobi.
4. «Da­Syue» (Ta­Hio) – Buyuk ta’limot, insonning o‘zi­
o‘zini takomillashtirishi kitobi
Daosizm
. Daosizm dinining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao 
va u bilan aloqador tabiat falsafasi hamda kosmogoniya masala­
laridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik, hayot va o‘limning nis­
biyligi va shunga bog‘liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga 
erishish tushunchasidir.
Daosizm ta’limotining asosiy manbayi «Daodetszin» riso­
lasi bo‘lib, u Konfutsiydan biroz ilgariroq yashagan Lao­Szi­
ga nisbat beriladi. Mazkur risola kriptik (harflar bir­biriga 
yopishib, o‘qishga murakkablik tug‘diradigan) uslubda yozil­
gan. Daosizmning ikkinchi manbayi «Chuang­dzu» (Chuang­
tzu)da esa miloddan avvalgi IV asrga taalluqli hodisalarning 
falsafiy mushohadasi o‘rin olib, bunda, ilk daolik qarashlari 
mazmuni turli masal va majoziy hikoyalar orqali bayon qilin­
gan. Shu ningdek, daosizmda ko‘plab mistik rivoyat va rituallar 
ifodalangan yirik diniy matnlar to‘plami mavjud bo‘lib, unda 
dindorlar tomonidan gunohlardan forig‘ bo‘lish uchun vosi­
tachi yoki yordamchi sifatida ko‘riladigan ma’budlar panteoni­
ga alohida urg‘u berilgan.
Sintoizm
. Yapon xalqiga xos diniy­falsafiy ta’limot bo‘lib, VI–
VII asrlarda shakllangan. «Sinto» so‘zi o‘zbek tilida «Xudo yo‘li» 


248
ma’nosini bildirib, bu din ta’limoti asosini imperator hokimiyati­
ning ilohiyligi to‘g‘risidagi aqida tashkil etadi.
Sintoiylikda ham konfutsiylikda bo‘lgani singari ajdodlarning 
oila­urug‘iga ehtirom ko‘rsatish katta rol o‘ynaydi. Diniy ta’li­
motga ko‘ra, vafot etgan har bir odam kami (barcha ruh va Xu­
dolarning umumiy nomi)ga aylanadi. Har bir yapon kishisining 
uyida oilaviy mehrob bo‘lib, undagi kichkina shkafchaga vafot et­
gan oila a’zolarining nomlari yozilgan taxtacha qo‘yib boriladi.
Sintoiylikda maxsus muqaddas kitob mavjud bo‘lmasa­da, 
ammo Yaponiya davlati asoschisi deb qaraluvchi «kami» ham­
da imperatorlar sulolasi haqida hikoya qiluvchi turli afsona va 
rivoyatlarni o‘z ichiga olgan mifologik solnomalar – «Kodziki» 
va «Nihon shoki» dindorlar orasida yuksak hurmatga ega. Shu­
ningdek, gunohlardan poklanish va ibodat raqslarini baja 
rish 
tartiblariga bag‘ishlangan «Engishiki» va «Kagura­uta», didaktik 
mazmundagi «Olam haqidagi yuz doston» hamda farzandni ax­
loqiy tarbiyalash bo‘yicha foydalaniladigan «Ise toshbitiklari» sin­
toiylikning muqaddas diniy matnlari to‘plamini tashkil qiladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin