Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Islom dinida musulmon­
larning turmush tarzini tash­
kil qilish uchun Qur’oni 
karim oyatlaridan keyin ik­
kinchi asos Payg‘ambar 
hadislari hisoblanadi. Hadis 
(arab. ­ «xabar», «yangilik») 
– Muhammad (s.a.v.)ning 
aytgan so‘zlari, qilgan ish­
lari, ko‘rsatmalari to‘g‘risi­
dagi rivoyatlar.


235
so‘z aralashib qolishidan va hadis naql qiluvchi sahobalar vafot 
etishlar bilan hadis zoye bo‘lishidan qo‘rqib, uni yozma shaklda 
to‘play boshladilar. Bu odamlar turli yurtlarga tarqalib ketganlar. 
VII­asr o‘rtalaridan boshlab ularni topib, hadislarni og‘izlaridan 
yozib olishga harakat qilingan. Bunda turkistonlik muhaddislar 
katta xizmat qilishgan. 
Islom olamida eng obro‘li hisoblangan hadis to‘plamlar qu­
yidagilar hisoblanadi: 1) «al­Jomi’ as­sahih» yoki qisqacha, «Sahi­
hi Buxoriy»; 2) «Sahihi Muslim», 3) «Sunani Termiziy»; 4) «Sunani 
Abu Dovud»; 5) «Sunani Nasoiy»; 6) «Sunani Ibn Moja». Shu­
ningdek, Ibn Hanbal musnadi ham katta shuhrat qozongan.
Zardushtiylik.
Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi II–I ming 
yilliklarda vujudga kelgan. U dunyodagi eng qadimiy dinlardan 
biri hisoblanib, unga mil. av. XII–VI asrlarda Markaziy Osiyo, 
Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari e’tiqod qilganlar.
Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mav­
jud bo‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga nisba tan 
monoteistik ta’limot hisoblanadi. Zardushtiylik negizida olamning qa­
rama­qarshiliklar kurashi asosiga qurilishi, yaxshilik va yomonlik, 
yorug‘lik va qorong‘ulik, hayot va o‘lim o‘rtasidagi abadiy kurashi 
haqidagi g‘oyalar yotadi. Barcha yaxshiliklarni Axura­Mazda va 
barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi.
Zardushtiylik boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bil­
vosita eng ko‘p ta’sir o‘tkazgan dindir, deyish mumkin. Zardush­
tiylikda har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jan­
nat va jahannam, qiyomat­qoyim, unda tananing qayta tirilishi, 
tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqidagi ta’limotlar 
mavjud. Zardushtiylik dini Zardusht nomiga nisbat beri lib, shart­
li ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa, mazkur dinning 
muqaddas kitobi hisoblanmish «Avesto»da u «Mazdayasna» dini 


236
deb atalgan. Bu so‘zni «Mazdaga sig‘inmoq» deb tarjima qilish 
mumkin. «Mazda» so‘zi «donish, donishmand, oqil» kabi ma’no­
larda talqin etiladi. Zardushtiylik shuningdek, «Be’din», ya’ni 
«Eng yaxshi din» degan nom bilan ham ulug‘langan. Uning ta’li­
motiga ko‘ra, borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» 
so‘zi oldiga ulug‘lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo‘shilib, 
zardushtiylikning ilohiyoti – Axura­Mazda nomi paydo bo‘lgan. 
Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir.
Zardushtiylikda imon fikrlar sofligi, 
so‘zning sobitligi, amallarning insoniyli­
giga asoslanadi. Har bir zardushtiy kuniga 
besh marta yuvinib, poklanib, Quyoshga 
qarab, uni olqishlab sig‘inishi shart hi­
soblangan. Zardushtiylik ibodatxonalarida 
doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda 
dunyodagi to‘rt unsur – suv, olov, yer va 
havo ulug‘lanadi.
VIII asrda Markaziy Osiyoga islom 
dini kirib kelib, keng tarqal 
guniga qa­
dar zardushtiylik mahalliy xalqlarning 
asosiy dini hisoblangan. Tarixiy sharoit­
lar ta’sirida zardushtiylikka e’tiqod qiluv­
chi jamoalar soni qisqarib, bugungi kun­
da taxminan 100 ming nafarni, ularning 
aksariyatini esa Hindistonning Bombey 
shtatiga taalluqli rayonlardan birida ya­
shovchi parslar
1
tashkil qiladi.
Avesto zardushtiylikning muqaddas ki­
tobi hisoblanadi. U «Apastak», «Ovisto», 
«Ovusto», «Abisto», «Avasto» kabi shakllarda ham ishlatib ke­
lingan. Avesto Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining 
1
Pars – VIII asrda Fors ko‘rfazi musulmonlar tarafidan egallanishi natijasida 
Hindiston va Pokistonga qarab yo‘nalgan zardushtiylik tarafdorlari nomi.


237
islomgacha davrdagi ijtimoiy­iqtisodiy hayoti, olam to‘g‘risida­
gi tasavvurlari, urf­odatlari, ma’naviy madaniyatini o‘rganishda 
muhim manba sanaladi.
U bizgacha to‘liq holda yetib kelmagan. Bizgacha yetib kel­
gan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi 
xolos. U: «Avesto 30 nask (bo‘lim) edi, majusiylar (zardushtiylar) 
qo‘lida 12 nask chamasi qoldi», – deb yozgan.
Avesto qismlar, ya’ni kitoblardan iborat bo‘lib, ularning orasida 
asosiy liturgik (ommaviy ravishda bajariladigan ibodatlarga xos) 
matn sifatida Yasna qaraladi. Yasna asosini gatlar tashkil qilib, 
u Zardusht va uning bevosita izdoshlari tomonidan bayon qilin­
gan madhlarni qamrab oladi. Shuningdek, gatlar zardush tiylikka 
oid ibodatlarning bajarilishida birlamchi o‘rin tutadi. Avesto ning 
boshqa bir kitobi Vidavdod bo‘lib, u gunohlardan poklanish­
ga tegishli qoidalar majmuasidir. Visparad esa «kichik Xudolar» 
(s’iritual lords)ga atalgan lita nik (Xudo­
ga murojaat paytida yig‘labsi rab aytiladi­
gan yoki o‘qiladigan ibodatga oid) ritual­
lar to‘plamidir. Avestoning yana bir Yasht 
kitobi Zardusht qahramonliklarini badiiy 
tarzda ifodalovchi hiko yalarni o‘z ichiga 
oladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin