2. Dinlarning muqaddas manbalariga umumiy tavsif.
Yahudiylik va xristianlik. Yahudiylik diniy manbalarining asosiy
qismi TaNaX tarkibiga kiradi. TaNaX yahudiylik muqaddas yozuv
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding . Introduction to the study of religion. –
USA, Routledge, 2009. – P. 101.
227
larini ibroniycha (qadimiy yahudiy
tili) nomlanishi sifatida qabul
qilingan. Bu xristianlik muqad
das manbalari tarkibiga kirgan Qa
dimiy ahd» qismiga to‘g‘ri keladi.
TaNaX so‘zi yahudiylik muqad
das yozuvlarining uch asosiy qis
mi – Tavrot (Musoning besh ki
tobi), Neviim (payg‘ambarlar) va
Ketuviim (yozuvlar) so‘zlarining bosh harflaridan kelib chiqqan.
«TaNaX» atamasi dastlab yahudiylik ilohiyotining o‘rta asarlarga oid
asarlarida qo‘llanilgan. TaNaX olam va odamning yaratilishi, ilohiy
ahd va amrlar hamda yahudiy xalqi vujudga kelishidan Ikkinchi ibo
datxona (Vtorogo Xrama) davri boshigacha bo‘lgan ta rixni tasvirlay
di. Yahudiylikka ko‘ra, yahudiy xalqi insonlarning sarasi bo‘lganlari
sababidan bu kitoblar muqaddas hisoblanadi hamda TaNaX yahudiy
lik dini mohiyatini yoritishi bilan bir qatorda xristianlik va islom
dinining shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilgan. TaNaX 24 kitob
ni o‘z ichiga oladi. Kitoblar tarkibi «Qadimgi Ahd»ning protestantlik
oqimiga oid variantiga mos kelib, faqat kitoblarning joylashuvida farq
kuzatiladi. Lekin u boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tartibda ekanli gini
Bobil Talmudiga kelgan ma’lumotlar tasdiqlaydi. «Qadimgi Ahd»
ning katolik va pravoslaviya oqimlariga oid variantida esa Septua
ginta
1
kitobini ham qo‘shimcha ravishda TaNaX tarkibiga kirganini
ko‘rish mumkin.
1
Septuaginta – «Qadimgi Ahd»ning tarkibiga kirgan kitoblardan biri. Bu kitob
eramizning boshida yahudiylik diniga e’tiqod qiluvchi Aleksandr tomonidan
kiritilgan bo‘lib, shu sababli ham ba’zi manbalarda Septuaginta Aleksandr kanoni
(qonuni)ni nomi bilan ataladi. Septuaginta matnlarning joylashuvi va bo‘limlarning
tarkibiga ko‘ra TaNaX dan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni TaNaXdan farqli
ravishda Septuagintada birinchi Ketuvim, so‘ngra Neviim (payg‘ambarlar kitobi)
kelishida ko‘rish mumkin. Shunga o‘xshash bir necha o‘zgarishlar sababidan
bugungi kunda bu kitob yahudiylar tomonidan qabul qilinmaydi, faqatgina
xristianlikka oid solnoma asarlarda uning nomi saqlanib qolgan.
Tavrot
228
TaNaX tarkibiy qismi. Yahudiylik muqaddas manbalari yozilish
janri va vaqtiga qarab uch qismga bo‘linadi:
1. Tavrot yoki Qonun (Musoning besh kitobi).
Neviim (payg‘ambarlar). U o‘z ichiga payg‘ambarlar hayotidan
tashqari bugungi kunda tarixiy solnoma deb yuritiladigan bir necha
kitoblarni qamrab oladi. O‘z navbatida «Neviim» kitobi ham ikki
qismga ajraladi:
Avvalgi payg‘ambarlar kitoblari: Iisus Navin, «Hukmlar», Sa
muilning ikki kitobi va ikkita «Podshohlik» kitobi;
Keyingi payg‘ambarlar kitoblari: Ular uchta katta payg‘ambar –
Isaiya, Ieramiya, Iezekiil va 12 ta kichik payg‘ambarlar kitoblari
dan iborat.
«Ketuvim» qismi «Zabur», «Qissalar», Iov kitobi, Solomonning
«Qo‘shiqlar qo‘shiqlari», Ruf kitobi, «Ieramiya yig‘isi» va solnoma
lar kitobini o‘z ichiga oladi.
Talmud.
Yahudiylik diniy manbalaridan yana biri Talmud
dir. Talmud (qad.yahud. «lameyd» – «o‘rganish») – o‘z tarkibi
da Mishna va Gemara (ya’ni, Galaxa – yahudiy dini qonunlari)
ni jamlagan, yahudiylik diniyaxloqiy me’yorlari va qonunlaridan
iborat ko‘p jildlik to‘plamdir. Ortodoksal yahudiylikning marka
ziy nuqtasida Muso payg‘ambar Tur tog‘ida bo‘lgan paytda Tav
rotning qabul qilib olganligiga ishonish yotadi. Yozma TaNaXdan
farqli o‘laroq, yuqoridagi vaziyatning tafsiloti avloddan avlodga
og‘zaki ravishda o‘tib kelishi natijasida Talmud shakllandi.
«Galaxa» deb nomlangan diniy qonunlarga oid matnlarni
hisobga olmaganda, Talmud ko‘p sonli mifologik va ertakona su
jetlar, xalq afsonalari, tarixiy, tibbiy hamda sehrgarlik matnlarini
qamrab olgan. Bularning barchasi «Agada» deb yuritiladi. Talmud
tarkibiga kirgan asarlarning asosida TaNaXga, ayniqsa, uning bi
rinchi qismi hisoblanmish Tavrotga yozilgan sharhlar yotadi.
Talmud tarkibiy tuzilishi to‘g‘risida gapirganda, undagi matn
lar turli tillarda ekanligi e’tiborni tortadi. Talmudning aksari
yat qismi oromiy tilining turli shevalarida yozilgan bo‘lib, ular
229
qadimgi yahudiy so‘zlari, iboralar va tushunchalar hamda Tav
rotda uchraydigan lavhalardan olingan iqtiboslardan iborat. Shu
ningdek, Talmudda taxminan 2.500 ta qadimgi yunon va yaqin
sharq tillari, ba’zida esa fors va lotin tillariga oid shevalardagi
so‘zlar uchraydi.
Qadimdan Talmud mantlari sintantik elementlar bilan belgi
lanmagan bo‘lib, abzatslarni birbiridan ajratilmaganligi o‘qishda
murakkablik tug‘dirgan, bu esa bir munozarani boshlanish ham
da tugash nuqtalarini aniqlashda qiyinchiliklarga olib kelgan.
Talmud matnlarining mazmunmohiyati haqida gapiradigan
bo‘lsak, unda yahudiylarning esxatologik (oxirat, qiyomat, mar
humlarning tirilishi, u dunyodagi ajr va jazo to‘g‘risidagi) tasav
vurlari o‘z aksini topgan. Talmudda yahudiylikning marosimlari,
urfodatlari aniq bayon etilgan bo‘lib, ular 248 ta buyruq va 365
ta taqiqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda qadimiy yahudiylar
orasida din, firqa, guruhlar (saduqiylar, farziylar, yesseylar)ning
kelib chiqishi haqida tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Unda ba
yon etilgan diniy qonunqoidalar, aqidalar, ko‘rsatmalar yahudiy
dinining asosini tashkil etadi.
Xristian Bibliyasi Eski va Yangi Ahddan tashkil topgan. Es
ki Ahd tom ma’noda yahudiylik tarixiga oid ma’lumotlarni qam
rab olgan bo‘lishiga qaramay, Bibliya tarkibiga kiritilishi uni Iso
Masih kelishi to‘g‘risida xabar
beruvchi manba deb hisoblanishi
bilan bog‘liq. Ammo Eski Ahd
tarkibidagi kitoblarni joylashuvi
bo‘yicha xristianlik yo‘nalishlari
o‘rtasida muayyan farqlar kuza
tiladi. Masalan, katolik va pra
voslav yo‘nalishda Eski Ahdning
aksariyat ilova kitoblari (deute
rocanonical books) Bibliya tarki
biga kiritilgan. Sulaymon donish
mandligi, Tovit va Djudit qissasi,
Septuaginta
230
Makkebian tarixi kabi kitoblar
shular jumlasidan. Bu kitoblar
xristianlik dini vujudga kelishi
dan oldingi ikki asr mobaynida
yahudiy aholi orasida iste’molda
bo‘lgan hamda diniy kitoblar ning
(scri’tures) yunoncha tarjimasi –
Septuaginta tarkibiga kiritilgan.
Yangi Ahd ham ilk bor yunon ti
lida yozilgan, dastlabki xristian
jamoalarining ko‘pchiligini yunon tilida gaplashuvchilar tashkil
qilgan, shu bois, ular Eski Ahd sifatida Septuagintadan foydala
nishgan. Biroq, milodiy 1asrda (90y.) yahudiy ruhoniylari to
monidan mazkur kitoblar ibroniy diniy manbalar (The canon of
Hebrew scri’tures) sirasiga kirmasligi belgilab qo‘yildi. Shuning
uchun protestantlik yo‘nalishi ilk namoyondalari Bibliya tarki
bini belgilashda ibroniy ravvinik matnlar standartini asos qilib
olib, Bibliyaning mahalliy tillarga tarjimasi (Lyuter tarjimasi yoki
inglizcha qirol Iakov Bibliyasi)da yuqoridagi kitoblarni kirit
madilar. Protestantlik Bibliyasiga kirmagan ushbu qism Apokrifa
(The A’ocry’ha) deb nomlandi. Keyinchalik Rim katolik cherko
vi tomonidan Trent sobor
1
ida mazkur kitoblarni muqaddas diniy
manba sifatidagi maqomi qayta tiklandi. Shuningdek, ular pra
voslavlik yo‘nalishi muqaddas kitoblari qatorida saqlanib qoldi.
Qolaversa, hozirda bu kitoblar Bibliyaning zamonaviy tarjimalari
ichiga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: |