Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Masjidi harom
(arab. ­ muqaddas masjid) – Makkadagi 
Ka’ba ibodatxonasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan majmua. Qur’on­
da shu nom bilan tilga olingan. Bu majmua qadimdan mav­
jud bo‘lgan, arablarda islomgacha ham sig‘iniladigan muqaddas 
joylardan biri hisoblangan. Yunon tarixchisi Ptolemey asarlari­
da IIasrda Makka va undagi ibodatxonaning mavjudliga qayd 
qilingan. 630­yil musulmonlar Makkani fath qilishgach, Masji­
di ha rom islom dinining markazi, eng muqaddas ibodatxona deb 
tanilgan. Masjidi harom majmuasining markazida Ka’ba va hov­
lisida Zamzam bulog‘i, ikki tepalik (Safo va Marva) bor. Tepa­
liklar tim bilan tutashtirilgan. Masjid 1570­yilda majmua bo‘lib 
shakllangan. Masjidi harom musulmonlar haj qiladigan muqad­
das joy hisoblanadi. 
– Masjidi nabaviy 
(arabcha – «payg‘ambar masjidi») 622­yil 
Madinada qurilgan. Bu masjid qurilishiga Muhammad payg‘am­
bar (s.a.v) yer sotib olib, qurilish ishlariga boshchilik qilgan. Dast­
lab masjidda minbar yo‘q edi. Keyinchalik xalq ko‘payganligi sa­
babli uch zinali minbar o‘rnatildi. Choryorlar davrida mehrob 
bo‘lmagan. Umar ibn Abdulaziz umaviylar xalifasi Valid ibn Ab­
dulmalik tarafidan Madinaga voliy bo‘lib keldi. Mana shundan 
masjidlarga mehrob qilish odati shakllandi. Masjid dastlab odam­
lar yig‘iladigan, ilm tarqatiladigan, turli masalalarni hal etadigan
davlatni boshqarishdagi joy vazifasini o‘tagan. 
– Masjidi aqso
(arab. – «uzoqdagi masjid») – Quddus (Ieru­
salim) shahridagi yahudiylik an’anasida muqaddas hisoblangan 
qadimgi ibodatxona (Sulaymon ibodatxonasi). Qur’onda shu nom 
bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musul­
monlar jamoasining a’zolari Aqso masjidi tomonga qarab ibodat 
qilganlar. 624 yilda Makkadagi Ka’ba qibla deb e’lon qilingandan 
keyin u tomonga qarab ibodat qilish to‘xtatilgan. Keyinchalik VII 
asr oxiri – VIII asr boshida xalifa Abdumalik tomonidan bu yer 


222
«al­Haram ash­Sharif» deb atalgan va islom ibodatxonalari maj­
muyi barpo etilgan. Hadislarda keltirilishicha, Aqso masjidi is­
lomdagi uchta muqaddas masjid (Makka va Madinadaga masjid­
lar qatorida)dan biri. 
Xulosa qilib aytganda, masjidlar islom dinida katta ahamiyat­
ga ega tushuncha bo‘lib, ibodat maqsadida qurilgan inshootdir. 
Tarixdan malum bo‘ldiki, masjidlar insonlarni birlashtirish, diniy 
ta’lim olish, taskin va ruhiy madad olish maskanidir. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin