Dinshunoslikka


-MAVZU. MUQADDAS MANBALAR



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
Dinshunoslikka kirish

15-MAVZU. MUQADDAS MANBALAR
REJA:
1. «Muqaddas manba» tushun­
chasi va unga dinlardagi munosabat­
lar.
2. Dinlarning muqaddas man­
balariga umumiy tavsif. 
3. Muqaddas manbalarga oid tu­
shunchalar.
Tayanch tushunchalar: 
manbalar, 
muqaddas yozuv, muqaddas kitob, 
Qadimgi Misr piramidalari, Ahiram 
sarkofagi, «Xudoning kalomi», vahiy, farishta, TaNaX, Bibliya, 
Qur’on, tafsir va tahvil.
Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda «muqaddas manba» tu­
shunchasi va unga dinlardagi munosabatlar, dinlarning muqad­
das manbalariga umumiy tavsif, muqaddas manbalarga oid tu­
shunchalar haqida bilim va tasavvurni shakllantirish.
1. «Muqaddas manba» tushunchasi va unga dinlardagi munosa­
batlar. Diniy matnlar (manbalar, muqaddas yozuv, muqaddas kitob) 
– bu, turli dinlarda muqaddas sifatida qaraluvchi va ularning diniy 
an’analarida markaziy o‘rin egallovchi matnlardir. Ko‘plab din, 
diniy­falsafiy ta’limot va harakatlar o‘z muqaddas manbalari vahiy 
aosida nozil bo‘lgan ilohiy kitob ekanligiga e’tiqod qiladilar. Diniy 
matnlarni tavsiflashda faqat yozma matnlar, og‘zaki an’analar na­
zarda tutilmaydi. Odatda diniy matnlar g‘ayritabiiy voqea­hodisa va 
xabarlarni o‘zida namoyon qiladi. Diniy matnlarda diniy bilimlarni 
avloddan­avlodga o‘tishida izchillik bo‘lishi juda muhimdir. 
Xususiyat.
Tarixiy, mifologik yoki boshqa bir ko‘rinishda­
gi diniy matn bo‘ladimi, albatta, u dunyoning yaralishi, uning 
diniy tuzilishi, ilk insonning yaratilishi va o‘tmish ajdodlar hayoti 
haqida hikoya qiladi. Diniy matnlarda muqaddas diniy urf­odat 
va marosimlar, xulq­atvor normalari va ijtimoiy munosabatlarini 


225
tartibga solib turuvchi qoidalar bayoni katta o‘rin egallaydi. Ba’zi 
diniy matnlar barchaga tushunarli, ba’zilari esa faqat muayyan 
dinning bilimdoni vositasida tushunib yetish mumkin. Ko‘pchi­
lik dinlar o‘zlarining diniy matnlar o‘rganish va ularga turli 
o‘zgarishlar kirishini cheklash maqsadida maxsus qonun­qoida­
lar tizimini ishlab chiqqan. 
Diniy matnlar tarixi.
Qadimgi Misr piramidalaridagi bitiklar 
miloddan avvalgi 3­mingyillikka (m.a. 2400–2300) oidligiga ko‘ra 
ko‘hna diniy matnlardan biri sanaladi. Finikiya alifbosi ning dast­
labki ko‘rinishi miloddan avvalgi birinchi ming yillikka tegishli Qa­
dimgi Bobil hukmdori Ahiram sarkofagi (qadimgi tosh tobut)dagi 
bitik hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Shumer madaniyatiga doir 
Gilgamesh dostoni (vujudga kelish tarixi miloddan avvalgi 2­min­
gyillik boshlariga to‘g‘ri keladi) turli mifologik obrazlarni qam­
rab olgani jihatidan ilk adabiy asarlardan biri dir. Bundan tashqari
hinduiylikning asosiy manbasi vedalarning tarkibiy qismlaridan bi­
ri Rigveda miloddan avvalgi 1700–1100 yillar oralig‘ida yaratilgan, 
qolaversa, hanuz muomalada bo‘lgan ko‘hna diniy manba sifatida 
baholanadi. Shu bilan birga, Avesto gatlarining yaratilishi borasi­
da ilmiy jamoatchilik orasida turli qarama­qarshi fikrlar (taxmi­
nan mil.av. 1­ming yillikning birinchi yarmi) mavjud bo‘lsa­da, 
mutaxassislar Avestoning eng qadimgi qismlari yozma shaklga kel­
tirilmasdan ilgari og‘zaki holatda yanada qadimiyroq tarixga ega 
ekanligiga ishonch bildiradilar. Shuningdek, aksariyat olimlar Tav­


226
rotning yozma holatda shakllanishi ham bir necha asrlarni qam­
rab olganligini ta’kidlaydilar. XIX asr oxirlarida «Musoning besh 
kitobi» to‘rt asl mustaqil manbalarni jamlash orqali miloddan av­
valgi 450­yilda yaratilgan, degan fikrni ilgari suruvchi isbot­da­
lilga ega gipotezalar negizida umumiy qarash mavjud edi (Yahve 
– mil.av. 900­y.; Elohim – mil.av. 800­y.; Ikkinchi qonun yozuv­
chilari – mil.av. 600­y.; Ruhoniylarga (‘riestly) oid manbalar – 
mil.av. 500­y.). 
Qarashlar.
Muqaddas matnlarga munosabat turlichadir. Ba’zi 
dinlar muqaddas matnlarni keng va erkin ravishda oshkor qila­
di. Ba’zilari muqaddas sirlar ishonchli va ta’sirli tarzda saqlanib 
qolishi uchun ularni ommadan yashirishga urinadi. Ko‘p dinlar 
muqaddas matnlarning miqdorini aniqlash, ularga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilishi kabi holatlarni oldini olishga asosiy e’ti­
bor qaratadi. Ba’zi dinlar esa o‘z muqaddas matnlariga nisbatan 
«Xudoning kalomi» sifatida yondashsalar­da, ammo ular Xudo 
tomonidan vahiy qilinganligi sababli o‘zgartirib bo‘linmas jihati­
ga egaligi to‘g‘risida qarama­qarshi fikrlar bildiriladi. Matnlarni 
tarjima qilishda rasmiy ijozat olinadi, ammo asl muqaddas til­
ning qat’iy o‘zgarmas ekanligiga e’tibor qaratiladi. Ba’zi dinlarda 
muqaddas matnlardan nusha ko‘chirish tekin va imtiyozli shaklda 
amalga oshiriladi, ba’zilarida esa bu borada to‘lov va mualliflik 
huquqiga qat’iy rioya qilish talab qilinadi. Muqaddas matnlarga 
qo‘yilgan turli belgilar ham ularning orasidagi muayyan farqlarni 
ko‘rsatuvchi jihat sanaladi. Masalan, ba’zi muqaddas matnlarda 
ma’lumotlarni bir­biridan ajratuvchi sahifalarning raqami bo‘lsa 
(sikxizm), ba’zilarida esa berilgan ma’lumotlarni ma’lum nom va 
raqamlar (Ibrohimiy dinlar – sura, oyat) namoyon bo‘ladi
1


Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin