Og’ir beton tarkibini hisoblash
Boshlang’ich ma’lumotlar:
Beton markasi – M 250 yoki Rб =250
Beton ishlatilishi - Kvadrat kesimli temir-beton qoziqlar
Beton qorishmasini harakatchanligi, standart konus cho’kmasi OK – 6 sm
Ishlatiladigan materiallarning xarakteristikalari:
Bog’lovchi materiallar – portlandsement
Sementning aktivligi - Rs = 375
Sementning solishtirma og’irligi - Ps = 3,1 g/sm3
Sementning hajm og’irligi – P0s = 1.3g/sm3
Mayda to’ldiruvchi – daryo qumi.
Qumning solishtirma og’irligi - Pn = 2.6 g/sm3
Qumning o’yma hajm og’irligi – Pn0= 1.4g/sm3
Qumning yiriklik moduli – Mkp = 2.2
Yirik to’ldiruvchi - sheben
Shebenning solishtirma og’irligi – Psh=2,6 g/sm3
Shebenning o’yma hajm og’irligi - P0sh= 1.4g/sm3
Shebenning zaralararo bo’shliqlari Vk=0,42 ya’ni 42%
Hisoblash metodikasi
Hisob 1m3 beton uchun olib boriladi.
1. Berilgan sementning aktivligi (Rц) talab qilingan beton mustahkamligini oshirishi shart asosida suv- sement nisbati (s/sem) aniqlanadi.
Beton mustahkamligi Rb (s/sem)=0.4 va undan yuqori bo’lganda quyidagi formula bilan ifodalanadi.
Rb = Rs∙A(S/Sem-0.5),
Suv - sement nisbati quyidagi formula asosida aniqlanadi;
A-koeffisient to’ldiruvchilar sifatida bog’liq bo’lib yuqori sifatli to’ldiruvchilar uchun (yuvilgan va fraksiyalangan sheben va qum) 0.5 ga teng.
( S/Sem ) = A∙RS / (Rb + 0.5 A ∙Rs) =(0.5∙375 ) / (250+0.5∙0.5 ∙ 375)=0.54
2. 1m3 beton qorishmasi tayorlash uchun suv miqdorini 1.4 – jadvaldan aniqlanadi (“Beton va temir beton buyumlari texnologiyasi”fani bo’yicha tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma).
S = 185 kg (litr)
3. Aniqlangan suv – sement nisbati va suv miqdoriga asosan beton qorishmasi tayorlash uchun sement miqdori (kg) aniqlanadi.
Sem=S/(S/Sem) = 185/0.54 =342 kg
1m3 beton qorishmasi uchun yirik to’ldiruvchilar sarfi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Sh = 1000/ (Vk∙ᾳ / psh0 + 1/psh)= 1000/(0.42 x 1.38 / 1.4 +1/2.6) =1252kg
ᾳ - yirik to’ldiruvchilar donalarini oralig’ni belgilovchi koiffisent 1.5-jadvaldan aniqlanadi. (“Beton va temir – beton buyumlari texnologiyasi” fani bo’yincha tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma).
1.4 –jadval
Dostları ilə paylaş: |