to‘g‘risida” gi qonunningasosiy maqsadi – aholini va hududlarni tabiiy hamda
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi
va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni
kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdan iboratdir. “Gidrotexnika
inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonuni
gidrotexnika inshootlarini
loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruktsiya qilish,
tiklash, kontservatsiyalash va tugatish xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni
amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
“Fuqaro muhofazasi to‘g‘risda” gi qonuni – fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy
vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining,
korxonalar,
muassasalar
va
tashkilotlarning
vakolatlarini,
O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining
huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro
muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilashdan iboratdir. “Radiatsiaviy xavfsizlik
to‘g‘risida” gi qonun – radiatsiyaviy xavfsizlik, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-
mulki, shuningdek atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan
muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan
iborat. Bu qonunlar tom ma’noda hozirgi zamonda aholi va hududlarni turli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning yagona huquqiy asosini belgilaydi.
Ularning amaldagi xarakati maxsus qo‘llanmalar va davlat standartlari asosida
olib boriladi. Bu borada, Fuqaro muhofazasi institutining xodimlari maxsus
izlanish
olib borib, 2000 yilda yuqorida qayd qilingan Davlat standartlarini
tasdiqladilar. Navbatdagi asosiy vazifa har bir tashkilot, idora, ilmiy va adabiy
yozishmalarda mazkur standartlarga to‘la rioya qilishni ta’minlashdan iboratdir.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida fikr bildirar ekanmiz, ularning ma’naviy va
ma’rifiy asoslari negiziga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Chunki, Vatanimiz
hududlarida o‘tmishda ham turli tabiiy ofatlar sodir bo‘lgan va hozirda ham davom
etayapti. Farqi shundan iborat-ki, inson tomonidan tabiiy manbalarni o‘zlashtirish
oqibatida “tabiat va insoniyat” tizimida,
muvozanati buzilib, noxush vaziyatlar
yildan - yilga keng ko‘lamda, ko‘p tarmoqli va murakkab xususiyatni namoyon
qilmoqda.Tarixdan ma’lumki, ota-bobolarimiz ham tabiiyjarayonlarni kuzatishlar,
yillararo taqqoslash, davriyligini aniqlash orqali xavfsizlikni ta’minlash uchun
ma’lum chora tadbirlarni qo‘llashgan.Bizning davrimizgacha yetib kelgan
ma’naviy
durdonalar, xalq maqollari xanuzgacha hayot xavfsizligi tadbirlarini
amalga oshirishda dasturiamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, “Hushyor
bo‘lsang ofat ko‘rmaysan”, “Falokat oyoq ostidadir”, “Saqlansang – sog‘ qolasan”,
“Saqlanganni saqlayman”, “Sinch uyim-tinch uyim” va shu kabi hayotiy tajribadan
o‘tgan iboralar borki, yillar o‘tgan sari ularning qadr - qiymati ortib borsa boradiki,
aslo tushmaydi.Hozirgi vaqtda milliy ma’naviyat to‘g‘risida turli xil fikrlar
bildirilar ekan, ma’naviy kamolatga yetaklovchi axloqiy madaniyat, axloqiy
tarbiyada bebaho mulk xisoblanmish, ota-bobolarimiz
hayot tajribasi va qomusiy
allomalarimizning nodir asarlarida bitilgan tarixiy merosni o‘z o‘rnida va har
tomonlama hayotga tadbiq etishimiz zarur. Zero, buyukligimizning asosi ham boy
tarixiy merosimizdadir. Muqaddas kitoblarda bitilgan sog‘lom va tinch – osuda
turmush kechirish tamoyillarini hozirgi kun talabida izohlab , har bir ishga tadbiq
etilsa, birinchidan, bizgacha bo‘lgan tarixga e’tibor, undan unumli foydalanish,
ota-bobolarning buyuk merosiga
hurmatni yuzaga keltirsa, ikkinchidan, hozirgi
vaqtda murakkab jarayonlar zaminida kechayotgan hayotimizda uchrab turadigan
noxush holatlarni aql – idrok bilan yengib o‘tishga mukammal tayyorgarlik ko‘rish
hamda yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: