Diqqat haqida tushuncha


Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar



Yüklə 194,88 Kb.
səhifə6/6
tarix06.12.2022
ölçüsü194,88 Kb.
#72658
1   2   3   4   5   6
Mavzu Diqqat

Diqqat borasidagi psixologik nazariyalar
Psixologiya fanining aksariyat manbalarida diqqat deb psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum darajada ahamiyatga ega bo’lgan ob'ektning ustida to’planishi tushuniladi. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u insonning jamiki faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limoti va A.A.Uxtomskiylar tomonidan ilgari surgan dominantlik tamoyili va ularning zamondoshlari tadqiqotlarida diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi.
Diqqatning buzilishi
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez- tez bo’linib turishida namoyon bo’lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko’rinishi ko’pincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi.
Parishonxotirlikning sabablari har xildir. Parishonxotirlik shaxsning barqaror xislati sifatida ixtiyoriy diqqatning sustligi ko’rsatkichi hisoblanadi va noto’g’ri tarbiya natijasi(bolaning erkalatib yuborilishi, jazolanmasdan qolishi, taassurotlarning har xilligiga odatlanish va boshqalar) bo’lishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlikka qarshi avvalo shaxsda irodaviy sifatlarni shakllantirish yo’li bilan kurash olib borish kerak. Parishonxotirlikni bola salomatligining yaxshi emasligi, nerv tizimining umuman buzilganligi bilan izohlash mumkin. Parishonxotirlik haddan tashqari hissiy hayajonlanish, yoxud charchash oqibati sifatida qisqa muddatli bo’lishi ham mumkin. So’nggi holatda u ko’pincha o’qish kuni va qaftasining oxirida namoyon bo’ladi. Pedagogik ish tajribasida diqqatni tarbiyalash maqsadida parishonxotirlikning barcha sabablari va xususiyatlari inobatga olinishi shart.
Qachonki, kishi ishga berilib ketib o’z xayollari, kechinmalari bilan bo’lib, mashg’ul bo’lgan ishidan boshqa hech narsani ko’rmayotgan va eshitmayotgan hollarda ham "parishonxotirlik" haqida so’z yuritiladi. U masalan tevarak-atrofdagilarga e'tibor bermaydi, o’ziga qaratilgan savollarga parvo qilmaydi. Bunday "parishonxotirlik" diqqatning yorqin ifodalagan holdagi tanlanganligidan, uning behad jamlanganligi va jadalligidan hosil bo’ladi. Diqqatni eng ko’p darajada jamlanganligi yuqorida qayd qilib o’tilganidek, faoliyatda muvaffaqiyat qozonishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Lekin diqqatning faqat bir ob'ektga qaratilganligi uning taqsimlanishi va ko’chirilishida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining tevarak-atrofdagi olam bilan munosabatini mushkullashtirib qo’yadi va shuning uchun ham unga diqqatning nuqsoni sifatida qaraladi.

Foydalanilgan Adabiyotlar





  1. Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz-T., 1999.

  2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi, Toshkеnt.: 2000 yil

  3. Karimov I.A. O`zbеkiston XXI asrga intilmoqda, Toshkеnt.: 2001 yil

  4. E.G’oziyev Umumiy psyxologiya T – 2010.

  5. P.I.Ivanov, M.E.Zufarova Umumiy psixologiya T-2008.

  6. N.Boymurodov Amaliy psixologiya T-2009.

  7. Pеtrovskiy A.V. Psixologiya, Toshkеnt 1992 yl

  8. Karimova V.M. «Ijtimoiy psixologiya asoslari».-T., 1994 yil

  9. Goziyеv E. Psixologiya. T., O`qituvchi, 1994 yil

  10. Baratov Sh. O`quvchi shaxsini o`rganish usullari. T., 1995 yil

  11. Goziyеv E. Intеllеkt psixologiyasi. T., O`qituvchi, 1996 yil

  12. Goziyеv M. Oliy maktab psixologiyasi, T.: 1997 yil

  13. Davlеtshin M.G., Psixologiyadan izoxli lugat. T., 1998 yil

  14. Psixologiya V.Karimova. Toshkеnt, 2002 yil

  15. Nishonova Z.T, Oliy maktab psixologiyasi, Toshkеnt.: 2003 yil

Yüklə 194,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin