Diqqatning ko`chuvchanligi va taqsimlanishi reja



Yüklə 105 Kb.
səhifə6/7
tarix26.02.2023
ölçüsü105 Kb.
#85673
1   2   3   4   5   6   7
DIQQATNING KO`CHUVCHANLIGI VA TAQSIMLANISHI

Diqqat xususiyatlari
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning mazkur xususiyatlari quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta'rif berib o’tamiz.

Diqqatning kuchi va barqarorligiga ko’ra odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi.


Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma'lum muddat biror narsaga muttasil, ya'ni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi.
Diqqatning kuchli va barqaror bo’lishi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun bo’lgan ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog’lidir. Bularning hammasi ob'ektiv, ya'ni bizning irodamiz bilan bog’liq bo’lmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta sub'ektiv, ya'ni odamning ayni chog’dagi holati bilan ham bog’liq. Masalan, ayni chog’da betobroq bo’lib turgan odamning yoki boshiga bir og’ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo’la olmaydi.
Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi.
Diqqat ko’lamini tajriba yo’li bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun diqqatning ko’lamini aniqlayotgan odamga ayni bir vaqtning o’zida bir necha o’zaro bog’lanmagan harflarni, raqamlarni va turli geometrik shakllarni ko’rsatish yo’li bilan aniqlash mumkin. Bunda odam ko’rsatilayotgan narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko’pini birdaniga idrok eta olsa, uning diqqati shunchalik keng bo’ladi. Diqqatning ko’lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan aniqlanadi. Bu asbob yordamida ayni bir vaqtning o’zida idrok ettiriladigan narsalar juda tez ko’rsatiladi. Bunda odam o’z diqqati doirasiga qancha narsa sig’dira olsa, ana shunga qarab diqqatning keng yoki torligi aniqlanadi. O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, katta yoshli odamlarda o’z diqqat doiralariga ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan narsalarni sig’dira oladilar.
Diqqat ko’lamining keng bo’lishi odam idrok qilayotgan narsalarini atroflicha va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli bo’lishi uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Odamning diqqati bir vaqtda faqat bitta narsagagina emas, balki ikkita yoki uchta narsaga ham birdaniga qaratilishi mumkin. Ana shunday paytlarda diqqatning bo’linishi talab qilinadi. Demak, diqqatning bo’linishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishimizga aytamiz. Agar diqqatimiz bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya'ni diqqatimiz bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa, uni konsentrasiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksincha agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan, diqqat deb yuritiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, aslini olganda diqqatning ayni bir chog’da ikki yoki undan ortiq narsaga qaratilishi, ya'ni bir necha narsalarga bo’linishi amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo’linishi, ya'ni ayni bir vaqtda ikki yoki uch narsaga birdaniga qaratilishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan boshqa bir narsaga nihoyatda tezlik bilan bo’linishini talab qilgan vaqtda diqqatimiz bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tezlik bilan ko’chadiki, buni biz payqay olmaymiz. Natijada diqqatimiz ayni bir vaqtning o’zida bir necha narsalarga birdaniga qaratilayotgandek bo’lib ko’rinadi.
Diqqatning ana shunday bo’linuvchanlik xususiyati hayotda juda katta ahamiyatga ega. Chunki bir qancha mehnat turlari diqqatning bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lishlikni talab qiladi. Bunday xususiyat pedagoglar uchun juda zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg’ulot yoki suhbat o’tkazayotgan paytida diqqatni bir necha narsalarga, ya'ni gapirayotgan gapiga, bolalarni quloq solib o’tirishlariga va bundan so’ng nimalar haqida gapirishga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg’ulot paytida guruhni boshqara oladi.
Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir. Agar diqqatimiz qaratilgan narsalarning ayrimlari bizga yaxshi tanish bo’lsa ya'ni biz ularni ilgaridan yaxshi bilsak faoliyat jarayonida bir necha ishlarni birdaniga ya'ni birga qo’shib bajara olamiz. Masalan, yozish harakati ilgaridan bizga yaxshi tanish bo’lgani uchun darsda ham eshitib, ham yozib o’tira olamiz. Shunday qilib, diqqatning bo’linuvchanligi juda ko’p faoliyatlarimiz uchun zarur bo’lgan xususiyatdir.
Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir.
Inson his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz yo`qolmaydi. Ular ma’lum miqdorda xotirada saqlab qolinadi, mustahkamlanib va kerak bo`lganda qayta esga tushiriladi. Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idrokimiz miya po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirilishidan, ular ma’lum vaqt davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi. O`tmish tajribamizda nimaiki hodisa yuz bergan bo`lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirishi yoki tanish xotira deb aytiladi. Agar odamlar o`zlarining o`tishish tajribalarini esda saqlay olmasa va qayta tiklash qobiliyatiga ega bo`lmasa bilimlarni egallashning har qanday imkoniyatidan mahrum etilgan va ularning aqli darajasida qolavergan bo`lar edi. Shu sababdan ham har bir odamning vazifasi o`z xotirasini boyitishdan iboratdir. Esda olib qolish jarayonida odamda bir narsa yoki hodisa bilan boshqa narsa yoki hodisa o`rtasida o`zaro aloqa bog`lanadi. Masalan, biz yangi topishgan kishining ismini esda qoldirishda bu isimni hamma mazkur kishi bilan uning tashqi qiyofasi va boshqa xususiyatlari bilan bog`laymiz. Ma’lum bir tarixiy faktni o`zlashtirishda uni boshqa tarixiy hodisalar bilan bog`laymiz, uning ma’lum bir davrga taalluqli ekanini aniqlaymiz. Shunday qilib esda qoldirish - biron bir yangi narsani ilgaridan odam ongida mavjud bo`lgan boshqa narsa bilan bog`lashdan iborat.
Xotirani tajriba asosida psixologiya asosida tadqiq etish, X1X asrning 80-yillariga to`g`ri keladi. 1885 yilda nemis psixologi Ebbingous xotirlab qolish jarayonlari haqida kitobini yaratadi.
XX asrning 30-yillarida Rossiya psixologlari L.S.Vigodskiy, A.N.Leont’ev, A.N.Zankov, T.I.Zinchinko kabilar xotiraning turli jihatlarini o`rganadilar.
Diqqatning biror narsaga qaratishi ob’ektga bog`liq holda diqqatning namoyon bo`lishini quyidagi shakllarini; sensor, aqliy, harakatlantiruvchi shakllarni ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor (ko`rish va eshitish) diqqati ko`proq o`rganilgandir. Diqqatning fiziologik asoslarini tushunib etishga buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasining alohida reaktsiyalari orientir reflekslar haqida I.P.Pavlov ilgari surgan tasavvurida ixtiyorsiz diqqatning g`ayri ixtiyoriy tabiati haqida taxmin bor edi. Hozirgi zamon mas’uliyatlariga qaraganda orientir reflekslar juda ham murakkabdir. Ular organizmni anchagina qismlarining faolligi bilan bog`langan. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib etishda dominanta (nasldan - naslga o`tuvchi asosiy belgi) printsipi alohida ahamiyatga ega. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko`ra, miyada hamisha qo`zg`alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo`ladi. Diqqat miya faolligini muayyan darajasida yuz berishi mumkin. Demak, diqqatning fiziologik asosini bosh miya pusti qismidagi “optimal qo`zg`alish nuqtasi” tashkil qiladi. Miya po`stining optimal qo`zg`algan joyi o`z o`rnini almashtirib turishi, diqqatni bir narsadan ikkinchi narsaga kuchishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo`naltirilishi va to`planishini shartlaydi. Shunday qilib, diqqat bir qator miya tuzilmalari faoliyati bilan bog`liqdir. Lekin diqqatning har xil shakllari va turlarini tartibga solishda ularning roli turlichadir.
Sechenov I.N. xotirani hayvon va inson tuzilishini eng muhim mo`’jizasi deb bejiz aytmagan. Tashqi va ichki kuzgatuvchilarlarning ta’siri tufayli miyada qo`zg`alishlar vujudga keladi. Ularning izlar yo`qolib ketmaydi. Natijada nerv qo`zg`alishlar oson va tez boradi. Qo`zg`olishlar takrorlanib turilsa nerv bog`lanishlar saqlanadi. Aks holda nerv bog`lanishlar uziladi. Materiallar unitiladi. Yarim sharlar po`stlog`ida bog`lanishlarning tez hosil bo`lishi, puxta bog`lanish miyaning ta’siriga reaktsiya qilish hamda ilgari yuz bergan qo`zg`alishlar “uzlarini saqlab qolish qobiliyatiga bog`liqdir. 4. Xotira quyidagi psixik jarayonlardan iborat: esda olib qolishi, esda saqlab qolishi, tanish, esga tushirishdan xotira jarayoni esda olib qolishdan boshlanadi. Buning fiziologik asosi katta yarim sharlardagi vujudga kelgan vaziyatli nerv bog`liqlikdir. Biz ko`p narsalarni ixtiyorsiz holda esda olib qolamiz. Bu ixtiyorsiz esda olib qolish deyiladi. Kishining his – tuyg`ulari bilan bog`liq bo`lgan hodisalar ham yaxshi esda olib qolinadi. Esda olib qolishning ixtiyoriy turi ham bo`lib, kishi esda olib qolishga o`zini - uzi majbur qiladi. Buningsiz miya ko`pgina va malakaga erishib bo`lmaydi. Esda olib qolishning mexanik va ma’nosiga tushunib esda olib qolish xillari bor. Ma’nosiz tushunib esda olib qolishda tafakkur protsesslarning ahamiyati katta. Ilgari esda olib qolingan tashqi bilan material bilan yangi material bog`lanadi. Misol, teoremani isbotini esda olib qolish mumkin. Faqat takrorlash bilan esda qolish mexanik esda olib qolish deyiladi.
Bunda noaniq bo`lgan bilan material quruq yod olinadi. Bunda o`zgargan material tez unitiladi. Ma’nosiga tushunib esda olib qolish mexanik ravishda esda olib qolishga nisbatan ancha puxtadir.
2. Hosil bo`lish xususiyatlariga va amal qilish usullariga ko`ra diqqatning 2 ta asosiy turi ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari mavjud.
Ixtiyoriy diqqat - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat va e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo`ladi. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlarning kechishini faol boshqarib turishdan iborat. Bu diqqatning boshlanishi, davom ettirishi kuch va zo`r berishini, ya’ni irodaning ishtirokini talab qiladi.
Shuning uchun bu irodaviy diqqat deb ham yuritiladi. Ixtiyorsiz diqqat kishining xohishlari va maqsadlaridan holi tarzda hosil bo`ladigan diqqat e’tibordir. Ixtiyorsiz diqqatni hosil qiluvchi qo`zg`ovchilarning xususiyatlaridir.
Masalan; baland ovoz, yorqin nur, kuchli hid va hokozo. Ixtiyorsiz diqqatda qiziqishning roli benihoya kattadir. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo`nallganligiga ham bog`liqdir. Masalan, teatr bilan qiziqadigan kishi, ehtimol futbol bo`yicha bo`lajak musobaqa haqidagi e’longa e’tibor bermasdan, ayni chog`da teatrga oid yangi e’lonni tezroq payqashi mumkin. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini - ixtiyoriydan so`ngi diqqatni alohida ko`rsatish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan joriy etilgandir. Ixtiyoriydan so`ngi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko`proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog`liqdir.
Diqqat turlicha sifat ko`rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko`rinishlarini diqqatning sifati yoki diqqatning xususiyatlari deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, kuchishi, taqsimlanishi va ko`lami shular jumlasiga kiradi. Diqqatning barqarorligi – diqqatga qaratilgan ob’ektlarning xususiyatlariga va yo`naltirilgan shaxsning faolligiga bog`liq bo`ladi.
Diqqat turlati va ularni qiyosiy xarakteristikasi
Diqqatning barqarorligini saqlashda shaxsning faolligi katta ahamiyatga egadir. K.S.Stanislavskiy aktyorning sahnaviy diqqati haqidagi masalani talqin qila turib, shuni qayd etgan edi: “Ob’ektga jalb etilgan diqqat e’tibor u bilan biron narsa qilishga tabiiy ehtiyojni qo`zg`aydi.
Harakat esa diqqatni ob’ektga yanada ko`proq jalb etadi. Shunday qilib, diqqat harakatga qo`shilib va u bilan o`zaro chatishib, ob’ekt bilan mustahkam bog`lanish hosil qiladi”. Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Diqqatning ko`chishi sub’ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o`tishda namoyon bo`ladi. Diqqatni ko`chirishning muvaffakiyati bir qancha shart sharoitlariga bog`liqdir. Ko`chirishi oldingi va keyingi faoliyatning xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladi. Diqqatning ko`chirilishi ko`p jihatdan yangi faoliyat maqsadning shaxs uchun ahamiyati, uning aniq ravonligi va soddaligi bilan belgilanadi. Diqqatning ko`chirilishida anchagina individual farklar mavjuddir. Ba’zi odamlar bir faoliyatini qo`yib, ikkinchisini bajarishga tez va osongina kirishib ketsa, boshqalariga bunday tarzda o`tish uchun uzoq vaqt va anchagina kuch-g`ayrat sarflashga to`g`ri keladi. Hozirgi ko`pgina kasblar aynan diqqatning ko`chuvchanligiga nisbatan yuksak talablar qo`ymoqda. Diqqatning ko`chishi o`quv jarayonida ham katta ahamiyatga egadir, diqqatning ko`chishi bilan bir qatorda uning bo`linishini xam alohida ajratib ko`rsatadilar. Diqqatning bo`linishi deganda uning asosiy faoliyatidan uni muvaffaqiyatli tarzda bajarish uchun ahamiyatsiz ob’ektlarga ixtiyorsiz ko`chirilishi tushuniladi. Diqqatning taqsimlanishi ikkita va undan ko`proq faoliyat turlarining (bir qancha harakatlarining) ayni bir vaqtning o`zida (biriga qo`yib) muvaffaqiyatli bajarishi imkoniyati bilan bog`liq xususiyatdir. Diqqatning yuksak darajada taqsimlanishi ko`pgina hozirgi zamon mehnat turlari muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Operatorlar, ko`plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilar va boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi. Diqqatning taqsimlanishi mumkinligi bir qancha shart-sharoitlarga bog`liqdir. Faoliyatning birgalikda bajariladigan turlari yoki hal etiladigan vazifalar qanchalik murakkab bulsa, diqqatga aylanishi ham shunchalik qiyin bo`ladi. Diqqatni taqsimlash malakasi o`quv faoliyatini egallab olish jarayonida shakllanadi, u mashq qilish va tegishli ko`nikmalarni orttirish orqali rivojlantirilishi mumkin. Diqqatning xususiyatlari qatoriga ayni bir vaqtning o`zida aniq ravshan idrok etiladigan ob’ektlar soni bilan belgilanadigan ko`lami ham kiradi. Diqqatning ko`lami idrok etiladigan ob’ektlarning xususiyatlarga bog`liq buladi. Jumladan, anglanilgan matn taqdim etilganda 14 harfli so`zlar osongina ilg`ab olinadi. Kichik yoshdagi o`quvchilar diqqatning ko`lami juda ham cheklangan bo`ladi. Yoshi ulgaygan sari u kengaya boradi. Idrok etilayotgan materialning mazmuniga ko`ra guruhlarga ajrata bilish, sistemaga sola bilish, birlashtira olish malakalarining shakllantirilishi diqqatning ko`lamini kengaytirshning asosiy sharti hisoblanadi. Diqqatning salbiy jihatlardan biri parishonxotirlikdir.
Parishonxotirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez bo`linib turishida namoyon bo`lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko`rinishi ko`pincha ish qobiliyati susayib ketishning va xulq atvordagi uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi. Parishonxotirlik haddan tashqari, hissiy hayajonlanishi yoxud charchash oqibati sifatida qisqa muddati bo`lishi ham mumkin.
Xotira jarayonlariga esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish jarayonlari kiradi.
Esda olib qolish - qabul qilinayotgan predmet va hodisalarni tasavvurlar sifatida qobul qilishdir. Esda olib qolish – xotira materiali bo`lib, qayta esga tushirish xotira mazmunidir. Esda olib qolish mexanik va mantiqiy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz bo`ladi.
Esda olib qolingan materialni saqlash – xotira jarayoni bo`lib unda ong xarakati yuzaga keladi. Xotirada inson tomonidan qabul qilingan barcha narsa qoladi va ma’lum miqdori esdan chiqadi.
Qayta esga tushirish esda olib qolingan materialni aktuallashtirish bo`lib, u uzoq muddatli xotiradan operativ xotiraga o`tadi. Esga tushirish tanish yoki xotirlash, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo`lishi mumkin.
Tanish – bu qayta ko`rganda esga tushirish bo`lib, u qayta ob’ektni idrok etish natijasida yuzaga keladi.
Xotirlash - qayta idrok etishsiz esga tushirishdir. U ixtiyorsiz (assotsiatsiyalar asosida) va ixtiyoriy bo`ladi.
Esdan chiqarish - qayta esga tushirishdagi qiyinchiliklar bo`lib, u ta’sir izlarini yo`qotish natijasida yuz beradi.
Esdan chiqarish to`la, qisman, uzoq muddatli va qisqa muddatli bo`ladi.
Esda chiqarishda tormozlanish yuzaga kelishi mumkin va ikki xil ko`rinishga ega:

  1. Proaktiv tormozlanish – oldingi faoliyatni keyingi yod olish jarayoniga salbiy ta’sir ko`rsatishi.

  2. Retroaktiv tormozlanish – vaqt bog`liqligini yuzaga kelish tufayli xotirada tormozlanish yuzaga keladi (Masalan: tarix darsidan so`ng, adabiyot darsi ta’sirida).

O`zlashtirilgan material xotirasida saqlanishi uchun uni takrorlab turish kerak. Esda saqlash jarayonida ijtimoiy hodisalar kuzatilishi mumkin. Material oradan oz vaqt o`tishi bilan emas, balki bir qancha vaqtdan keyin esga tushadi, bu vaqtda material miya po`stlog`ida mustahkamlanadi. Keyingi bajarilgan va avvalgidan ishdan murakkab, kishi aktiv harakat qilsa oldingi vazifalar miya po`sti izlarini yo`qoladi. Biz hech narsani unutmasak miyamiz keraksiz informatsiyalar bilan to`ladi, yangi aloqa va bog`lanishlar sodir bo`lmay qoladi.
Unutish biz uchun qimmatli bo`lgan narsalarni saqlash imkonini beradi. Biz esda olib qolgan barcha narsalar beixtiyoriy holda esga tushadi. Bu ixtiyorsiz esga tushirilishi deyiladi. Biz ba’zi narsalarni qiyinchilik bilan esga tushiramiz, bu ixtiyoriy esga tushirish deyiladi. Tanib olish esga tushirishning alohida formasidir. Misol: ko`chada ketayapmiz, qarshimizdan kelayotgan odamni qaerdadir ko`rganmiz, u so`rashganidan keyin, uni ovozidan taniymiz. Tanib olish ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Tanib olish esga tushirishga nisbatan osonroq kechadi. Chunki tanib olish takror idrok qilishga asoslanadi. Shuning uchun esga tushirishda tanib olishdan foydalanamiz. Misol: bizga kerakli bo`lgan ismini eslash uchun bir qancha ismlarni xayolimizdan o`tkazamiz va topib olamiz.

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin