SEDIMENTATSIYA (lot. sedimentum. — choʻkish) — dispers faza zarralari (qattiq donacha, suyuklik tomchisi, gaz pufakchalari)ning suyuq yoki gazsimon dispers muxitda gravitatsion maydon yoki markazdan qochma kuch maydonida choʻkishi yoki yuzaga suzib chiqishi. Agar zarralarning yoʻnalgan harakati ogʻirlik kuchi yoki markazdan qochma kuch taʼsirida zarralarning tartibsiz (xaotik) issiklik harakatidan ustun kelsa, Sedimentatsiya sodir boʻladi, sediminatsiya tezligi zarraning massasi, oʻlchami va shakliga, muhitning qovushokligi va zichligiga, shuningdek, maydon kuchining zarraga taʼsiridan yuzaga keluvchi kuchlanishga boglik. Birbiri bilan oʻzaro taʼsirlashmaydigan mayda sferik zarralar Sedimentatsiyasi Stoke formulasi boʻyicha aniqlanadi. Tabiatda Sedimentatsiya choʻkindi togʻ jinslari hosil boʻlishiga, havzalardagi suvning tinishiga, atmosferadagi suyuq tomchi va qattiq zarralarning ajralishiga olib keladi. I. ch. da Sedimentatsiya kukunlarni fraksiyalarga ajratishda, kimyotexnologiyada turli mahsulotlarni choʻkma holida ajratib olishda qoʻllanadi. Sedimentatsiya sanoatda foydali qazilmalarni boyitishda, kimyo va neftkimyo texnologiyasi mahsulotlarini ajratishda, suvni tozalashda va b. da ishlatiladi. Sedimentatsiya sentrifugalash, ultratsentrifugalash, sedimentatsion analizda keng qoʻllanadi
Bu urinish suspenziya va kukunlar sedimentatsion analizining asosini tashkil etadi. Shunday qilib suspenziyalar sedimentatsion (kinetik) va agregativ beqaror sistemalardir.
Agregativ barqaror suspenziyalarda zarrachalar ma‘lum shaklda sekin cho‘kadi.
Agregativ beqaror suspenziyalar zarrachalar agregatlar hosil qilib tez cho‘kadi. Hosil bo‘lgan cho‘kma ko‘p hajmni egallaydi.
Suyultirilgan suspenziyalarning agregativ barqarorligi liofob zollarning agregativ barqarorligi bilan juda o‘xshash. Ammo suspenziyalar liofob zollarga nisbatan agregativ barqarorroq. Chunki ularda zarrachalar kattaroq, demak, erkin sirt energiyalari kichik bo‘ladi.
Suspenziyalarning agregativ barqarorligi buzilganda dispers faza zarrachalari cho‘ka boshlaydi. Suspenziyalarning agregativ barqarorligi ta‘minlanishi uchun:
Dispers faza zarrachalari dispers muhit bilan ho‘llanishi;
Stabilizator bo‘lishi kerak;
Stabilizator sifatida:
Past molekulyar elektrolitlar;
Kolloid sirt-faol moddalar;
YuMB ishlatiladi.
Sirt–faol moddalarning stabillovchi ta‘siri ularning fazalararo sirtda adsorbsion qavat hosil qilib adsorbilanish xususiyati bilan aniqlanadi.
Adsorbsion qavatning tuzilishi:
SAM ning tabiatiga;
Fazalararo sirt tabiati;
Sirtning to‘lish darajasi;
Dispersion muhitda turli qo‘shimchalarning borligiga bog‘liq.
Adsorbsion qavatning o‘zgarishi uning himoya xossasini aks ettiradi. Natriy oleat silikagelning benzoldagi suspenziyasini stabilizasiya qilish uchun ishlatiladi. Bu vaqtda natriy oleat o‘zining qutbli guruhi bilan qattiq zarracha sirtiga adsorbilanadi. Bu holda natriy oleatning uglevodorodli qismi benzol tomonga yo‘naladi. Silikagelning sirti gidrofob bo‘lib, benzol uni ho‘llaydi va suspenziya stabillantiradi
Dispers faza zarrachalarning qismiy konsentratsiyasi ko'ra suspenziyalar suyultirilgan konsentrlangan (pastalar) suspenziyalar bo‘ladi.
Suspenziyalar zarrachalarining sirtida qo‘sh elektr qavat paydo bo‘ladi. Bu qo‘sh elektr qavat suspenziyalarning agregativ barqarorligini ta‘minlaydi. Liozollarga o‘xshab, elektrolitlar qo‘shilganida suspenziyalar katta agregatlarga koagulyatsiyalanadi.
Tashqi elektr maydonida joylashtirilganda suspenziyalarda zollarga nisbatan kuchsiz elektrokinetik hodisalar kuzatiladi.
Suspenziyalar zollardan quyidagilar bilan farq qiladi:
Suspenziyalar kinetik beqaror bo‘lib, tezda cho‘kadi;
Molekulyar–kinetik xossalar-Broun harakati, diffuziya, osmos kuchsiz ifodalangan yoki umuman kuzatilmaydi;
Suspenziyalar yorug‘lik nurini sochmaydi, balki yorug‘lik nurini qaytaradi yoki yutadi;
Suspenziyalar dispers faza zarrachalarini oddiy mikroskop bilan ko‘rish mumkin;
Suspenziyalarda sirt hodisalari kuchsiz ifodalangan.
Meva sharbatlari, turli xil pastalar (tomat pastasi, shokolad pastasi), souslar, ketchuplar, tayyor gorchitsa va boshqalar–suspenziyalardir.
Dostları ilə paylaş: |