Tadqiqotning maqsadi 16-17 yoshli futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish metodlarini maxsus vositalar orqali optimallashtirish va mikrosikllar yuklamalarini me’yorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: yillik tayyorgarlik davrlari va bosqichlarida 16-17 yoshli futbolchi qizlarning maxsus koordinatsion qobiliyatlarini baholash uchun ishonchli testlarni aniqlash va asoslash;
tayyorgarlik va musobaqa davrlarining turlararo tayyorgarlik bosqichlarida
16-17 yoshli futbolchi qizlarning musobaqa faoliyatini inobatga olgan holda koordinatsion qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulot vositalarining mikrosikl vazifalari bo‘yicha optimal me’yorlari nisbatlarini aniqlash;
maxsus mashqlar kompleksidan ustuvor foydalanish asosida 16-17 yoshli futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishning ta’sir etish darajalari bo‘yicha turli variantlarini ishlab chiqish;
16-17 yoshli futbolchi qizlar uchun tanlab yo‘naltirilgan koordinatsion vositalarning musobaqa faoliyatiga ta’sirini aniqlash va samaradorligini tajribada asoslash.
Tadqiqotning ob’ekti«Sog‘diyona» jamoasining 16-17 yoshli futbolchi qizlari bilan olib boriladigan o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoni hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti 16-17 yoshli futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish vositalari va uslublaridan foydalanish jarayonini tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari:ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, pedagogik kuzatuv, anketa so‘rovi, pedagogik nazorat, pedagogik testlash, ekspert baholash uslubi, instrumental uslub, pedagogik tajriba, matematik statistika usullari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 16-17 yoshli futbolchi qizlarning yillik tayyorgarlik bosqichlarida ritmga moslashish, muvozanat saqlash, fazoviy mo‘ljal olish, vaqt oralig‘ida harakatlarni o‘zgartirish va moslashtirish qobiliyatlarini baholashning yangi me’yoriy talablarini ishlab chiqish hisobiga maxsus koordinatsion qobiliyatlar takomillashtirilgan;
16-17 yoshli futbolchi qizlarning musobaqa faoliyatini inobatga olgan holda yillik tayyorgarlikning bazaviy, umumiy va maxsus tayyorgarlik, tortuvchi va musobaqa oldi mikrosikllaridagi (turlararo) vositalarni tartiblashtirish va ularning me’yorlarini taqsimlash asosida koordinatsion qobiliyatlarni takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
umumiy va maxsus koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar kompleksidan ustuvor foydalanish asosida vositalarning ta’sir etish darajalariga ko‘ra aerob, aralash, anaerob–glikolitik, anaerob–alaktat rejimidagi koordinatsion mashg‘ulotlarni turli variantlarda qo‘llash imkoniyati kengaytirilgan;
16-17 yoshli futbolchi qizlarning amplualari bo‘yicha tanlab yo‘naltirilgan vositalar asosida musobaqa faoliyatidagi koordinatsion harakatlarning murakkablik darajasi bo‘yicha texnik-taktik harakatlarni nisbiy va absolyut ko‘rsatkichlari o‘zgarishi hisobiga o‘yin vaziyatlarini modellashtirish takomillashtirilgan.