Distrofiya


Kundalik odatlarni o’zgartirish



Yüklə 20,75 Kb.
səhifə3/3
tarix10.04.2023
ölçüsü20,75 Kb.
#95778
1   2   3
DISTROFIYA

Kundalik odatlarni o’zgartirish
Foydali oziq-ovqatlarni iste'mol qilish va jismoniy harakatlar jigar kasalliklarini oldini olishda samali natija beradi. Inson vaznining kamida 5%'ini ozaytirish, jigar yog'lanishini oldini oladi. Lekin, og'ir vazndaki insonlar yoki semizlik kasaliga chalinganlar o'z vaznining kamida 10%iga ozishni maqsad qilishlari kerak.
Spo'rt
Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish, tanadagi oshiqcha vaznni bartaraf qilishga va jigarning yog'lanishini olishga yordam beradi. Doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan shug'ullangan holda, jigar kasalligi shikoyatlaridan qisqa muddat ichida qutilishingiz mumkin.
Jismoniy harakat qilish
Jismoniy harakat qilish jigardagi yog' miqdorini ozaytirgani sababli, bemorlar uchun har hafta o’rtacha 300 daqiqagacha o'rta darajada jismoniy harakat qilish tavsiya etiladi.
Qo’shimcha tabiiy vositalar
Jigar yog'lanishining da'vosi uchun ko'p iste'mol qilinadigan sabzavotlar orasida qushqo'nmas, enginar ya’ni artishok va kurkuma o'rin oladi. Enginarli taomlar doimiy ravishda iste'mol qilinganida jigardagi yog'larni ozaytiradi.
Sarimsoq
Tadqiqotlarga ko'ra, sarimsoq ham jigardagi yog'larni ozaytiradi. Lekin, meyordan ko'p iste'mol qilinadigan bo'lsa xavfli natijalarga (qonash tahlikasi kabi) sabab bo'lishini unutmaslik kerak.
Omega-3 yog' kislotlalari
Diyeta asnosida somon balig’i va yong'oq kabi omega-3 vitaminlariga boy mahsulotlar bilan oziqlanish ham jigardagi yog'larning keskin ozayishiga yordam beradi.
Brokkoli va yong'oq
Olib borilgan tadqiqotga ko’ra, jigar yog'lanishidan azob chekkan bemorlar yong'oq yoki brokkoli iste'mol qilganida, ularning jigar funktsiyasi testlarida ijobiy natija berilganligi kuzatiladi.
Avokado
Tadqiqot natijalariga ko'ra, avokadoning tarkibida ham, jigar yog'lanishini to'xtatadigan kimyoviy elementlar mavjud ekanligi aniqlandi. Shuningdek, tolali tarkibdagi sabzavotlar ham vaznni nazorat qilishga yordam beradi.
Petrushka
Jigar yog’lanishini oldini olish uchun ertalabda limon va petrushka sharbatini iste’mol qilish tavsiya etiladi. 15-16 dona petrushka poyasini blenderdan o'tkazib, ichiga bir necha tomchi limon sharbati qo'shiladi va yârim stakan suv ilova qilinib iste’mol qilinadi.
Ushbu muolaja usulini taxminan 1 oy davomida har kuni ertalab qo’llash tavsiya etiladi
Yüklə 20,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin