Jigarning yog'lanishiga nima sabab bo'ladi? Jigar hujayralarida yog' to'planishiga olib kelishi mumkin bo'lgan bir nechta omillar mavjud. Bular quyidagilar:
Qayta ishlangan uglevodlarni meyordan ortiqcha iste'mol qilish,
Shakar va yog' miqdori ortiqcha bo'lgan dietalarni qo’llash,
Proteinni kam iste'mol qilish,
A vitaminini meyordan ortiqcha iste’mol qilish
Chekish va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish,
Insulin qarshiligi,
Ortiqcha vazn va semirish,
Shok dietalar natijasida bir vaqtning o'zida juda ko'p vazn yo'qotish,
Gipertoniya,
Jismoniy harakatsizlik.
Agar sizda jigarning yog‘lanishi kabi muammo borligiga shubhangiz bo‘lsa, avvalo shifokorga murojaat qilib, kerakli tahlillarni o‘tkazib, uning ko’rsatmalari asosida davolash jarayonini boshlashingiz kerak.
Jigar yog’lanishini oldini olishda ishlatiladigan tabiiy mahsulotlar quyidagilar;
Limon
Bir stakan suvga yarim limonni siqing, bu ichimlikni bir necha hafta davomida kuniga 2-3 marta iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu jigarning yog‘lanishini oldini olishga yordam beradi.
Olma sirkasi Bir stakan iliq suvga bir osh qoshiq tabiiy olma sirkasi qo'shib, kuniga ikki marta, ovqatlanishdan oldin ichish samaralidir. Agar xohlasangiz, bir choy qoshiq asal qo'shib, uni shirin ta’mga ega qilishingiz mumkin. Ushbu usul o’z samarasini berishi uchun 1-2 oy davom ettirish tavsiya etiladi.
Kurkuma 1 choy qoshiq kurkuma kukunini bir stakan suvda qaynatib, bir necha hafta davomida kuniga ikki marta ichishingiz mumkin.
Boychechak Bir stakan issiq suvga quritilgan boychechak kukunidan bir choy qoshiq ilova qiling va 5-10 daqiqa damlang. Ushbu damlamani bir necha hafta davomida kuniga iste’mol qilishingiz tavsiya etiladi. Biroq, homilador va diabet kasdalligiga chalingan bemorlarga tavsiya qilinmaydi.
Ko’k choy
Har kuni 2-3 piyola ko’k choy iste’mol qilish jigar yog’lanishini oldini oladi. Shuningdek, jigardagi yog’larni tozalashga yordam beradi.
Romashka choyi
Romashka choyini har kuni 2 marotaba iste’mol qilib tursangiz, jigar yog’lanishini to’xtatadi. Romashka choyini doimiy iste’mol qilsangiz, jigarni tozalaydi va yog’lanishni oldini oladi.