Dizel yonilg‘ilari Dizel yonilg'isi traktorlar. kombaynlar, yuk va katta yuk avtomobillari va ba'zi stasionar dizellar va yengil avtomobillarni ishlatish uchun qo'llaniladi. Kclajakda ko'p yengil avtomobillarni dizel yonilg'isida ishlatish rejalashtirilmoqda. Bulling asosiy sababi dizellarda nadduv tizimining keng qoMlanilishi bo'lib. uning natijasida dvigatelning quvvati 20-40 % ortishi. aylanishlari soni esa 4000 a v l/m in gacha ortishi mumkin.
Dizellarda aralashma hosil qilisli va yonilg'ining alangalanish sharoitlari benzinli dvigatellarnikidan farq qiladi. Dizellarning afzalliklari ~ katta siqish darajasi (tezyurar dizellarda 18 gacha) ni amalga oshirish imkoni mavjudligidir. Shu sababli dizcllarda benzinli dvigatellarga nisbatan yonilg'ining solishtirma sarfi 30-35 % kam. Dizel yonilg'isining tannarxi benzin tannarxiga nisbatan arzon, chunki u asosan to'g'ri haydashda olinadi. Dizel dvigatellari benzinli dvigatellarga nisbatan ishonchliroq va uzoqroq muddat xizmat qiladi. Yuklanishlarning hamma diapazonida stabil tejamkorlik, yaxshi qabulchanlik va to'la qizimagan bo'lsa ham yuk ostida ishlay olish imkoniyati di/elga xos. Dizel va benzinli dvigatellar ishidagi asosiy farqlar- aralashma hosil qilish va ishchi aralashmani o't oldirish usuIlaridadir. Shu sababli dizel yonilg*ilariga qo'yiladigan talablar dizel ishlash xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin dizellarni tayyorlash murakkab, gabaritlari katta. Tejamkorligi va ishining ishonchliligi bo’yicha dizellar benzinli dvigatellar bilan muvaffaqiyatli raqobat qilmoqdalar. Dizel yonilg’isining o’t olib yonib ketishi va portlash xavfi kam.
Dizel yonilg'ilanning umumiy xossalari: Avtotraktor dizellari va gaz turbinalari uchun di/el yonilg"isini to'g'ri haydalgan va gidrotozalangan fraksiyalarni kompaundlab olinadi; bu fraksiyalarning nisbati oltingugurt miqdori bo'yicha standart talablarini ta’minlash nuqtai nazaridan tanlanadi. Gidrotozalash uchun ashyo sifatida to'g'ri haydalgan va ikkilamchi jarayonlarning o’rta distillyatli fraksiyalaridan, ko'pincha esa to'g'ri haydalgan dizel yonilg'isi va katalitik kreking yengil gazoylidan foydalaniladi.