Dizel yonilg‘ilari


Dizelni yonilgilarga qo‘yiladigan zamonaviy va perspektiv talablar



Yüklə 13,21 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü13,21 Kb.
#192511
1   2
4 mavzu

Dizelni yonilgilarga qo‘yiladigan zamonaviy va perspektiv talablar:
Dizellarda qisqa vaqt ichida (tirsakli val burilishi burchagi 20...25") murakkab aralashma hosil qilish va yonilg'i yonishi jarayonlari sodir bo'ladi. Dvigatel vali qanehalik tc/. aylansa, bu jarayonlarga shunehalik kam vaqt ajratiladi. Tirsakli vallar aylanishlar chastotasi teng bo'lganda dizellarda aralashma hosil qilishga va yonishga benzinli dvigatellarga nisbatan 10...15 marta kam vaqt ajratiladi.
Dizelning ishonchli. tejamkor va uzoq muddat ishlashi uchun yonilg'i quyidagi talablarga javob berishi:
• har xil haroratlarda ham silindrlarga uzluksiz uzatiIishi va dvigatclni oson ishga tushiriIishini ta’minlashi;
• yaxshi purkalishi va dvigatel silindrlarida yaxshi aralashma hosil bo'lishini ta'minlashi;
• so'xta va qatlamlarni minimal hosil qilishi hamda va uning yonish mahsulotlarini detallarda korroziyani va korrozion yeyilishni hosil qilmasligi kerak .
Dizel dvigatellaridagi ishchi jarayon benzinli dvigatellardagi ishclii jarayondan farq qiladi: dizellarda yonilg'i havo bilan bevosita yonish kamerasida aralashadi va bunda ishchi aralashmani majburan o't oldiriImaydi . Aralashma hosil qilish va alangalanishning o'ziga xos xususiyatlari dizel yonilg'ilarining benzindan farqini va ularning ahamiyatini belgilaydi.
Dizel yonilg ‘ilarining sifat ko‘rsatkichlari:
Dizel yonilg'isining asosiy ekspluatatsion ко‘rsatkiclilari:
• setan soni. dvigatel ishining asosiy quvvat va tejamkorlik ko'rsatkichlarini belgilaydi;
• fraksion tarkibi. yonish to'liqligini. dvigatel ishlangan gazlarining tutimliligi va zaharliligini belgilaydi.
• qovushqoqlik va zichlik , yonilg'i normal uzatilishini, yonish kamerasida normal purkalishini va fdtrlash tizimining ishchanIik qobiliyatini ta’minlaydi;
pastharoratli xossalari, atrof-muhit harorati manfiy bo'lganda ta’minlash tizimining normal ish lash in i va yonilg'ini saqlash sharoitlarini belgilaydi;
• tozaligi darajsi, dag'al va may in tozalash filtrlari va silindr-porshen guruhining ishonchIi ishlashini tavsiflaydi;
• оlolish (a la n g a la n is h ) harorati, yonilg'ini dizellarda qo'llashning xavfsizlik sharoitlarini belgilaydi;
oltingugurtli birik malar, tovin magan uglevodorodlar va meta llar mavjudligi so'xta hosil bo'lishini, korroziyalanishni va yeyilishni tavsiflaydi.


Bo'linmagan yonish kamerasi sxemasi
1 - porwen, 2 - porshen tubi. 3 - silindr kallagi. 4 – forsunka
Oldkamerali dizellarda yonish kamerasi bo'lingan bo'ladi . Bunday yonish kamera asosiy kamera 4 va oldkamera 3 dan iborat bo'ladi. Yonilg'ini forsunka oldkameraga purkaydi, u yerda purkalgan yonilg'i havo bilan aralashadi va qisman yonadi. Yonishda gazlarning bosimi kcskin ko'tariladi va natijada bog'lovchi kanal orqali gaz katta tezlikda asosiy yonish kamerasiga o'tadi. yonayotgan aralashma asosiy kamcradagi havo bilan aralashadi va yonishda davoni etadi.

Oldkamerali dizel bo'lingan yonish kamerasi sxemasi
1-bog'lovchi kanali, 2-forsunka. 3-oldkamera. 4-asosiy yonish kamerasi;
Aralashma hosil bo'lishi sifatiga yonish kamerasi konstruksiyasi bilan birga ishlatilayotgan yonilg'ining xossalari - zichligi. qovushqoqligi, to'yingan bug'lar bosimi, sirt tarangligi, fraksion tarkibi va boshqalar ta’sir qiladi.
Aralashma hosil bo'lishi jarayoniga yonilg'i zichligining ortishi, qovushqoqlikning ko'payishi kabi omillar ta'sir qiladi: purkanilanayotgan oqim uzunligi ortadi, dvigatel tejamkorligi yomolashadi va tutun hosil bo'lishi ko'payadi. Yonilg'i zichligi kam bo'lganda purkanilanayotgan yonilg'i oqimining uzunligi kamayadi, aralashma hosil bo'lishi yomonlashadi. Shuning uchun dizel yonilg‘isining zichligi ekspluatatsiya mavsumlarini va boshqa omillarni hisobga olganda 830...860 k g /m 7 oraliqda bo'lishi kerak.

Tirsakli val burilish burchag. Gradusi
Dizelning yoyilgan indikator diagrammusi:
a-normal ishlaganda; h-qattiq ishlaganda; I-purkalashning boshlanishi; 2-yonilg'ining o'z-o'zidan alangalanishi; 3-tez yonish oxiri; 4-sekin yonish oxiri; 5-yonib tamom bo'lishi.
Yüklə 13,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin